Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   81

lavozimlar  xakida,  shuningdek,  o`zbek  xalkining  etnik  tarkibiga  kirgan  saroy, 
ko`ngirot,  nayman,  katagon,  yuz,  argin,  kenagas  va  boshka  kabilalar  va  ularning 
mamlakatning  ijtimoiy-siyosiy  xayotida  tutgan  o`rni  xakida  muxim  ma`lumotlar 
keltirilgan. 
Abdixojaning XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida Buxoro xonligining 
mchkm  axvoli  va  uning  mamlakatning  siyosiy  xayotida  tutgan  o`rni  va  mavke`i 
xakida asarda kuyidagi ma`lumotlarni uchratamiz. So`nggi Shayboniy Pirmuxammad 
Soniy  (1598-1601  yy.)  davrida  mamlakatning  ichki  axvoli  bekarorlikka  yuz  tutdi. 
Shu payt Abdixoja Buxoroni tark etib Samarkandga bordi. Uning xokimi Ashtarxoniy 
Boki Muxammadning omadi yurishib, toj-taxtni egallaguday bo`lsa, ikkalari davlatni 
birgalashib 
boshkarishga 
axd 
kildilar. 
«Matlab 
ut-tolibin»da 
Boki 
Muxammadxonning  mana  bu  so`zlari  keltiriladi;  «Agar  biz  Buxoro  bilan  Balxni 
egallashga  muyassar  bo`lsak,  unda  mamlakatni  Siz,  men  va  Vali  Muxammad 
o`rtasida uchga taksimlaymiz...» Ertasi kuni ertalab, nonushta paytida Abdixoja Boki 
Muxammadxonga  murojaat  kildi;  «Tabriklaymiz,  ulug  ajdodlarimiz  Sizga  poytaxt 
shaxar  Buxoroni  in`om  kiladilar.»  Boki  Muxammadxon  (ichiga  sigmay)  suyunib 
ketdi  va  singlisini  Abzixojaga  xotinlikka  berdi.  Abdixoja  xammasi  bo`lib  Buxoroda 
bir yilga yakin istikomat kildi. Shundan keyin Abdixojaning nuvuzi ortti. Muxammad 
Tolib bu xakda mana bularni yozadi; «Xazrat xojaning ulugligi va kuch-kudrati shu 
darajaga  borib  etdiki,  jinoyat  sodir  etgan  kishi  uning  xuzuriga  kochib  borib,  uning 
xizmatiga kirgudek bo`lsa, u jaxoga tortilmagan. Xojaning ta`siri barcha viloyatlarda 
shu  kadar  kuchli  ediki,  biron  zot  uning  so`zini  kaytarmas  edi.  Kayfiyati  yo`k 
paytlarda  Boki  Muxammadxonni  xam  mensimas  edi.  Agar  xon  biror  shaxsni 
ostonasidan kuvib yuborguday bo`lsa, xoja uni o`z ximoyasiga olar edi. Xoja tex-tez 
xonga  o`zgalar  oldida  tanbex  berar  edi.  Odamlar  va  xarbiylar  fakat  xojaga  yordam 
so`rab  murojaat  kilar  edilar.  Xullasi  kalom,  yirik  mansabdorlar,  aslzodalar  va 
sipoxiylar  shurux-gurux  bo`lib  xazrat  xojaning  panoxiga  kochib  o`ta  boshladilar. 
Ba`zi  sipoxiylar  xojaga;  «Siz  bizning  pushti  panoximizsiz.  Biz  Sizni  podshox  etib 
saflamokchimiz», deb murojaat kila boshladilar. 
    
    
    
    
Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. 
Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. 
Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. 
Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð.     
q. Àãåîãðàôèÿ ñóçíèíã ìàúíîñèíè àéòèá áåðèíã? 
w. Äèíäîðëàð, õàåòèãà îèä 3àíäàé àäàáèåòëàðíè áèëàñèç?  
e. Äèíèé àäàáèåòëàðíèíã òàðèõ ôàíè óðãàíèøäàãè àõàìèÿòè íèìàäà? 
 
17- mavzu. Memuar asarlar 
Reja: 
1.  Memuar asarlar xususiyati.  
2. Memuar asarlar tavsifi.   
Asosiy tushunchalar: me`muar, xotira, taassurot.  


 
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 
1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008. 
2. B.A.Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari.-T., “O`kituvchi”. 2001. 
3.  T.S.Saidkulov.  O`rta  Osiyo  xalklari  tarixining  tarixnavisligidan  lavxalar.-T., 
“O`kituvchi”. 1993.  
4. Istoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998.  
5.  Rukopisnaya  kniga  v  kul`turax  narodov  Vostoka.  Kniga  pervaya.-Moskva: 
‘’Nauka’’. 1987. 
6. B.A.Axmedov. Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii. XU1-XVIII vv. 
(Pismennie pamyatniki).-T.“Fan”, 1985. 
 
Memuar asarlar xususiyati 
Memuar  asarlar  deb,  mualliflarning  shaxsiy  xotiralari  asosida  yozilgan 
kitoblarga  aytiladi.  Ularda  aksariyat  xollarda  muallif  o`zi  shaxsan  ko`rgan,  ishtirok 
etgan  yoki  zamondoshlaridan  o`zi  eshitgan  vokealarni  bayon  etadi.  Bu  asarlarda 
aksariyat xollarda vokea xodisalar to`gri yoritiladi. Ba`zan muallifning shaxsiy kelib 
chikishiga karab vokealar turlicha talkin kilinishi mumkin.  
Memuar  asardagi  vokea  xodisalar  bayonini  boshka  yozma  manbalar  bilan 
solishtirib  so`ngra  xulosa  chikarish  zarur.  Bunday  asarlarda  ba`zi  xollarda  vokea 
xodisalarni  garazli  bayon  etish  xollari  xam  uchraydi.  Umuman  tarixiy  vokea-
xodisalarni  chukur  va  atroflicha  o`rganish  uchun  memuar  asarlardan  xam  tankidiy 
foydalanish mumkin.  
Memuar  asarlar  tavsifi.    «Mujmali  Fasixiy»  («Fasixiyning  (tarixlar) 
majmuasi») XV asrning ko`zga ko`ringan tarixchilaridan Fasix Axmad Xavofiyning 
asaridir.  Muallifning  to`la  nomi  Fasix  Axmad  ibn  Jaloliddin  Muxammad  bo`lib,  u 
1375 yili Xirtda yirik mansabdor oilasida tugilgan, 1405-1424 yillarida Alouddin Ali 
tarxon va Shoxrux devonida xizmat kilgan. U 1440-1441 yillari Shoxruxning suyukli 
va nufuzli xotini Gavxarshod begimning amri bilan kamokka tushib koldi. 1441 yil 2 
noyabrida  ozod  kilingandan  so`ng  fakat  ilm  bilan  mashgul  bo`lgan  va  1442  yili 
o`zining  yirik-tariziy  biografik  asari  bo`lmish  «Mujmali  Fasixiy»  asarini  yozib 
tamomlagan va Shoxruxga takdim etgan. Tarixchining vafot etgan yili ma`lum emas. 
Fasix  Axmad  Xavofiyning  mazkur  asari  ko`pgina  tarixiy,  adabiy,  biografik, 
geografik asarlar, masalan, al-Mas`udiy, ibn al-Asir, ibn Xallikon, Nisoviy, Juvayniy, 
Rashididdin, Faxriddin Banokatiy, Vassof, Xofizi Abru, robi`a Fushanjiy, Ibn Yamin 
Faryumadiy,  Salion  Sovajiy  va  boshkalarning  asarlari  asosida,  shuningdek, 
muallifning  kuzatish  va  taftishlari  natijasida  to`plagan  boy  daliliy  ma`lumot  asosida 
yozilgan. 
Asarda  Odam  Atodan  to  muallif  zamonigacha  Elon  va  Movarounnaxrda  bo`lib 
o`tgan  muxim  tarixiy  vokealar,  mashxur  olimlar,  shoirlar,  adiblar  va  boshka  tanikli 
kishilarning  tarjimai  xoli, shugingdek,  yirik  suv inshootlari xamda  dikkatga sazovor 
yuinolar, masjid, madrasa, sardoba, karvonsaroy, xammom va boshkalarning kurilishi 
xakida  kiskacha,  lekin  benixoyat  kimmatli  daliliy  ma`lumotlar  keltirilgan.  Vokealar 
yyilma-yil,  xronologik  tartibda  berilgan.  Bu  xol  asardan  foydalinishni  birmuncha 
osonlashtiradi. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə