Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/182
tarix29.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#141947
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

J u m a x o ja
N.
Milliy istiqlol mafkurasi va adabiy m erosi//0‘zbek tili va 
adabiyoti. —1998 — №1. — B. 3—6.
7.
H a q q u l 
I.
Mafkura - tafakkur va taraqqiyot tam ali//0‘zbek tili va adabiyoti.— 
1998. №3. B.3-6.
8. 
Потебня А.
Эстетика и поэтика—М., 1976.
9. 
Борее Ю.В.
Эстетика -М ., 1988.


San’at tushunchasi. Amaliy va badiiy san’atlar. Badiiy adabiyot
- so‘z san’ati. Badiiy adabiyotning san’at turlari orasidagi o ‘m i va 
о‘ziga xosligi. Badiiy adabiyotning boshqa san’at turlari bilan aloqasi.
0 ‘z vaqtida A bdurauf Fitrat: «San’at lug‘atda h u n ar 
demakdirkim, bir narsani yaxshi ishlab chiqarishdan iboratdir»- 
deb yozgan edi. Bir qarashda Fitrat «san’at» so‘zining ma’nosini, 
san’atning mohiyatini jo ‘nlashtirayotgandek ko'rinishi mumkin. Biroq 
e’tibor qilinsa, olim «yaxshi» so‘ziga ayricha urg'u berayotgani, unga 
juda katta m a’no yuklayotgani anglashiladi. Xo‘sh, ko'chirmadagi 
«yaxshi» so'ziga qanday ma’nolar yuklangan? Darhaqiqat, tilimizda 
ishlatiluvchi «san’at» so'zining ma’no qirralari ancha keng. Masalan, 
«rassomlik san’ati», «kulollik san’atini egallamoq», «yuksak san’at 
bilan ishlangan» kabi birikmalaming har birida «san’at» so'zi turli 
ma’no qirralarini ifodalaydi. Shunga qaramay, ularda «san’at» so'zi 
ifodalayotgan ma’no qirralarini birlashtiruvchi umumiv nuqtalar 
mavjudki, bu mazkur so'zning har uchala holda ham «go‘zallik», 
«mahorat», «did» tushunchalari bilan bog‘liqligidir.
“San’at” so‘zi jonli tilimizda nechog‘li keng ma’noda qo‘llanmasin, 
tabiiyki, bizni uning lug‘aviy ma’nosi emas, istilohiy m a’nosi 
qiziqtiradi. Istilohiy ma’noda «san’at» deganda insonning go‘zallik 
qonuniyatlari asosida borliqni badiiy o‘zlashtirish(va o‘zgartirish)ga 
qaratilgan yaratuvchilik faoliyati hamda uning natijasi o'laroq vujudga 
kelgan narsalar jami tushuniladi. Demak, bu ma’noda tushunilsa, 
go'zallik qonunlari asosida mahorat va did bilan yaratilgan narsalarning 
hammasi san’atga aloqadordir. Shu bois ham biz «amaliy san’at» va 
«badiiy(nafis) san’at» turlarini ajratamiz. Amaliy san’at turlariga


kulolchilik, naqqoshlik, kashtachilik, zardo‘zlik, modelerlik kabi 
qator sohalarni kiritsak, badiiy san’atlarga rassomlik, musiqa, 
haykaltaroshlik, kino, teatr kabilarni mansub etamiz. Modomiki 
biz keng ma’nodagi «san’at» ichida amaliy va badiiy san’at turlarini 
ajratar ekanmiz, ulaming umumlashtiruvchi va farqli jihatlari bo'lishi 
lozim. Bu o'rinda umumlashtiruvchi jihat shuki, har ikkisi ham 
go'zallik qonunlari asosida did va mahorat bilan yaratiladi. Farqli 
jihatlariga kelsak, ulardan eng muhimi shuki, amaliy san’at mahsuloti 
insonning moddiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilsa, badiiy san’at 
namunalari insonning ma’naviy-ruhiy ehtiyojlarini qondirishga 
qaratilgandir. Demak, amaliy san’at mahsuloti insonning kundalik 
turmushda foydalanishini ko'zda tutadi, ayni paytda unga zavq beradi. 
Masalan, kulol ishlagan piyola qanchalik nafis va go'zal bo'lmasin, 
biz unda choy (umuman, ichimlik) ichamiz. Mohiyat e ’tibori bilan 
nafis ishlangan piyola ham, jo'n piyola ham amaliy foydaliligi jihatidan 
teng. Biroq nafis ishlangan piyola kishining choy ichishiga vosita 
bo'lishidan tashqari unga zavq ham beradi, kayfiyatini ko'taradi. 
Shunday bo‘lsa-da, zavq bag'ishlashlik piyolaning ikkilamchi 
funksiyasi. Demak, amaliy san’at mahsulotining qimmati birinchi 
navbatda foydaliligi bilan belgilanadi. Endi qiyos uchun, masalan, 
qadim yunon haykaltaroshi yaratgan biror bir haykalni olaylik. 
Haykalni yaratar ekan yunon undan amalda foydalanishni ko'zda 
tutgan emas. Aytaylik, u o'zi topingan ma’budlardan birining haykalini 
yaratdi. Haykaltarosh o'sha ma’budni avvalo o'zining tasawurida 
yaratdi, ijodiy fantaziya quwati bilan tasawur qila olgani obrazda — 
qotirib qo'yilgan lahzada ma’budining go'zalligi, qudrati, mehriyu- 
qahrini ko'ra oldi, undan zavqlandi, hayratlandi, unga topindi va 
ayni shu holatni toshda yo'nib muhrladi. Haykalni ko'rar ekan, 
tomoshabin o'sha zavqni, hayratni o'ziga yuqtiradi, haykaldan boshqa 
maqsadda foydalanishni o'ylamaydi ham. Ko'ramizki, haykal boshqa 
bir odamning zavqiyu hayratini boshqa odamga ko'chirdi, uning 
ruhiyatiga oziq berdi.


Yuqoridagidan ko'rinadiki, piyola ham, haykal ham go‘zallik 
qonunlari asosida did va mahorat bilan yaratilgan. Ya’ni amaliy san’at 
ham, nafis san’at ham estetik faoliyat mahsuli. Insonning go'zallik 
qonunlari asosida borliqni o'zlashtirish va o'zgartirishga qaratilgan 
faoliyati estetik faoliyat deb yuritiladi.
Estetik faoliyat inson hayotining barcha nuqtalarida o'zini 
namoyon qiladi: kundalik turmushda, mehnatda, istirohatda va h. 
Aytaylik, hovlisiga gulu rayhon o'tqazayotgan ayol, o'ziga oro 
berayotgan qiz, daraxtlarga shakl berayotgan bog'bon, tabiat 
manzarasidan zavqlanayotgan sayyoh, o'sha manzarani chizayotgan 
rassom ... — bularning barida estetik faoliyat unsurlari u yoki bu 
darajada mavjud. Biroq ular bir-biridan farqlanadi. Aytaylik, agar 
piyola go'zallik qonunlari asosida kechgan mehnat faoliyati mahsuli 
bo'lsa, haykal go'zallik qonunlari asosida kechgan ijodiy-ruhiy faoliyat 
mahsuli. Anglashiladiki, estetik faoliyat tushunchasi badiiy ijod, 
badiiylik tushunchalaridan keng ekan, zero, badiiy ijod estetik 
faoliyatning bir ko'rinishi sifatida mavjuddir. Biz mutaxassis sifatida 
ko'proq tor m a’nodagi «san’at» tushunchasi bilan ish ko'ramiz.
Tor ma’noda qo'llanilgan «san’at» so'zi badiiy san’atlami ko'zda 
tutadi. Badiiy san’atlar deganda biz musiqa, raqs, rassomlik, 
haykaltaroshlik, badiiy adabiyot, teatr, kino kabi san’at turlarini 
tushunamiz. Modomiki san’atni turlarga ajratar ekanmiz, bu turlami 
umumlashtiruvchi va farqlovchi jihatlar bo'lishi lozim. Sanalgan san’at 
turlarini umumlashtiruvchi jihat obrazlilik, ya’ni ularning bari badiiy 
obraz vositasida fikrlaydi. Farqlovchi jihatlarga kelsak, bu narsa, 
birinchi navbatda, obrazni yaratish materialida ko'rinadi: musiqa 
ohanglar, rassomlik ranglar, raqs plastik harakatlar, haykaltaroshlik 
qotgan plastika vositasida obraz yaratadi. Badiiy adabiyot esa so'z 
vositasida obraz yaratadi va shu bois ham so'z san’ati deb yuritiladi. 
So'z universal bilish vositasi bo'lganidek, universal ifoda vositasi 
hamdir: har qanday fikriy faoliyat va hisning ifodasi so'z vositasida 
amalga oshadi, amalga osha oladi. So'z bilan ish ko'rgani uchun ham


badiiy adabiyot boshqa san’at turlari orasida tasvir va ifoda 
imkoniyatlarining kengligi bilan alohida o'rin va mavqe kasb etadi. 
Biz ko'pincha «rangtasvir tili», «kino tili» kabi tushunchalarga duch 
kelamiz. Negaki, boshqa san’at turlarining tili badiiy adabiyot tiliga 
o'girilishi mumkin, boz ustiga, biz boshqa san’at turlariga mansub 
asarlami-da so'z vositasida aqliy va hissiy mushohada qilamiz, 
«singdiramiz». San’at turlarining ichida ifodaviy va tasviriy san’at 
turlarini farqlanadi. Bir xil san’at turlari tasvirlasa, boshqalari 
ifodalaydi. Aytaylik, musiqa - ifoda san’ati, kompozitor ohanglar 
orqali kechinmalarini ifodalaydi va shu ohanglar ruhiyatimizda 
muayyan bir kayfiyat hosil qiladi. Musiqani tinglarkan, o'sha kayfiyat 
asosida har bir tinglovchi o'ziga xos bir manzarani, holatni ko'z 
oldiga keltiradi. Ya’ni kompozitor muayyan obraz ta’sirida tug'ilgan 
kechinmalami ifodaladi — obrazning o'zini tasvirlamaydi, tinglovchi 
esa kechinmalar asosida o'sha obrazni o'zi tasavvur etadi. Rassomlik 
bilan haykaltaroshlik tasviriy san’at turlari sanaladiki, bunda 
o'zgacharoq holga duch kelamiz. Bu jarayonni tubandagicha tasavvur 
qilishimiz mumkin: biror manzara, holat musawir qalbini jumbishga 
keltirdi, ko'nglida muayyan kechinmalar bo'hronini qo'zg'adi — 
musawir o'zini hayratga solgan, zavqlantirgan, ko'nglida kechinmalar 
qo'zg'agan o'sha manzarani rangtasvirda muhrlaydi — rangtasvir 
bizda-da o'sha yoki o'shanga yaqin his-tuyg'ularni uyg'otadi, 
kayfiyatni hosil qiladi. Badiiy adabiyotga shu jihatdan nazar solsak, 
uning qorishiq hodisa sifatida namoyon bo'lishi ko'rinadi: deylik, 
epik asarlarni olsak, ularda tasviriylik xususiyati ustunligini, lirik 
asarlarda esa ifodaviylik etakchilik qilishini kuzatamiz.
San’at turlari orasidagi farq yana ulaming retsepiyent (o'quvchi, 
tinglovchi, tomoshabin) tomonidan qabul qilinishidagi o'ziga xoslikda 
ham ko'rinadi. Masalan, rassom chizgan peyzajni qabul qilish jarayoni 
bilan epik asardagi so'z bilan tasvirlangan peyzajni qabul qilishdagi 
farqni olaylik. Rangtasvir asarini yaxlit holda ko'ramiz: ya’ni uni 
awaliga butunicha ko'ramiz, keyin butundan qismga (detallarga qarab)


boramiz. Badiiy adabiyotdagi peyzajni qabul qilishda esa, aksincha, 
qismdan butunga qarab boriladi: awaliga detallar bilan navbatma- 
navbat tanishamiz-da, oxirida ko‘z oldimizda yaxlit manzara hosil 
bo‘ladi. Ayrim san’at turlariga mansub asarlarini resipiyent bevosita 
qabul qilsa, boshqalaming qabul qilinishi uchun o'rtada vositachi — 
ijrochining bo'lishi talab etiladi. Masalan, musiqa asarini olaylik. Musiqa 
asarining yaratuvchisi (kompozitor), asarning o'zi (notalar bilan 
ifodalangan matn), ijrochisi va eshituvchi bor. Ko'rinib turibdiki, 
kompozitor tinglovchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi, zero, 
ijro etilayotgan kuyda qisman ijrochining-da talqini qo'shilgan. Bu 
jihatdan badiiy adabiyotning ustunligi shundaki, o'quvchi badiiy 
informatsiyani bevosita (asarning o'zi orqali) qabul qiladi, 
o'quvchining ruhiy faolligi yuqori darajada bo'ladi. Turli san’at turlariga 
mansub asarlaming yaratilishi jarayoni bilan bog'liq farqlarga ham 
to'xtalish lozim. Masalan, badiiy adabiyot yozuvchining individual 
ijodiy faoliyati mahsuli bo'lsa, kino kollektiv ijod mahsuli sifatida 
yaraladi. K ino asarining y aratilish id a ssenariy m uallifi, 
sahnalashtiruvchi rassom, kompozitor, aktyor kabilarning ijodiy 
mehnati borki, ulaming bari bir fokusga — rejissyor nigohiga 
jamlanadi. Mavjud san’at turlari orasida badiiy adabiyot yetakchilik 
mavqeida turadi. Bu xil mavqening asosi shuki, badiiy adabiyot universal 
bilish va ifoda vositasi bo'lmish so'z bilan ish ko'radi. Biz yuqorida 
badiiy adabiyot «tili»ga barcha san’at turlari «tili»ni o'girish mumkin, 
dedik. Biroq, agar bu fikmi mutlaqlashtirilgan holda tushunadigan 
bo'lsak, unda boshqa san’at turlarining paydo bo'lishi asossiz, keraksiz 
bo'lur edi. Holbuki, rangtasvir darajasidagi tasviriylikka, musiqa 
darajasidagi ifodaviylikka adabiyotning erishmog'i dushvordir. Shunga 
qaramay, badiiy tafakkur so'z asosiga qurilgani sababidan ham badiiy 
adabiyot belgilovchi san’at turi sanaladi: boshqa san’at turlari yaratuvchi 
obrazlar so'z san’atida yaratilgan obrazlar kontekstida qabul qilinadi. 
Keyingi yillarda «ko'rish»ga asoslangan badiiy informatsiyaning o'mi 
kuchaysa ham, so'z o'zining yetakchi mavqeini saqlab qoldi va shu


bois ham badiiy adabiyot hamon san’atning belgilovchi turi bo‘lib 
turibdi.
Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlari rivojiga kuchli ta’sir 
ko'rsatganidek, boshqa san’at turlari ham badiiy adabiyot taraqqiyotiga 
kuchli ta’sir ko'rsatadi. Ya’ni adabiyot boshqa san’at turlari bilan 
aloqada yashaydi va rivojlanadi. Masalan, o'zbek milliy teatrining 
rivojlanishi o'zbek badiiy prozasining tasvir va ifoda imkoniyatlarini 
kengaytirgani, nasriy asarlar strukturasini o'zgartirgani shubhasizdir. 
Zam onaviy nasriy asarlarda «sahnaviylik»ning kuchaygani, 
dialoglarning tobora keng o'rin olib borishi hamda tasvirda 
«obyektivlik»ka intilishning ortgani teatr san’atining rivoji bilan 
bog'liqdir. Zero, teatr san’ati milliy badiiy tafakkurni boyitdi: 
nosirlarimiz «dialog» vositasida qahramonlar ruhiyatini ochish, 
hayotiy holatning ruhiy asoslarini ko'rsatish kabi yangi badiiy 
imkoniyatlarni o'zlashtirdilar. Ikkinchi tomondan, o'quvchilar shu 
xil nasriy asarlarni qabul qilishga tayyorlandilar, epik nasriy asar 
voqealarini «chetdan» kuzatish(xuddi sahna asarini tomosha 
qilayotgandek) orqali estetik zavq olish, asar mazmun-mohiyatini 
tushunish ko'nikmalarini hosil qildilar. Boshqa bir misol tariqasida 
musiqani olaylik.
Milliy turmush tarzining, hayot ritmining o'zgarishi barobari 
milliy musiqamiz ritmida ham o'zgarishlar sodir bo'ldiki, bu 
o'zgarishlar she’riyatda ham kuzatiladi. Milliy rangtasvir san’atining, 
xususan, undagi portret va peyzaj janrlarining rivoji va milliy 
nasrimizdagi peyzaj, portret tasviridagi o'zgarishlar, shuningdek, 
peyzaj she’rlar haqida ham yuqoridagicha fikrlami aytish mumkin 
bo'ladi. Bulardan ko'rinadiki, badiiy adabiyotning tasvir va ifoda 
imkoniyatlarining kengayishi va takomilida uning boshqa san’at turlari 
bilan aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois ham hozirgi 
adabiyotda nafaqat adabiy turlar orasidagi sintezlashuv, balki boshqa 
san’at turlari bilan sintezlashuv hollarini ham kuzatish mumkin. 
Misol tariqasida X.Davronning tubandagi she’rini olaylik:


Ro‘mol o‘rab ko‘chaga chiqdi, 
ro‘molini yechdi ko‘chada 
va sochlari birdan shovullab 
oqib ketdi yelkalaridan.
Juda go‘zal ayol edi u 
qalandardek ergashdi hilol.
Bu she’r o ‘quvchisining ko‘z oldida tasvir birma-bir, xuddi 
kino kadrlaridek namoyon bo‘ladi. Ya’ni she’ming qabul qilinishida 
kino asarini qabul qilishga yaqinlik, demakki, uning ifoda yo‘sinida 
kino «tili»ga yaqinlik bor. Demak, badiiy adabiyotga qotib qolgan hodisa 
sifatida ham, mutlaqo mustaqil hodisa sifatida ham qaramaslik kerak. 
Shundagina bugungi adabiyotdagi o‘zgarishlarni his qilish va ularni 
«hazm» qila olish mumkin boMadi. Aks holda mutaxassis sifatida ham, 
kitobxon sifatida ham cheklanib qolish, adabiy hodisalami o‘tmish 
«toshi» bilangina o‘lchaydigan bo‘lib qolishimiz mumkin.
Xulosa shuki, chinakam adabiyotshunos b o im oq uchun, 
birinchidan, san’atning barcha turlaridan zavqlana biladigan hassos 
qalbga, ikkinchi tomondan, undagi o‘zgarishlarni ziyraklik bilan 
ilg'ashu tahlil qilishga qobil teran aqlga ega bo‘lmoq lozim.
Tayanch so‘z va iboralar:

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə