Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob


Diniy sektalar va ular faoliyatining oqibatlari



Yüklə 92,63 Kb.
səhifə20/49
tarix27.01.2022
ölçüsü92,63 Kb.
#83171
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49
Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob

Diniy sektalar va ular faoliyatining oqibatlari

Javob: Sekta bu faqat o‘zini haq din, insonlarni najotga etkazuvchi deb da’vo qiladigan, aslida esa muayyan siyosiy va iqtisodiy maqsadlarni ko‘zlaydigan guruh hisoblanadi. Psixologlar mazkur sektalarni «ommaviy ijtimoiy-psixologik qirg‘in quroli» deb ta’riflaydilar. Diniy sekta deganda ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan holda din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruhlar tushuniladi. Bugungi kunda missionerlik faoliyati bilan asosan turli sektalar shug‘ullanadi. Hozirgi kunda taxminan 5000 ta sektaning faoliyati aniqlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimiz bilan chegaradosh bo‘lgan davlatlarda «Bogorodichiy sentr», «Serkov ob’edineniya», «Serkov Iisusa», «Serkov Novogo Zaveta», «Beloe bratstvo», «Bojestvennыy orden Pervogo Angela», «Farxat ata», «Dianetika» kabi yuzlab diniy sektalar faoliyat olib bormoqda. Iblisga ibodat qilishga asoslangan «Satanizm» sektasi ham ayrim qo‘shni respublikalarda keng tarqalmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ta xavfli bo‘lgan mazkur sektaning Rossiyada 100 ming, Er yuzida 5 milliondan ortiq tarafdori bor.


Yüklə 92,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə