Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob


Missionerlik faoliyatida ijtimoiy tabaqalar bilan ishlash strategiyasi



Yüklə 92,63 Kb.
səhifə19/49
tarix27.01.2022
ölçüsü92,63 Kb.
#83171
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49
Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob

Missionerlik faoliyatida ijtimoiy tabaqalar bilan ishlash strategiyasi.

Javob: Missionerlar makon va zamonga moslashgan holda o‘z uslub va vositalarini doimiy takomillashtirib kelganlar. So‘nggi vaqtlarda ular ma’lum bir ijtimoiy qatlamni ajratib olib, maqsadli ish olib borishga intilmoqdalar. Jumladan, missionerlar asosiy e’tiborni aralash millat vakillaridan iborat oilalarning a’zolari, ilgari hech bir dinga e’tiqod qilmagan, og‘ir xastalikka, judolikka, moddiy qiyinchilikka duch kelgan, axloq tuzatish muassasalaridan chiqib kelgan, ya’ni moddiy va ma’naviy ko‘makka muhtoj kishilarga qaratmoqdalar. Ziyolilarning turli qatlamlari ichida san’at sohasi xodimlari, kutubxonachilar, o‘rta maktab o‘qituvchilari, turli idoralar xizmatchilari faol missionerlik targ‘iboti ob’ekti sifatida tanlanayotganini ham qayd etish lozim. Bunday yondashuvda o‘ziga xos mantiq bor. Masalan, prozelit san’atkor san’atning hissiy-emotsional ta’sir quvvatidan foydalanib, e’tiqodiy bosim o‘tkazishda yuqori samaradorlikka erishishi mumkin bo‘lsa, e’tiqodini o‘zgartirgan kutubxonachida esa «o‘lja» sifatida tanlanganlar bilan yakka tartibda ishlash imkoniyati mavjud bo‘ladi. Missionerlarga tabiatan ishonuvchan, tashqi ta’sirga moyil bo‘lgan va ayni paytda, hayotda sabr-bardoshli va fidoiy bo‘lish bilan bir qatorda hamisha ma’naviy-ruhiy ko‘makka, qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadigan ayollarga ham alohida e’tibor bilan qaramoqdalar. Ularning maqsadi jamiyatda beqarorlikni keltirib chiqarish, ijtimoiy va milliy totuvlik asoslariga rahna solishdir.



  1. Yüklə 92,63 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə