Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   81

iskanjasida  kolishi,  kurgokchilik  yillari  Movarounnaxrning  ayrim  xududlarini 
chigirtka  va  kora  kuzgun  bosib  ketganligi,  shuningbek,  Shayboniylar  davrida  xam 
tarxonlik  tizimi,  bu  tizim  Amir  Temur  va  Temuriylar  davrida  keng  tarkalgan  edi, 
xakida xam o`ta muxim ma`lumotlar usratamiz.  
 «Nasimat  ul-kuds  min  xadoyik  al-uns»  («Avliyolik  shabadasining  yakinlik 
bogidan  esishi»  nomli  asar  Nakshbandiya  tarikatining  Xindistondagi  goyaviy 
raxbarlardan  bo`lgan  Muxammad  Xoshim  Sirxindiy  tarafidan  1622  yili  yozilgan 
bo`lib,  u  Xusayn  Voiz  al-Koshifiyning  «Rashaxot  ayn  ul-xayot»  asarining  davomi 
xisoblanadi. Kitob Movarounnaxr, Xuroson, Xindiston va Sharkiy Turkistonda XVI-
XVII  asrlarda  faoliyat  ko`rsatgan  Nakshbandiya  tarikati  namoyondalari  xayoti  va 
faoliyatiga  bagishlangan  va  754  varakdan  iborat.  Muallif  o`z  asarini  Nakshbandiya 
tarikatining  Xindistondagi  yirik  namoyondalaridan  biri  Muxammad  Bakr  Sirxindiy 
(1563/64-1603/04 yy.)ning topshirigi bilan yozgan. 
Asarda ayniksa biografik ma`lumotlar ko`p. Shulardan uchtasini keltiramiz. XVI 
asrda  Koshgarning  ijtimoiy-siyosiy  xayotida  birinchilik  uchun  kurashgan  xoja 
Ubaydulla  Axrorning  avlodi  xoja  Xovand  Maxmud  bilan  Maxdumi  A`zam 
Kosoniyning  o`gli  xoja  Isxok  o`rtasidagi  kurash,  Koshgarda  islom  dinining 
targibotchilaridan  biri  bo`lmish  xoja  Tojiddin,  xoja  Muxammad  Porsoning  avlodi 
xakidagi ma`lumot dikkatga sazovor. 
Xoja  Xovand  Maxmud    Shoxibekxon  (Shayboniyxon)  o`ldirilganidan  keyin 
Koshgarga  ketib  koldi.  Sulton  Sa`idxon  uni  xursandchilik  bilan  kutib  oldi,  iltifotlar 
ko`rsatdi  va  unga  Koshgarda  muridlar  orttirishiga  ko`maklashdi.  Xoja  Yusuf  1532 
yilning 12 sentyabrida olamdan o`tdi. 
«Tarixi  Rashidiy»  kitobining  muallifi  Mirza  Muxammad  Xaydar  (1500-1551 
yy.)  yana  bir  kizik  ma`lumotni  keltiradi;  «Xoja  Xovand  Maxmud  (xakikiy  ismi 
Shaxobiddin  Maxmud,  xoja  Ubaydulla  Axror  nabirasi)  muridlar  orttirish  uchun 
Koshgarga  kelganda  uning  bilan  xoja  Yusuf  oralarida  rakobat  boshlandi.  Shunday 
bo`ldiki,  bir  kuni  xoja  Xovanl  maxmudning  oldiga  borspm  xuzurlarida  xoja 
Muxammad  Isxok  o`ltirgan  ekanlar.  Ular  nimalarnidir  so`zlashib  o`tirgan  ekanlar. 
Xoja Xovand Maxmudning jaxli chikib dedi; «Xoja Isxok! Nima sabadan sen menga 
bunaka  shaplarni  aytib  o`tiribsan?  Agar  sen  otangning  muroji  bo`lsang,  men  xazrati 
oliylari  (xoja  Ubaydulla  Axrorning  muridiman.  Bundan  tashkari,  sen  yosh  jixatdan 
menga o`gil o`rnidasan. Xoja Isxok javob kildi; «Men xam ul janobning marxamatiga 
tayanaman». Tortishuv tugugach, o`sha kuniyok xoja Xovand Maxmud Badaxshonga 
ketib koldilar. Oradan ikki-uch kun o`tgach, kimdur menga xoja Isxokning to`saddan 
o`sallab, vafot etganini xabar kildi. 
Maxdumi A`zam Kosoniyning o`gli xoja Isxok xakida shunday ma`lumot bayon 
etilgan.  Oliyjanob  xoja  (Samarkanddan)  Koshgar  va  Xo`tanga  jo`nab  ketdilar. 
Koshgar  va  Xo`tan  xalki  ul  janobning  sa`y-xarakatlari  chin  dinni  (islomni)  kabul 
kildi. Koshgar xokimi Muxammadxon xojaning xakikiy va sofdil muridi bo`lib koldi. 
Xullas,  mazkur  xoja  tufayli  Nakshbandiya  –  Xojagon  tarikati  o`sha  o`lkada  yoyildi. 
So`ng  o`rniga  muridi  Devoni  Ashtarni  ko`yib,  o`z  yurtiga  kaytda  va  1599-1600  yili 
vafot  etdi.  Dexbed  yonidagi  Safed  kishlogidagi  kabristonga  dafn  etildi.  Otasidan 
keyin u shu kishlokda istikomat kilib turgan edi. 
Xoja  Muxammad  Porsoning  ulug  ajdodi  xoja  Tojiddin  xakida  kuyidagicha 
ma`lumot  bor.  Xoja  Tojuddin  xoja  Xofiziddin  Buxoriyning  ajdodi,  xoja 
Rashididdinning o`glidir. Xoja Rashididdinning otasi xoja Shujo` Chingizxon xuruji 


vaktida  Mo`gulistonga  ketib  kolgan  va xoja  Rashididdin  o`sha erda tugilgan.  Uning 
sa`y-xarakatlari bilan mo`gullar islom biniga kirganlar. Xoja Tojiddin xoja Ubaydulla 
davrida Movarounnaxrga kelgan va mavlono Irokiy Tusiydan ta`lim olgan. Mavlono 
Irokiy Tusiy janob xoja Axrorning do`stlaridan bo`lgani tufayli, xoja Tojiddin xazrat 
eshonning  (xoja  Ubaydulla  Axror)  kabul  va  suxbati  sharafiga  muyassar  bo`lgan.  U 
ko`p  vakt  uning  ostonasini  o`pish  sharafiga  va  xayr-exsoniga  muyassar  bo`lgan. 
Shundan  keyin  Koshgar  shaxarlaridan  Turfon  xokimi  uning  kelishini  yaxshilikka 
yo`yib, o`zi va bolalariga izzat-xurmat ko`rsatgan. Ulardan ba`zilari xozirgi kungacha 
o`sha mamlakatning exsonlariga musharrafdurlar. 
«Matlab  ut-tolibin»  («Xakikat  izlovchilarning  maksadi»)  Tojiddinning  o`gli 
Abulabbos  Muxammad  Tolib  tomonidan  1663/64  yili  yozib  tamomlangan.  Unda 
mashxur  Juyboriy  xojalardan  xoja  Muxammad  Islom,  xoja  Sa`d,  xoja  Tojiddin 
Xasan,  xoja  Abduraxim  (1575-1629  yy.),  Abdixoja  (1577-1607  yy.)  va  Muxammad 
Yusufxoja (1595-1652 yy.)larning xayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati bayon etilgan.  
«Matlab  ut-tolibin»  fakat  biografik  asar  bo`lib  kolmay,  unda  mamlakatning 
siyosiy  va  ijtimoiy-iktisodiy  axvoliga  oid  xamda  Buxoro  xonligi  bilan  Xindiston 
o`rtasida  munosabatlarga  tegishli  o`ta  muxim  ma`lumotlar  mavjud.  Shuning  uchun 
xam undan V.L.Vyatkin va P.P.Ivanov Juyboriy xojalarning kr-suvi va mol-mulkini 
tadkik etishda asosiy manbalardan biri sifatida foydalanishgan. 
Muxammad  Tolib  xakida  kuyidagilar  ma`lum.  Asarda  uchragan  ba`zi 
ma`lumotlarga karaganda, otasi 1608 yili vafot etganida u 39 yoshda bo`lgan. Shuni 
e`tiborga olinadigan bo`lsa, muallifning tugilgan yili 1569 yil bo`lib chikadi. U xoja 
Tojiddin  Xasanning  ikkinchi  o`gli  bo`lib,  xamma  vakt  otasi  bilan  birga  Buxoroda 
istikomat  kilgan.  1623  yili  ota-bola  Balxga  borganlar.  Muxammad  Tolibning  xam 
xam  xo`jaligi  katta  bo`lgan.  Otasidan  olgan  ulushidan  tashkari,  1632-1633  yillari 
bevarzand  xolasining  er-suvi  va  boshka  mulki  xam  unga  berilgan.  Mulk  otasi 
tirikligida 400 ming tangaga baxolangan. 
«Matlab  ut-tolibin»  tarkibi  an`anaga  binoan  mukaddima,  xotima  va  sakkiz 
bobdan iborat. 
Mukaddimada  an`anaviy  fotixa  va  xamdu  sanolardan  keyin,  mazkur  asarni 
yozishda  muallif  o`z  oldiga  ko`ygan  vazifalar  xakida  so`z  yuritiladi  va  asar 
mundarijasi keltiriladi. 
Asarning eng kimmatli ma`lumotlar mavjud kismi uning IV-VIII boblaridir. 
To`rtinchi  bobda  xoja  Sa`dning  karomatlari«Matlab  ut-tolibin»,  mol-mulki  va 
xizmatkorlari,  XVI  asrning  80-ymllarida  mavjud  siyosiy  vaziyat  xakida  muxim 
ma`lumotlar keltiriladi. Aytishlaricha, xoja Sa`dning Buxoro, Miyonkol, Samarkand, 
Savron,  Turkiston,  Axsikat,  Nasaf,  Xisor,  Termiz,  Kubodiyon,  Balx,  Badaxshon, 
Xirot, Marv, Murgob, Mexna, Mashxad, Chorjo`y va Andxud viloyatlarida katta mol-
mulki,  er-suvi,  ko`p  sonli  mol-ko`ylari,  do`konlari,  xammomlari,  sardobalari  va 
kullari  bo`lgan.  Masalan,  xazrat  eshonning  tilga  olingan  viloyatlarda  2000  juft  gov 
ekin eri, 2500 bosh ko`yi, 1500 oti, 12 xammomi, 10ta sardobasi, ko`plab bozorlari, 
savdo do`konlari va ustaxonalari, 100 nafar kuli va boshka boyliklari bo`lgan. Uning 
xar  bir  viloyatda  galla  omborlari  bo`lgan.  Fakat  Buxoroyi  sharifning  bir  o`zida 
shunday  omborlardan  to`rttasi  kurilgan  bo`lib,  ularning  xar  birida  100  mann  galla 
saklangan.  Xoja  Sa`dning  yillik  daromadi  60.000  tangaga  barobar  bo`lgan.  Xazrat 
xojaning mol-mulkini ko`p sonli va turli lavozimdagi sarkor, vakil, daftardor, soxibi 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə