Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/182
tarix29.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#141947
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

3. 
Q osim
Y.
 Yangi o‘zbek she’riyatida ramzlar//Okzbek tili va adabiyoti.— 1998.—
№ 5 .- B .3 -8 .
4. 
R a h im jo n o v 
N. Bugunning qahramoni k im //0 ‘zbek tili va adabiyoti.— 2001.—
№ 6 .- B .8 -1 2 .
5.
 
K a rim o v 0 .
 
Badiiy obrazning ko‘p ma’nolilik xususiyati//0‘zbek tili va
adabiyoti.— 1990.—№ 3.—B.21 —26.
6. Потебня 
А.
Эстетика и поэтика. —М., 1976.
7. Бахтин М.М. Эстетика словесного творчества.М.:Искусство, 1986.
8. Борее Ю.Б. Эстетика -М ., 1988.
9. Минералов Ю.И. Теория художественной словесности.—М., 1999.
10. Зарубежная эстетика и теория литературы XIX—XX вв.—М.,1987.
11. Литературный энциклопедический словарь.—М., 1987.


BADIIY ASAR HAQIDA
«Badiiy asar» tushunchasi. Badiiy asar - badiiy kommunikatsiya 
vositasi. Badiiy ijod jarayoni haqida. Badiiy asar sistem butunlik 
sifatida.
Badiiy adabiyot va san’at badiiy asar shaklida yashaydi, shunga 
ko‘ra, badiiy asar adabiyot va san’atning yashash shakli hisoblanadi. 
Avvalo, «badiiy asar» degan birikma keng va tor ma’noda qo‘llanishini 
e ’tiborga olish zarur. Keng m a’noda badiiy asar deyilganda 
san’atga(musiqa, rassomlik, haykaltaroshlik, kino, teatr va h.k.) 
aloqador, insonning go‘zallik qonuniyatlari asosidagi ijodiy-ruhiy 
faoliyati mahsuli bo‘lmish yangi mavjudlikni tushunamiz. Bu m a’noda 
musiqa asari ham, haykal yoki rangtasvir ham, film yoki spektakl 
ham — bari badiiy asar sanaladi, ularning bariga nisbatan «badiiy 
asar» atamasini qo‘llash to‘g‘ri boMadi. Biz kursimiz davomida mazkur 
birikmani tor m a’noda qo‘llab, bunda badiiy adabiyotga mansub 
boMgan har qanday asami tushunamiz Ya’ni «badiiy asar» deganda 
biz «adabiy badiiy asami» nazarda tutamiz.
Badiiy asar haqida gap ketganda, avvalo, uning badiiy 
kommunikatsiya (badiiy muloqot) vositasi ekanligiga to ‘xtalish joiz. 
M a’lumki, muloqot paytidagina til hodisasi nutq hodisasiga aylanadi. 
Adabiy badiiy asar til vositalaridan tarkib topuvchi m atn ekan, 
demak, u ham mohiyat e’tibori bilan nutq hodisasidir. Zero, adabiy 
badiiy asar muloqot asosida dunyoga keladi, ya’ni ijod jarayoni 
mohiyatan muloqotdir. Tasavvur qilingki, siz kimgadir maktub 
yozayapsiz. Siz maktubingiz kimga yozilayotganini, uning qanday 
odamligi, u bilan qay yo‘sin muomala qilish kerakligini... har vaqt 
nazarda tutasiz, boshqacha aytsak, maktubni yozish davomida adresat


har vaqt xayolingizda turadi: siz yetkazmoqchi boMgan xabarni u 
tushuna oladigan, unga ta’sir qiladigan tarzda yozishga intilasiz. Demak, 
aslida xat yozish jarayonida siz adresat bilan muloqotga kirishasiz — 
tasavvuringizdagi suhbatdosh bilan «xayolan gaplashasiz» va ayni 
shu suhbat (muloqot jarayoni) qog'ozda muhrlanadi. Qog‘ozda 
muhrlangan «suhbat-muloqot», maktub adresat qoMiga yetib borgach, 
yana jonlanadi. Endi siz adresat tasawuridagi suhbatdoshsiz: real 
suhbatdoshga aylangan adresat sizning gaplaringizni «eshitadi». 
M a’lum boMadiki, m aktub, um um an, yozm a nutq m uddati 
kechiktirilgan muloqot, matn esa muloqotning amalga oshish vositasi 
ekan. Shunga o'xshash, yozuvchi ham ijod onlarida tasawuridagi 
o'quvchi bilan muloqotda boMadi: unga muayyan badiiy informatsiyani 
yetkazadi, o ‘zining o ‘y-hislari bilan o ‘rtoqlashadi, u bilan 
bahslashadi, uni nimalargadir ishontirishga intiladi... Ayni shu 
muloqot - ijodiy jarayon asar matnida muhrlanadi. Xuddi maktubga 
o ‘xshash, asami o ‘qish jarayonida muloqot qaytadan jonlanadi, endi 
yozuvchi tasavvurdagi «suhbatdosh» mavqeida tursa, o ‘quvchi real 
suhbatdoshga aylanadi. Ko‘ramizki, badiiy matn muddati kechiktirilgan 
badiiy muloqot, badiiy asar esa shu muloqotning amalga oshishini 
ta’minlovchi vosita ekan. Demak, ijodkor va o ‘quvchi orasidagi badiiy 
muloqotni amalga oshirishga xizmat qilgani uchun ham badiiy asar 
badiiy muloqot vositasi deb tushuniladi. Badiiyat hodisasi faqat ikki 
ong tutashgan nuqtadagina mavjud (M.Baxtin) boMadi. Ya’ni badiiy 
asar o'qish (hamda ijod) jarayonidagina badiiyat hodisasiga aylanadi, 
o ‘qilmagan paytda u bir jism — qog‘oz, muqova, rangdan iborat 
narsa xolos.
Yuqoridagilardan m a’lum boMdiki, badiiy muloqotning birinchi 
bosqichi ijod jarayoni ekan. Ilgari aytilganidek, badiiy asarda ijod 
jarayoni muhrlanadi. Shu bois ham badiiy asar tabiatini anglash 
uchun badiiy ijod tabiati haqida muayyan bir tasawurga ega boMishimiz 
zarur. Awalo, badiiy ijod hammaning ham qoMidan kelaveradigan 
ish emas, buning uchun kishida tug‘ma imkoniyat boMishi zarur.


Xo‘sh, bu imkoniyat nimalarni nazarda tutadi? Badiiy ijod bilan 
shug‘ullanishga layoqati bor odam qanday bo'ladi? Badiiy ijodga 
layoqatli odam , aw alo, hayotni o ‘tkir idrok (his) qila olishi bilan 
farqlanadi. Uning o ‘tkir nigohi sizu biz ko‘rmagan(ehtimol, mutlaqo 
e’tibor bermagan) narsalami ko‘radi, ko‘radigina emas, sizu bizga 
mutlaqo ta ’sir qilmagan narsa uning ko‘nglida chinakam to ‘fon 
qo‘zg‘ashi mumkin; sizu bizga ahamiyatsiz ko‘ringan narsa unga olamu 
odam mohiyatidan so‘zlashi, chigal m uammolami yechishi uchun 
kalit boMishi mumkin. Demak, san’atkorona nigoh ijodkorga badiiy 
jihatdan 
ahamiyatga molik narsa-hodisalami, ulaming muhim 
nuqtalarini ilg‘ab olish imkonini beradi. T a’kidlash joizki, yuqorida 
aytganimiz ijodkorga xos ta’sirchanlikni ham jo ‘n tushunmaslik kerak. 
Zero, hodisotu m o‘jizalarga, turli hayotiy holatu turfa taqdirlarga, 
anvoyi fe’lli odamlarga boy hayotda hamma ham ta’sirlanadi. Albatta, 
bu taassurotlaming namoyon bo‘lishi-da turfa xil. Deylik, foje, ayanch 
holatga duch kelganda, kimdir yig‘laydi, kimdir yotib qoladi, kimdir 
taskinni shisha tubidan izlaydi va h.k. San’atkorda bularning aniq birini 
ko‘rishga intilish ham to ‘g‘ri emas. Sababi, san’atkor sirtdan mutlaqo 
beta’sir qolishi, biroq qalbida ulkan to ‘fonlar qo‘zg‘algan, aqliyu 
shuuri shu holatning mushohadasi bilan band boMishi mumkin(ayni 
shu holatdan ta ’sirlanish keyinroq, biror-bir asarida namoyon 
boMadi). San’atkor hayotida duch kelgan va ta ’sirlangan narsalar 
uning ko‘nglida(ongida) chuqur iz qoldiradi. Yuqorida aytdikki, 
hayotda hamma ham nimalardandir ta ’sirlanadi, biroq bu taassurotlar 
vaqt o‘tishi barobari unutiladi — ong osti qatlamlariga cho‘kib ketadi. 
B undan farqli oMaroq, san ’atkor taassurotlari yashovchanlik 
xususiyatiga ega: ular tez-tez san’atkomi bezovta qilib turadi, san’atkor 
ulami qayta-qayta ko‘nglidan kechira oladi. Ya’ni san’atkorga xos 
muhim tug'ma xususiyat shuki, u ong ostki qatlamlaridagi, xotiradagi 
taassurotlami qayta uyg‘ota oladi va ulami ijodiy tasawurga jalb etadi. 
Shu bois ham ijodkor olis bolaligida olgan taassurotini yetuklik paytida 
yozgan asarida aks ettirishi mumkin, shunda ham o ‘sha taassurot


yangidek tuyuladi bizga. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, xotira — badiiy 
ijodning muhim unsuri. Ayni paytda, san’atkor xotirasi faktlaru 
ta a ssu ro tla r t o ‘planadigan o m b o r em as, balki faoliyatdagi 
(safarbarlikdagi) xotira, zero, undagi badiiy-estetik ahamiyatga molik 
faktu taassurotlar san’atkor ongida har lahza tirilishi, ruhiy parvozga 
qanot berishi mumkin.
Badiiy ijodning yana bir muhim unsuri — tasavvur. San’atkoming 
ijodiy tasaw uri xotirada mavjud fakt va taassurotlardan keraklilarini 
(ijodiy niyat bilan bogMiq ravishda) uyg‘otib, ulami muayyan tartibga 
solingan manzara holida «ko'rish» imkonini beradi. Ya’ni ijodiy 
tasavvur hayot materiali (dispozitsiya)ni badiiy asar (kompozitsiya)ga 
aylantirishda hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Bilasizki, badiiy ijod haqida so'z ketganda ilhom haqida gapiradilar. 
Ilhomni g‘aybdan deyishga moyillik kuchli. Albatta, ilhom onlarini, 
uning yuzaga kelishini mantiqiy izchillikda tushuntirib berish qiyindir. 
Biroq shunisi aniqki, ilhom yuqoridagicha xususiyatlarga ega 
shaxsning ijodiy-ruhiy faoliyatidagi muayyan bir bosqichdirki, 
ushbu onlarda bungacha pishib yetilib kelgan jarayon tezlashadi; 
ijodkoming umumiy ruhiy quw ati ortadi: aqliy va hissiy mushohada 
tezligi oshadi, xotira maksimal jonlanadi, narsa-hodisalar orasidagi 
assotsiativ aloqalarni ilg‘ay olish qobiliyati, nigoh o ‘tkirligi, 
ta ’sirchanlik kuchayadi, ijodiy tasavvur koMami kengayadi... Ayni 
shu damlarda ijodiy jarayon ko‘ngilli, oson va mahsuldor kechadi - 
asar go‘yo «quyulib» keladi. Demak, ilhomni g'aybdan kelgan narsa 
sifatida emas, balki san’atkor ongiyu qalbida kechgan ijodiy-ruhiy 
jarayonning yuksak nuqtasi, uning tug‘ma imkoniyatlari kuchaygan 
palla sifatida tushunish mumkin ekan.
M a’lumki, ko'pincha yozuvchi va shoirlarimiz asarni farzandga 
qiyos etadilar. Darhaqiqat, asarning dunyoga kelishini farzand 
tug‘ilishiga qiyos etsa arzigulik. Farzand to‘qqiz oy davomida ona vujudida 
yetiladi — qatradan inson shakliga kiradi, bu vaqt davomida u onaning 
jismoniy va ruhiy quwatini o'ziga oladi, so'radi. Payti kelgach, onani


to ‘lg‘oq tutadi — farzand dunyoga keladi. Shunga o'xshash, badiiy 
asar ham ijodkor ongida yetiladi, payti kelgach uni-da to ‘lg‘oq tutadi: 
bo‘shanish - asami yaratish, o ‘quvchisi bilan o ‘rtoqlashish uning 
uchun zaruratga aylanadi. Ya’ni endi ijodkor ongida yetilgan asarning 
yaratilmasligi mumkin emas, ijod psixologiyasi shuni taqozo qiladi. 
Adabiyot tarixi buni ko‘plab faktlar bilan tasdiqlaydi: ko‘plab 
ijodkorlar yaratajak asari hayotida chigalligu noxushliklar keltirib 
chiqarishi, hatto hayotiga xavf solishi mumkinligini bilgani holda 
ham uni yaratganlar. Aks holda, agar yozmaslik mumkin bo ‘lganida 
edi, ehtimol, A.Qodiriy, C ho‘lpon kabi buyuk adiblarimizning ayrim 
asarlari butkul yaratilm asdi. D em ak, badiiy ijodning ruhiy 
mexanizmlaridan yana biri ijodkorga xos «bo‘shanish zarurati» ekan.
Yuqorida badiiy ijodga layoqatli shaxsga xos xususiyatlaiga to‘xtaldik. 
Ayni shu xususiyatlarga ega inson ongida ijodiy niyat tug‘iladi. Ijodiy 
niyatning tug‘ilishi — badiiy ijod jarayonidagi ilk bosqich. Ijodiy 
niyat san’atkorning voqelik bilan munosabati, voqelikni 0 ‘ZIChA 
(o‘zining estetik ideali, dunyoqarashi, xarakteri, m adaniy-m a’rifiy 
darajasi, hayotiy va ijodiy tajribasi, tug'm a iste’dodi quw ati asosida) 
qabul qilishi va idrok etishi natijasi o'laroq yuzaga keladi. Ijodiy niyatda 
yaratilajak asarning asosiy chizgilari, birmuncha xiraroq tarzda bo‘lsa- 
da, ko‘zga tashlanib turadi. Ya’ni ijodiy niyat yaratilajak asarning 
san’atkor ongidagi xomaki eskizidir. Badiiy ijod jarayonining o ‘ziga 
xosligi shundaki, san’atkor ijodiy niyatdayoq o‘quvchiga muayyan 
ta ’sir qilishni ko‘zda tutadi. Baski, maqsad ijroga ta ’sir qiladi, niyat 
va ijro birlashadi. Bu jarayonni birmuncha o ‘zgacharoq tushuntirish 
qulayroq ko'rinadi: san’atkoming estetik ideali bilan mavjud voqelik 
orasidagi nomuvofiqlik badiiy ijodga undovchi motiv bo‘lsa, idealga 
yaqinlashish ijodning maqsadidir. Demak, ijodiy niyat bilan ijro, 
ijod motivi bilan maqsadining birligi badiiy ijod jarayonini yaxlit, 
butun hodisaga aylantiradi. Shu yaxlit jarayon — badiiy ijod davomida 
ijodiy niyat ijro etiladi, san’atkoming o ‘y-fikrlari, bahosi badiiy 
obrazlar tizimi vositasida moddiylashtiriladi.


Biz badiiy ijod jarayoni deganda san’atkor ongida ijodiy niyat 
yetilib, «bo'shanish» zarurati yuzaga kelgan paytdan asarga so‘nggi 
nuqta qo‘yilgunga qadar bo‘lgan vaqtni ko‘zda tutamiz. Ayni shu vaqt 
oralig‘ida san’atkor ongida kechgan ijodiy-ruhiy jarayon badiiy asarda 
akslanadi. Shu bois ham mazkur jarayonning o'ziga xos xususiyatlariga 
ayricha e’tibor zarur. Avvalo shuki, ijod onlaridagi ijodiy-ruhiy holat 
san’atkorning bungacha kechirgan hayoti, ko‘rgan-kechirganlari 
zaminida yuzaga keladi. Biroq ijod onlarida u oldingi hayotidan, 
zamindan uziladi, go‘yo tamomila o‘zga o ‘lchovda — IDEAL olamida 
yashaydi. Bundan ayon boMadiki, san’atkorning hayot yo‘li, unga 
oid fakt va hodisalar, shaxsiyati, xarakteri va h.k. bilan badiiy asar 
orasidagi aloqa ko‘proq genetik (paydo boMishi, dunyoga kelishi 
jihatidan) xarakterga egadir. Shunga ko‘ra, hayotda biz bilgan san’atkor 
bilan ijod onlaridagi san’atkor orasiga tenglik alomati qo‘yib boMmaydi: 
real san’atkor bilan asarda aks etgan muallif obrazi (yoki lirik 
qahramon) bitta emas. Ikkinchidan, ijod onlaridagi ijodiy-ruhiy holat 
betakror boMib, bitta daryoga ikki bora sho‘ngMb boMmaganidek, 
san’atkoming xuddi shu ijodiy-ruhiy holatga qayta tushishi mumkin 
emas. Demak, o'zida muayyan ijodiy-ruhiy holatni aks ettirgan badiiy 
asar ham betakror (fenomenal) hodisa sanaladi. Shunga ko‘ra, badiiy 
asardagi har bir unsur o‘sha ijodiy-ruhiy holat mahsuli, asarda 
bironta ham ortiqcha unsur mavjud emas. Zero, asardagi barcha 
unsurlar, hatto, bizning nazdimizda ortiqchadek tuyulganlari ham 
muallifning ijod onlaridagi ruhiy holatini, demakki, asarning 
mazmun-mohiyatini anglashga xizmat qiladi. Anglashiladiki, badiiy 
asar — butunlik, bu butunlikdagi biror bir unsumi asar mazmun- 
mohiyatga putur yetkazmagan holda olib tashlash mumkin emas. 
Sababi, badiiy asami tashkil qilayotgan unsurlaming bari bir-biri 
bilan mustahkam aloqada, ayni shu aloqalar asosida butunlik yuzaga 
keladi, ya’ni badiiy asar — qismlardan tashkil topayotgan butunlik, 
sistem butunlikdir.
Badiiy asar — sistem butunlik, sistema deganda esa qismlardan 
tarkib topgan butunlik tushuniladi. Bu monolit emas, lekin qismlar


orasidagi aloqa shu qadar muhimki, bu aloqalaming yetarlicha 
anglanmasligi asami chala, o ‘z mohiyatidan o‘zgacha tushunishga 
olib kelishi mumkin. Butunga kiritilayotgan qism butun talabiga mos 
holda kiritiladi, demak, qismlar orqali butun tushuniladi, qismning 
mohiyati butun tarkibidagina namoyon bo‘ladi. Demak, badiiy asami 
o'qiyotgan odam, birinchidan, asardagi har bir qismni boshqa qismlar 
bilan aloqada, ikkinchidan, asami butun holicha tasawur eta bilmog‘i 
lozim. Deylik, katta hajmli romanning boshlanish qismidagi konkret 
unsur uning oxiridagi boshqa bir unsur bilan mazmuniy aloqaga 
kirishishi mumkin, lekin bu aloqa bevosita emas, ya’ni yozuvchi bu 
aloqaga hech qanday ishora qilgan emas. Biroq ulaming har ikkisi 
butunning qismi bo‘lgani uchun ham butunning mazmun mohiyatini 
ochishda bu aloqa muhimdir. Elektr manbaiga ulangan ikkita simning 
uchi bir-biriga tegizilganda uchqun chiqqanidek, ongimizda o‘sha ikki 
qismni bir-biriga to ‘qnashtirganimizdagina uchqun chiqadi — 
mazmunning yangi bir qirrasi kashf etiladi. 0 ‘qishning ijodiy jarayon 
deb atalishi ham aslida shundan, ya’ni asar qismlarini o‘zaro bog‘lagan 
holda yaxlit butunlikni hosil qilishning o‘zi ijoddir. Konkret asarning 
turli o‘quvchilar tomonidan turlicha tushunilishining boisi ham bir 
tomoni shunda — qismlar orasidagi ko‘rinmas aloqalami tiklay olish 
imkoniyati barcha o‘quvchilarda ham birdek emas. Bu o ‘rinda 
masalaning yana bir muhim jihati mavjud: sistem butunlik, birinchi 
galda, obyekt (badiiy voqelik) va subyekt (ijodkor) birligini taqozo 
qiladi. Shunday ekan, badiiy asarga ijodiy yondashuv o‘quvchi o‘qish 
jarayonida ijodkor subyektining p‘mini egallab, uning ijod onlaridagi 
betakror ijodiy-ruhiy holatiga kirn olsagina mavjuddir. Bunda o‘quvchiga 
ijodiy jarayonning modeli bo‘lmish asarning o‘zigina yordam berishi 
mumkin. Asar (sistem butunlik)ni tushunishning ko'pchilik e’tirof 
etgan qoidasi esa oddiygina: butunni qism, qismni butun orqali 
tushuniladi. Baski, konkret asar strukturasini — butunlikning tashkil 
etilgani, uni tashkil etayotgan unsurlaming o'zaro aloqalari, ulaming 
qay yo‘sin butunlik hosil qilishini — yorqin tasavvur etmasdan turib


uning mazmun-mohiyatini anglash mahol. Hatto, kezi kelganda 
bittagina unsurning e’tibordan chetda qolishi ham butunning 
mazmun-mohiyatini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Zero, struktura 
m azm unning m antiqiy tashkillanishidirki, o ‘sha m antiqni 
o‘zlashtirmasdan turib badiiy asardagi mazmun jilolarini ilg‘ash 
dushvordir.
Tayanch so‘z va iboralar:

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə