Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81

xiroj,  kerak  yarok,  bakovul,  kozi,  doruga,  mirishkor  kabi  mansabdorlar  boshkarib 
turganlar. 
To`rtinchi  bobda  keltirilgan  siyosiy  vokealar  ichida  Abdullaxon  soniyning 
Andijon va Xorazm ustiga XVI asr 80- yillarida kilgan xarbiy yurishlari, Abdullaxon 
bilan  O`zbek  sulton  o`rtasidagi  kelishmovchiliklar,  Shayboniy  ko`shinlarining 
Issikko`l viloyati ustiga kilgan xarbiy yurishi xakidagi ma`lumotlar o`ta muximdir. 
Yana  shu  bobda  bayon  kilingan  vokealar  ichida  Samarkand  xokimi 
Shayboniyzoda Ibodulla Sulton, Abdullaxon soniyning inisining o`ldirilishi sabablari 
xakida  aytilgan  fikrlar  zo`r  axamiyatga  egadir.  «Abdullanoma»  muallifining 
so`zlariga  karaganda,  Ibrluooa  sultonning  o`limiga  uning  shariat  koidalarini 
buzganligi,  ya`ni  ramazonning  birinchi  kuni  ro`za  tutmay,  ichkilik  ichganligi  sabab 
bo`lgan. Lekin, 1586 yili Buxoro va Samarkandda bo`lib o`tgan vokealarni chukurrok 
taxlil etadigan bo`lsak, bu fakat bir baxona, sababi esa tamoman boshkacha bo`lgan. 
Masalan,  «Matlab  ut-tolibin»da  keltirilgan  ma`lumotlarga  karaganda,  XVI  asrning 
80-yillari  boshida  Shayboniy    sultonlar,  xususan  Ibodulla  sulton  bilan  Abdullaxon 
o`rtasida  munosabatlar  bir  kadar  buzilib  kolgan.  Bunga  Abdullaxonning  1583  yili 
Andijon  ustiga,  Isfandiyor  sultonga  karshi  ko`shin  tortgani  sabab  bo`lgan.  Asarda 
keltirilgan  ma`lumotlarga  karaganda,  1586  yilning  3  avgust  kuni  Toshkent  xokimi 
Do`stim  sulton,  Andijon  xokimi  Isfandiyor  sulton  va  Xisor  xokimi  O`zbekxon,  va 
Samarkand  xokimi  Ibodulla  sultonning  elchilari  Samarkandga  to`planib  kengash 
o`tkazganlar  va  gapni  bir  erga  ko`yib  Abdullaxon  soniyga  karshi  xarbiy-siyosiy 
ittifok    tuzganlar.  Oradan  ko`p  vakt  o`tmay,  Ibodulla  sulton  Abdullaxonning 
yo`kligidan foydalanib, Samarkand tevaragidagi tumanlarni bosdi va talon-taroj kildi. 
«Matlab  ut-tolibin»  muallifi  yana  kuyidagilarni  yozadi;  «(Ibodulla)  sulton 
ramazon  oyi  boshlarida  kattik  ichib  mast  bo`lgani  sababdan  Mirzo  Abduraxim 
kechasi maxfiy ravishda uning xonasiga kirdi va xanjar zarbi bilan uni o`ldirdi. O`sha 
kunlari  xazrat  eshon  (xoja  Sa`d)  Xisori  shodmonda  edilar.  Tun  yarimlaganda  din 
suyanchigi bo`lmish amir ul-umaro Kulbobo ko`kaltosh (xazrat eshonning xuzuriga) 
kirib  keldi  va  Ibodulla  sultonning  o`ldirilganligini  aytdi.  Bundan  sal  avval  xazrat 
eshon  onasini  tushida  ko`rganligini  va  mulozimlariga  «Yakin  orada  Ibodulla  sulton 
bu dunyoni tark etsa kerak», deb aytgan. Asarda keltirilgan bu ma`lumotlarni dikkat 
bilan  taxlil  kilinganda  Ibodulla  sulton  Abdullaxonning  odamlari  tomonidan 
o`ldirilganligi o`z-o`zidan ma`lum bo`ladi. 
Yana  shu  bobda  Abdullaxonning  1583  yili  Andijon  ustiga,  Isfandiyor  sultonga 
karshi, va sal keyinrok Xorazmga ko`shin tortgani xakida ma`lumotlar bor. 
Asarning  boshinchi  bobi  xoja  Tojiddin  Xasanning  tugilgan  kunidan  to 
vafotigacha  Movarounnaxrda  kechgan  vokealar  xakida  xikoya  kilinadi.  Bu  erda 
keltirilgan  ma`lumotlar  orasida  xokimiyatning  Shayboniylardan  Ashtarxoniylar 
sulolasi  ko`liga  o`tish  vakti  xakidagi  ma`lumotlar  kimmatlidir.  Ma`lumki,  ba`zi 
kitoblarda  va  xronologiyalarga  oid  asarlarda,  masalan,  S.Leynpul,  e.Tsambaur 
kitoblarida, bu vokea xijriy 1006, melodiy 1598 yilda sodir bo`lgan deb kayd kilinadi. 
Lekin keyinrok atroflicha o`rganilgan «Baxr ul-asror», «Tarixi olamoroyi Abbosiy», 
«Silsilat us-salotin» asarlarida bu vokea xijriy 1009, melodiy 1601 yili sodir bo`lgani 
ochik  aytilgan.  «Matlab  ut-tolibin»da  shu  fikr  anik  va  ishonarli  dalillar  bilan  e`tirof 
kilingan. 
Yana shu bobda Abdullaxon soniy bilan uning o`gli va taxt vorisi Abdulmo``min 
sulton  o`rtasida  boshlangan  ziddiyat  xakidagi  ma`lumotlar  tariximizning  yaxshi 


yoritilmagan masalalariga aniklik kiritishda muxim axamiyat kasb etadi. Bu jixatdan 
beshinchi bobda keltirilgan ma`lumotlar jikkatgan sazovordir. 
Bulardan  biri,  Juyboriy  xojalarning    mol-mulki  yil  sayin  ortib  borishidir. 
Masalan,  xoja  Sa`dning  vorisi  xoja  Tojiddin  Xasanning  mol-mulklari  orasida 
yangilari,  yangi  kurilgan  Xasanobod  kishlogi,  50  nafar  chorbog,  20  kator  tuya  va 
boshkalar  xam  bo`lgan.  Shuni  xam  aytish  kerakki,  xoja  Tojiddin  fikx,  xadis  va 
tarixga  oid  kimmatli  kitoblar  yigishga  xam  e`tibor  bergan.  «Matlab  ut-tolibin»da 
keltirilishicha,  uning  kutubxonasida  1000  jild  kimmatli  ko`lyozmalar  saklangan. 
Ularning ayrimlari bezakli, tilla suvi berib yozilgan kitoblar bo`lgan. 
Ikkinchisi  Abdullaxon  bilan  uning  o`gli  va  taxt  vorisi,  Balx  xukmdori 
Abdulmo``min  sulton  o`rtasida  XU1  asrning  80-yillaridan  boshlab  kuchayib  ketgan 
ziddiyatlar 
va 
Abdullaxonning 
vafoti 
xususidadir. 
«Matlab 
ut-tolibin»da 
kuyidagilarni  o`kiymiz;  «Abdullaxon  mamlakatni  44  yil  idora  kildi.  Otasi 
Iskandarxon tirikligi chogida 28 yil uning nomidan, otasi vafot etgandan keyin 18 yil 
mustakil  idora  kildi.  Saltanatning  bir  uchi  Andijonda,  bir  uchi  Xorazmda,  uchinchi 
uchi  Dashti  kipchokda,  to`rtinchisi  Xuroson  va  Seistonda  bo`lgan.  Aytishlaricha, 
Abdumo``minxon  Muxammad  Bokibiy  bilan  til  biriktirib,  otasining  ovkatiga  zaxar 
ko`shdirib bergan va xon xijriy 1006 yili vafot etgan. 
«Matlab  ut-tolibin»ning  oltinchi  bobi  Juyboriy  xojalarning  yana  bir 
namoyondasi 
xoja 
Abduraximningxayoti 
va 
ijtimoiy-siyosiy 
faoliyatiga 
bagishlangan.  B«Matlab  ut-tolibin»u  bobda  yirik  xo`jadiklarda  kul  mexnatidan 
foydalanish,  er  egaligining  tanxox  va  suyurgol  shakllari,  kerak  yarok  lavozimi  va 
uning  vazifalari,  Buxoro  xonligi  bilan  Xindiston  o`rtasidagi  munosabatlar  xakida 
kimmatli ma`lumotlar keltiriladi. 
Kerak  yarokchi  xakida  bu  asarda,  masalan,  bunday  deyiladi;  «Mulla 
Mirmuxammad  xoja  (Abduraxim)ning  xizmatkorlari  jumlasidan  edi.  Uning 
zimmasiga  kerak  yarokchilik  vazifasi  yuklatilgandi.  Uning  zimmasiga  xojaning 
xonadoni  uchun  kerak  bo`lgan  xarir  matolar  va  boshka  narsalarni  topib  keltirish 
majburiyati  yuklatilgandi.  Bir  payt  xisobchilar  mulla  Mirmuxammad  kerak 
yarokchini  taftish  kilganlarida  unga  xojaning  sarkorligidan  berilgan  nakd  puldan 
tashkari,  uning  savdogarlar  va  boshka  shaxarlardan  90  ming  xoniy  karz  olganligi, 
lekin  shu  xakdagi  tilxatlardan  1000  xoniy  mablag  tilxatlarda  xoja  (Abduraxim)ning 
muxri  yo`kligi  aniklandi.  Shundan  keyin  xoja  (Abduraxim)  uni  xuzuriga  chakirib; 
«Nega  aytilgan  karz  xakida  o`z  vaktida  bizsha  ma`lum  kilmadingiz  va  tilxatlarni 
bizga  ko`rsatmadingiz?»,  deb  so`raganda,  mulla  Mirmuxammad  (xojaga)  bunday 
javob  kilgan;  «Biz  sizning  soxibi  ximmatligingizga  ishongan  edik».  Shundan  keyin 
xoja 
mulla 
Xojibek 
devonbegi 
bilan 
mutavalliyni 
chakirtirib, 
mulla 
Mirmuxammadning barcha kogozlarini  yo`k kilib  yuborishni buyurgan.»  Keltirilgan 
parchadan kerak yarokchining vazifalari va xukuklari, ortikcha izoxsiz xam ko`rinib 
turibti.  
Asarning  so`nggi,  ettinchi  bobi  Abdixojaning  xayoti,  faoliyati  va  karomatlari 
bayoniga  bagishlangan.  Lekin  tadkikotchi  uchun  o`ta  zarur  bo`lgan  dalil  va 
ma`lumotlar, masalan, Buxoro xonligining  Abdullaxon soniy vafotidan, 1598 yildan 
keyingi  ichki  axvoli,  Juyboriy  xojalarning,  masalan,  Abdixojaning  bundagi  o`rni  va 
vazifasi,  Shayboniylar  davlatining  tuzilishi,  xususan,  devonbegi,  miroxur,  otalik, 
shigovul,  yasovul,  nakib,  kozi,  bakovul,  kurchi  boshi,  dodxox,  parvonachi, 
shayxulislom, ko`kaltosh, kadxudoyi daxa (daxaboshi), chirokchi, munshiy va boshka 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə