Dilshunoslik fanining predmeti va funksiylari psixalogiyasi ijtimoiy ahamiyati Reja



Yüklə 26,21 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü26,21 Kb.
#182379
Dilshunoslik fani


Dilshunoslik fanining predmeti va funksiylari psixalogiyasi ijtimoiy ahamiyati
Reja
1. Dilshunoslik fani haqida tushuncha
2. Dilshunoslik fanining predmeti va funksiylari
3. Dilshunoslik fanining predmeti va funksiylari psixalogiyasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

SO‘Z BOSHI
Komil insonni tarbiyalash milliy mafkuraning asosiy g‘oyasi va davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Mazkur vazifani ijtimoiy hayotga tatbiq etish davlat tashkilotlari, muassasalari va jamoat birlashmalarining doimiy diqqat markazida turadi. Zero, yosh avlod nafaqat bizning kelajagimiz, balki hozirgi dolzarb muammolarni hal etishda ilg‘or g‘oyalar bilan ishtirok etuvchidir. Ma’lumki, ma’naviy yetuk, bilimli, mustaqil fikrga ega va jismonan sog‘lom avlodni tarbiyalash ilg‘or maorif tizimi va malakali mutaxassis kadrlar tomonidan ta’minlanadi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ijtimoiy hayotning turli sohalarida, shu jumladan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda katta yutuqlarga erishildi. Maorif sohasida uzluksiz ta’lim tizimiga o‘tildi. Zamonaviy o‘quv dargohlari qurilib, yangi texnik vositalar bilan jihozlandi. Ta’lim jarayoni xalqaro tajriba va milliy mentalitetimizni hisobga olgan holda tashkil etildi. Bilim dargohlari yangi darsliklar, qo‘llanmalar va o‘quv-metodik materiallar bilan ta’minlandi. Ushbu o‘quv qo‘llanma respublikamizda olib borilayotgan diniy siyosatdagi o‘zgarishlar, uning ijtimoiy ahamiyatini hisobga olgan holda yozildi. Unda dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari, yosh avlodni tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida so‘z boradi. «Din» tushunchasi, dinning tarkibiy qismlari, vazifalari, vujudga kelish va jamiyatda saqlanib qolish sabablari, tarixiy davrlarda unga munosabat kabi masalalar tahlil qilinadi. Mazkur qo‘llanma dinning jaholat, aqidaparastlik, o‘zgalar fikriga toqatsizlik va ijtimoiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi kuch ekanligi haqidagi noto‘g‘ri tasavvurlarga qarshiligi to‘g‘risidagi ijtimoiy fikrning vujudga kelishiga ko‘maklashadi. Dinning ilk shakllari insoniyat tarixining dastlabki davrlarida ibtidoiy odamning dunyoqarashi sifatida vujudga kelgan. O‘sha davrlardan buyon din insonning tabiiy ehtiyojlari va mayllarini jilovlash vositasi, madaniyatning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan ijtimoiy ong shakli hisoblanadi. Ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar diniy ta’limotda ham o‘ziga xos jarayonlarni keltirib chiqargan. Ular ta’sirida davlat va milliy dinlar vujudga kelgan. Qudratli xudolarga sig‘inish va ko‘pxudolik shakllangan. Xalqlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, yirik imperiyalarning paydo bo‘lishi natijasida dinlar davlat va elatlar doirasidanchiqib, umuminsoniy ahamiyat kasb etgan va shu tariqa jahon dinlari vujudga kelgan. Lekin diniy qarashlarning rivojlanish jarayoni hozir ham davom etmoqda. Mazkur qo‘llanmada jahon dinlari ta’limoti, aqidalari va marosimlariga ko‘proq e’tibor berilgan. Zero, ular xalqlarning ijtimoiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Jumladan, millatlarning urf-odatlari, an’ana va marosimlaridagi umumiylikda jahon dinlarining ta’sirini yaqqol ko‘rish mumkin. Bu jarayonlar dinlarning keskin raqobati sharoitida rivojlangan. Hozirgi davrda ular o‘rtasidagi raqobat global muammo darajasiga ko‘tarildi. Bunga sabab vayronkor kuchlarning dindan siyosiy manfaatlar yo‘lida foydalanishga intilishidir. Dunyoviy taraqqiyot yo‘lini tanlagan O‘zbekistonda dinning ijtimoiy ahamiyati qayta tiklandi. Diniy konfessiyalarning rasmiy faoliyati uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Millatlar o‘rtasida tinchlik, hamjihatlik va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni shakllantirishda dinlarning imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. Bu esa dinning yosh avlodni ma’naviy tarbiyalash va dunyoqarashini shakllantirishdagi faol ishtiroki bilan bog‘liq. Mazkur qo‘llanmani tayyorlashda dinshunoslik fanini IIV Akademiyasida o‘qitish davrida to‘plangan tajriba va materiallardan, O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda chop etilgan manbalar va adabiyotlardan, jumladan 1, 7, 8, 9 va 10-mavzularni yozishda falsafa fanlari doktori, professor A. Q. Qodirovning materiallaridan unumli foydalanildi. Shuningdek, respublikamiz oliy o‘quv yurtlari talabalarining dinshunoslik fanidan muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan olimpiadalarda to‘plangan ayrim manbalar ham kiritildi. «Dinshunoslik asoslari» o‘quv qo‘llanmasi mazkur predmetni o‘rganish va o‘qitishdagi tajriba va bilimlarni umumlashtirish natijasidir. Shu bois muallif kitobxonlarning ushbu qo‘llanma yuzasidan bildirgan mulohazalarini minnatdorlik bilan qabul qiladi.
Din azaldan inson va jamiyat hayotining ma’naviy asosi, poydevori bo‘lib kelgan. Din vositasida insonning biologik tabiati, hayvonot olami bilan umumiy jihatga ega bo‘lgan fiziologik mayllari, ehtiyoj va instinktlari jilovlandi, ularga insoniy qiyofa berildi. Diniy ongning ibtidosida «yaxshilik 4 va yomonlik», «ezgulik va yovuzlik», «adolat va adolatsizlik» kabi axloqiy kategoriyalarning dastlabki elementlari shakllangani, din kishilik jamoasini mazkur kategoriyalar atrofida jipslashtira olgani bois, unda dunyoqarash, integrativ, regulyativ, kompensatorlik va boshqa funksiyalar mustahkamlandi. Hozirgi kunga kelib, din ijtimoiy hayotning muhim omiliga aylandi, u ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rnini saqlab qoldi. Lekin uning ahamiyati turli ijtimoiy-siyosiy tuzumlarda turlichadir. Din yetakchi mafkura hisoblangan davlatlar ham talaygina. Dunyoning qator davlatlarida din o‘zining siyosiy mavqeini mustahkamlash uchun harakat qilmoqda. Mustaqillikdan keyin dinning ijtimoiy-siyosiy salmog‘i o‘zgargan bo‘lsa-da, u bilan bog‘liq muayyan muammolar kelib chiqmoqda. Shu bois O‘zbekiston Konstitutsiyasida dinning mamlakatimizdagi ijtimoiy o‘rni aniq belgilab qo‘yilgan. Xususan, uning 31-moddasida: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi», – deb ta’kidlanadi. Istiqlol arafasida, Markaziy Osiyoda diniy omil mavqeining ortib borishini hisobga olib, 1991 yil 14 iyunda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Bu qonun jamiyatni demokratlashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, tobora kuchayib borayotgan mustaqillik uchun g‘oyaviy kurash ta’sirida sobiq O‘zbekiston sho‘ro hukumati tomonidan qabul qilingan edi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda dinga munosabat tubdan o‘zgardi. Mustabid tuzum davrida dinga nisbatan bir yoqlama (taqiqlovchi) munosabat o‘rnini diniy e’tiqod erkinligi egalladi. Bu narsa asosan ijobiy bo‘lsa-da, sekin-asta salbiy tus ola boshladi. Diniy bilimlardan uzoq davr mahrum bo‘lgan ayrim kishilar g‘ayridiniy, ekstremistik janggarilik ruhidagi, Imomi A’zam mazhabidan farq qiluvchi ayrim aqidalarga ergasha boshladilar. Diniy e’tiqodga ham islohot niqobi ostida azaliy diniy an’analarimizga zid bo‘lgan turli oqim va mazhablar vakillari kirib kela boshladilar. Shu davrda qurila boshlangan ko‘plab masjidlarda o‘tmishi noma’lum bo‘lgan g‘araz maqsadli kimsalar «in qura» boshladilar. Ular jamiyat hayotida siyosiy mavqega ega bo‘lish, islom diniy partiyasini tuzishga harakat qildilar. Ayrim viloyatlarda mavjud hukumat organlariga muqobil bo‘lgan diniy tashkilotlar ham tuzildi. Bunday ziddiyatli davrda din rivojida ko‘plab ijobiy natijalarga ham erishildi. Islom diniga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalar, din peshvolarining nomlari qayta tiklandi, islom dinining taraqqiyotiga doirO‘zbekiston tanlagan taraqqiyot yo‘lining saqlab qolinishini, mamlakatda demokratiya prinsiplarining himoya qilinishini ta’minlashi lozim edi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning hayotga joriy qilinishi dinga va diniy tashkilotlarga g‘araz maqsadlar bilan kirib olgan, mamlakat hayotini diniy o‘zanga burib yuborishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan turli unsurlarni bezovta qila boshladi. Bunday qora niyatli unsurlar endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri zo‘ravonlik, kuch ishlatish yo‘li bilan o‘z manfur va jirkanch maqsadlariga erishmoqchi bo‘ldilar. Mash’um 1999 yil 16 fevral, 2004 yil 29, 30 mart – 1 aprel, 2005 yil 12–13 may voqealari bu jarayonlarning asl mohiyatini ko‘rsatdi. Buning oqibatida ko‘plab begunoh odamlar hayotdan ko‘z yumdilar. Ushbu voqealar dinning jiddiy mafkuraviy omilga aylanib borayotganligini, ko‘p millatli davlat sharoitida u diniy nizolar chiqishi uchun ayrim siyosiy kuchlarga qo‘l kelishi mumkinligini ko‘rsatdi. Natijada dinni, uning tarkibi va jamiyat hayotidagi o‘rnini ilmiy o‘rganish ehtiyoji tug‘ildi. O‘zbekiston, milliy tarkibiga ko‘ra, ko‘p millatli davlat hisoblanadi. Hozir respublikamizda 130 dan ortiq millat va elatlarning vakillari istiqomat qilmoqda, 20 ga yaqin diniy konfessiya (lotincha confessionalis so‘zi e’tiqodga oid, cherkovga tegishli degan ma’nolarni anglatadi) faoliyat ko‘rsatmoqda, 80 dan ziyod milliy markazlar ishlab turibdi. Tabiiyki, millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta’minlash demokratik davlat sharoitida nafaqat davlat siyosatining izchil va kuchli bo‘lishini, balki, avvalo, diniy konfessiyalar o‘rtasida o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlar qaror topishini, eng asosiysi, har bir fuqaroning din, diniy mazhablar, dinning tarixi va hozirgi hayotda tutgan o‘rni haqida ilmiy tasavvur va tushunchalarga ega bo‘lishini talab qiladi. Aynan shunday ehtiyojlar dinshunoslikning ijtimoiy mavqeini va hozirgi ahamiyatini belgilaydi. Dinshunoslik tarix, falsafa, siyosatshunoslik, sotsiologiya, huquq va boshqa fanlardan farq qilib, din hodisasining tarixiy, ijtimoiy-siyosiy va gnoseologik (grekcha gnosis – bilish, logos – ta’limot degan ma’nolarni anglatadi) ildizlarini ochib beradi, diniy aqidaga umumilmiy metodlardan biri bo‘lgan tarixiylik va mantiqiylikning dialektik birligi orqali yondashadi. Dinshunoslik fanining yana bir muhim xususiyati shundaki, u dinni ilmiy asosda, dunyoviy nuqtai nazardan o‘rganadi, dinshunoslikning predmetini, din, uning kelib chiqishi, vazifalari va rivojlanishini, tuzilishi va tarkibiy qismlarini, jamiyat tarixida namoyon bo‘lish shakllarini, shaxs va jamiyat hayotida tutgan o‘rnini, madaniyat sohalari bilan o‘zaro aloqadorligini tahlil qiladi.
yuqoridagi vaziyatda O‘zbekiston Prezidenti olib borgan oqilona siyosati tufayli mustaqilligimizga tahdid bartaraf etildi. Oqibatda bunday aqidaparastlarning payi qirqildi. Adashgan shaxslar to‘g‘ri yo‘lning ahamiyatini kechroq anglab yetdilar (Bu haqda qo‘llanmaning so‘ngi qismlarida batafsil to‘xtalamiz). Dunyoviy, demokratik siyosiy taraqqiyot yo‘lini tanlagan ko‘p konfessiyali O‘zbekiston uchun diniy davlat qurish milliy va diniy nizolarning vujudga kelishiga shart-sharoit yaratishi mumkin. Milliy va diniy tarkibi jihatidan murakkab bo‘lgan mamlakatda faqat millatlararo tenglik va erkinlik munosabatlarigina milliy birlik uchun sharoit yaratadi. Mazkur ijtimoiy holat dinshunoslik faniga ehtiyojni yanada oshiradi. Ushbu ehtiyoj yana bir muhim ijtimoiy hodisa bilan bog‘liq. Ma’lumki, mustaqil iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyot yo‘liga kirgan O‘zbekiston jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylandi. Ayni vaqtda u turli diniy mafkuralarga ega davlatlar bilan hamkorlik qilmoqda. Bunday sharoitda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlaridan, balki har bir fuqarodan jahon dinlari, turli diniy oqim va mazhablar haqida ilmiy tasavvur va tushunchaga ega bo‘lish talab qilinadi. O‘zbekiston hududida, yuqorida eslatib o‘tilganidek, ko‘plab diniy konfessiyalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Dinshunoslik fani diniy konfessiyalar, ularning tarixiy ildizlari, vatani, hozirgi holati va mavqei haqida ham bilim beradi. Shu ma’noda u falsafiy fanlarga yaqin turadi. Dinshunoslik diniy e’tiqod va uning tabiati, muayyan diniy dunyoqarash haqida chuqur tahlilsiz umumiy ilmiy tasavvur hosil qiladi. Dinshunoslik nafaqat islom, balki jahonning boshqa dinlari – buddaviylik, xristianlik, iudaizm, hinduizm va boshqa diniy e’tiqodlar haqida ham tasavvur beradi. Dinlarning yo‘nalishlari, oqimlari (mazhablari) haqida faqat dinshunoslik predmeti orqali keng tasavvur hosil qilish mumkin. Shu ma’noda, dinshunoslik, o‘z tarkibi va tabiatiga ko‘ra, umumlashtiruvchi va tartibga soluvchi fan bo‘lib, diniy e’tiqodning ibtidoiy ko‘rinishidan hozirgi holatiga qadar bo‘lgan tarixiy evolutsiyasini o‘rganadi. Dinshunoslik bilimlarning kompleks (lotincha complexus – aloqa, birikma degan ma’nolarni anglatadi. Predmetlar, harakatlar va voqeliklarning birikmasi bo‘lib, ular bir butunlikka birlashadi) tarmog‘ini tashkil etadi. Ushbu fan ilohiyot, falsafiy va ilmiy fikr rivoji natijasida shakllandi. Diniy bilimlarning tarixan tashkil topgan birinchi shakli ilohiyot (teologiya grekcha teos – xudo va logos – ta’limot degan ma’noni anglatadi), ya’ni xudoni o‘rganuvchi ta’limotdir. 9 Ilohiyot muayyan dinning aqida (qoida)larni, muqaddas yozuvlar va diniy tashkilotlar hujjatlarini odamlarga tushunarli tilda yetkazib beruvchi ta’limotdir. Dinga ilohiyot nuqtai nazaridan yondashuv dinni uning ichidan o‘rganishdir, chunki ilohiyot vakillari dinni faqat xudoga ishongan kishi tushunishi mumkin deb hisoblaydilar. Dinni o‘rganishda ilohiy yo‘nalish bilan birga falsafiy va ilmiy yo‘nalishlar ham mavjud. Falsafiy va ilmiy yo‘nalishlar, ilohiyotdan farqli ravishda, dinni «ichidan» emas balki «tashqaridan» o‘rganadi. Ularning dinni o‘rganish usullari ilohiyotnikidan farq qiladi. Falsafiy va ilmiy yo‘nalishlar dinni tafakkur, mantiqiy-nazariy, empirik-ilmiy prinsiplarga tayanib o‘rganadi. Falsafiy va ilmiy yo‘nalishlarning dinga yondashuvidagi umumiy jihatlari bilan birga o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud. Masalan, falsafiy yondashuv tevarak atrofdagi voqea-hodisalarning umumiy prinsiplari hamda qonuniyatlarini topishga, narsa-hodisalarning mohiyatini aniqlashga intiladi, ularga tanqidiy nuqtai nazardan yondashadi. Bunday yondashuv mavjud dunyoqarashning qanchalik to‘g‘ri ekanligini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda ijtimoiy hayotda isbotlanmaganlari inkor qilinadi, isbotini topganlari yanada rivojlantiriladi. Falsafiy yo‘nalishda xilma-xil oqimlar mavjud bo‘lib, ular dinga nisbatan turlicha munosabatda bo‘ladilar. Masalan, din falsafasi oqimi ilohiyotga o‘xshash vazifalarini bajaradi. Lekin ilohiyotdan farqli o‘laroq, xudo va diniy qadriyatlarning obyektiv mavjudligini ilmiy jihatdan isbotlashga intiladi. XIX asrning o‘rtalarida dinni o‘rganishda ilmiy yondashuvning shakllanish jarayoni uzil-kesil yakunlandi. Shu davrda tabiiy va ijtimoiy fanlarning rivojlanishi natijasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarga tayanib, dinni yerdagi sabablarga bog‘lab tushuntirish imkoniyati yuzaga keldi. Ilmiy yo‘nalish dinni ijtimoiy hayotning bir sohasi sifatida uning boshqa sohalari bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘rganadi. U din qanday shakllangan, kishilarda qanday qadriyatlar, normalar va xulq-atvor obrazlarini vujudga keltirishi, diniy tashkilotlarning qanday faoliyat ko‘rsatishi, dinning jamiyatda qanday funksiyalarni bajarishi kabilarni o‘rganadi. XIX asrning oxirlarida dinni ilmiy o‘rganish asosida bilimlarning maxsus tarmog‘i – dinshunoslik fani shakllangan. Dinshunoslik fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
din va diniy e’tiqod haqida ilmiy, dunyoviy tasavvur hosil qilishga yordam berish; – dinning inson hayotida tutgan o‘rni va mavqei haqida to‘g‘ri tushunchani shakllantirish; – kishi ma’naviyatida ma’naviy bo‘shliq (vakuum) yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, turli g‘ayritabiiy va g‘ayriinsoniy diniy qarashlar shakllanishining oldini olish. Bundan tashqari, diniy e’tiqod tarkibida mavjud insonparvarlik, mehr-shafqat va imonlilik kabi qadriyatlarga janggarilik, shafqatsizlik, qonxo‘rlik da’vatlarining butunlay yot ekanligi dinshunoslik orqali oydinlashadi, diniy jaholatning ma’rifat orqali bartaraf etilishiga, dinning haqiqiy mavqei tiklanishiga erishiladi. Dinshunoslik, diniy e’tiqodning, qaysi shaklda bo‘lmasin, ezgulik, odamiylik va adolat g‘oyalariga bo‘ysunganligini isbotlashga ko‘maklashadi, dinlar o‘rtasida mazkur g‘oyalar asosida ma’naviy yakdillik va hamjihatlik aloqalari mavjudligini isbotlashga xizmat qiladi. Dinshunoslikning vazifalari o‘zaro aloqador bo‘lib, ularni amalga oshirishda boshqa fanlar bilan hamkorlik qilish talab qilinadi. Masalan, falsafa kishilarning dunyoqarashi, dunyoga munosabati masalalari, ularni o‘rganish usullari, dinning jamiyatdagi ma’naviy, ijtimoiy, ruhiy ildizlarini o‘rganadi.

Xulosa
Dinshunoslik dinni o‘rganishda falsafiy qonuniyatlar, masalaga yondashish usullari, dunyoqarash muammolari kabilarga tayanishi mumkin. Huquqshunoslik dinning konstitutsiyaviy mavqei, huquqqa ta’siri, vijdon erkinligi, so‘z erkinligi kabilarga bog‘liqligi masalalarini o‘rganadi. O‘zbekiston tarixi fani dinning qadimgi zamonlardan hozirgi davrga qadar jamiyat hayotidagi ahamiyatini, uning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotga ta’siri jarayonlarini o‘rganadi. Tarixda bu jarayonlarning barcha jabhalarida dinning o‘rni va o‘ziga xos ta’siri bo‘lgan. Dinshunoslik tarixiy davrlarda dinning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va ahamiyatini o‘rganishda tarix fani ma’lumotlariga tayanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar


Arxiv.uz
Aim.uz
Yüklə 26,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə