Devonu lug‘atit-turk”ning yaratilishi. “Devonu lug‘atit-turk” – adabiy manba. “Devonu lug‘atit-turk”dagi she’riy parchalar



Yüklə 94,5 Kb.
səhifə2/3
tarix28.04.2023
ölçüsü94,5 Kb.
#107576
1   2   3
4 11

Yati yigirmi yashima tangut tapa suladim. Tangut bodunin buzdim, og‘lun, yutuzin, yilqisin, barimin anta altim (Bx, 24) – O‘n etti yoshimda tangutga lashkar tortdim. Tangut xalqini engdim, o‘g‘lini, xonumonini, yilqisini, molini o‘shanda oldim.
Bu voqea VIII asrning boshlarida – taxminan 702 yiliga to‘g‘ri keladi. Ammo tarixiy voqealarning aynanligini «Devon»dan qidirish maqsadga muvofiq emas. «Devon»dagi to‘rtliklar xalqning ijodi sifatida paydo bo‘lgan, ya’ni xalq qo‘shiqlaridir. Quyidagi parchada ham Bilga xoqon yodnomasidan keltirilgan parchadagi singari jang tasviri va tangutlarning mag‘lubiyati tasvirlangan:
Tangut susin ushuqladi,
Kishi ishin elikladi,
Aran atin balqiladi,
Bulun bolup bashni tig‘di.
Tangut qo‘shinini sovuqda bosdi. Bu ish bilan erkaklar ishini masxara qildi. Bosqinda barcha er hakm otlarni har kimga bo‘lakladi (ya’ni hadya qildi). Oxirida o‘zi asir bo‘lgach, boshi kesildi.

Tangut xani yubildi,


O‘lum birla tubuldi,
Qazashlari tabladi,
O‘lum ko‘rub yuzi ag‘di.
Tangut xoni uni boshdan aldadi-da, so‘ngra ulim bilan tepaladi, engdi, qarindoshlari uni bu mag‘lubiyatidan orlandilar. CHunki o‘limni ko‘rgach, uning yuzi oqargan edi.
Mazkur to‘rtliklarda jang tasviri, qahramonlarning xatti-harakatlari, holati batafsil tasvir etilgan. CHunki epik bayon bilan birga, naturalistik tasvir tamoyil folklor uchun, ayniqsa, doston uchun xarakterli xususiyatdir.
YOki quyidagi to‘rtlik ham motiv va syujet jihatidan To‘nyuquq, Kul tigin yodnomalaridagi aksariyat jang lavhalarini gavdalantiradi.
Eran alpi o‘qushtilar,
Qing‘ir ko‘zun baqishtilar,
Qamug‘ tutup to‘qushtilar,
Qilich qing‘a kuchin siqti.

Erlar, botirlar bir-birlarini kurashga undadilar. Bir-birlariga yov ko‘zi bilan yomon qaradilar. Butun yaroqlari bilan urushga kirishdilar. Qilichlarning qinga kirishi qiyinlashdi.


«Devon»dagi to‘rtliklar qadimgi turk davrida shakllangan va ularga qadimgi turk davridagi tarixiy voqealar zamin bo‘lgan ekan, bizningcha, yuqoridagi parchalarni tarixiy qo‘shiq janriga mansub deb qarash kerak.7
Mahmud Koshg‘ariy nozik didli adabiyotshunos sifatida maqol va she’rni yaxshi farqlaydi va har bir baytni berishda aniqlik kiritadi. Qaysi o‘rinda maqol, qaysi o‘rinda she’r kelayotganini o‘quvchiga uqtirish uchun “maqolda shunday kelgan”, “she’rda shunday kelgan” iboralarini keltiradi (maqollardan sharhlash kerak).
“Devon”da she’rlardan tashqari, Mahmud Koshg‘ariy ikki afsonani ham keltirgan. SHu afsonalardan biri - “Oltin qon” afsonasi, ikkinchisi - yil hisobi to‘g‘risidagi afsonadir. Afsona turkcha o‘n ikki muchal yillarining paydo bo‘lish tarixiga oiddir (1, 331-332). Koshg‘ariy afsonani hikoya qilib bo‘lgach, qadimgi turkiylarda yil hisobi quyidagi tartib bilan yuritilishini ko‘rsatadi: sichqon yili, sigir yili, bars yili, quyon yili, timsoh yili, ilon yili, ot yili, qo‘y yili, maymun yili, tovuq yili, it yili, to‘ng‘iz yili.
Bu afsonaning yana bir diqqatga sazovor tomoni shundaki, qadimgi Xitoy afsonalari tarkibida ham mazkur afsona bor. Xitoylarda bu afsona Budda bilan bog‘liq.
Xitoylarda rivoyat qilinishicha, Budda er yuzini tark etishdan oldin huzuriga hamma hayvonlarni chaqiribdi. U bilan xayrlashgani o‘n ikki hayvon kelibdi, xolos. Kelgan hayvonlarni mukofotlash uchun Budda, men chaqirganimda navbat bilan kelganingiz bo‘yicha yillarga nom beraman, debdi. Hayvonlar birinchi bo‘lib kim kelgani to‘g‘risida bahslasha boshlabdilar. Oxiri, bir to‘xtamga kelish uchun musobaqa uyushtirishga qaror qilibdilar: daryoning narigi qirg‘og‘iga birinchi bo‘lib o‘tgan hayvonning nomi bilan birinchi yil ataladigan bo‘libdi. Keyingi yillar daryoni birin-ketin kechib o‘tgan hayvonlar nomi bilan ataladigan bo‘libdi. Nihoyat, o‘n ikki jonzot qirg‘oqqa tizilishibdi va baravar suvga o‘zlarini tashlabdilar. Kalamush darrov ho‘kizning ustiga minib olibdi, ho‘kiz esa hech narsani sezmabdi. Ho‘kiz boshqa hamma hayvonlardan oldinga ketib, daryoning narigi qirg‘og‘iga chiqishga tayyorlanibdi. SHu lahzada kalamush uning ustidan sakrabdi-da, qirg‘oqqa bir necha soniyaga ho‘kizdan oldin chiqibdi. SHunday qilib, kalamush birinchi bo‘lib chiqqan hisoblanibdi. Qolgan hayvonlar shu tartibda suzib o‘tibdilar: yo‘lbars, quyon, ajdar, ilon, ot, qo‘y, maymun, xo‘roz, it. To‘ng‘iz nihoyatda sustkash va dangasa ekan, shuning uchun eng oxirida qirg‘oqqa etib kelibdi.8
Ikkala afsonadagi yil hisobining nomlari va tartibida katta farq yo‘q. Ehtimol, Xitoyga buddaviylik kelgandan keyin, qadimgi turklar afsonasini o‘zlashtirgan bo‘lishlari mumkin.
SHuningdek, “Devonu lug‘atit-turk”da munozara (YOz va Qish munozarasi) janri, Alp Er To‘ngaga va yana bir noma’lum qahramonga bag‘ishlangan marsiya ham bor.9

Yüklə 94,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə