Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob


Fiqhiy mazhablarning paydo bo` lishi



Yüklə 92,63 Kb.
səhifə14/49
tarix27.01.2022
ölçüsü92,63 Kb.
#83171
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob

Fiqhiy mazhablarning paydo bo` lishi.

Javob: «Mazhab» arabcha so‘z bo‘lib, «yo‘nalish», «yo‘l», «diniy ta’limot» ma’nolarini bildiradi. Islom shariati va aqidasining muayyan bir tizimga solingan holatdagi ko‘rinishi mazhab deyiladi. Bundan ko‘rinib turganidek, mazhablar ikki qism – fiqhiy va aqidaviyga bo‘linadi. Fiqhiy mazhablar to‘rtta: hanafiy, molikiy, shofeiy va hanbaliy. Aqidaviy mazhablar: moturidiy va ash’ariylardir.


  1. Imom Abu Hanifa va hanafiylik mazhabi.

Javob: Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa Nu’mon ibn Sobit (699-767) bo‘lib, «Imomi A’zam», ya’ni eng buyuk imom laqabi bilan mashhur bo‘lgan. Mazkur mujtahid olim Kufa shahrida tug‘ilib shu erda vafot etgan. Bu zot sunniy mazhablar asoschilari orasida yoshi eng kattasi hisoblanadi. Rivoyatlarga ko‘ra bobosi Sobitni hazart Ali oldilariga olib kelib, uning haqqiga duo qilishlarini so‘raydi. Hazrat Ali Sobitni o‘zi va zurriyotiga barakot so‘rab duo qiladilar. Sobitning zurriyotidan imom Abu Hanifa mashhur bo‘lib ketdi. Imomning otasi Kufada ipak va jun mato tijorati bilan shug‘ullangan va imom Abu Hanifa ham keyinchalik shu ishni davom ettirgan. Imom A’zam yoshligidan Qur’onni yodlaydi. Ma’lum vaqt savdo ishlari bilan shug‘ullanib yurgan. SHu orada Kufa va uning atrofida e’tiqodiy bahs va munozaralarda faol ishtirok etib borgan. Bir kuni ko‘chada imom SHa’biyning yonidan o‘tib ketayotganida, oldiga chaqirib, qaerga ketayotganini so‘raydi. U bozorga ketayotganini, aytganda, men sendan uni emas, balki qaysi olimning darsiga borayapsan deb so‘raydi. Imom A’zam hech birining, degan javobidan so‘ng, imom SHa’biy shunday deydi: «Ilm va ulamolar bilan ko‘rishib turgin. Seni nihoyatda zukko va ilmga tashnaligingni ko‘ryapman». Olim odamning bu gapiga kirib, Abu Hanifa ilm yo‘lini tanlaydi. Abu Hanifa Umaviylar va Abbosiylarning siyosiy kurashlari, hokimiyat bir suloladan boshqasiga o‘tganda davrda yashagan bo‘lsa ham qo‘liga qurol olib ikki tomonning siyosatiga aralashmadi, balki o‘z ilmini oshirish va tarqatishga harakat qildi. Bu davrda aqidaviy oqimlar orasida ham kurashlar ancha qizigan. Olim bu kurashlarni kuzatib borgani tabiiy. Ibn Bazzozning rivoyatiga ko‘ra imom Abu Hanifa o‘g‘li Hammodga shunday degan: «Bizlar munozara qilgan vaqtda suhbatdoshimizning haq va to‘g‘ri yo‘lgan chiqib ketishidan qo‘rqar edik, lekin sizlar munozara vaqtida raqibingizni haq yo‘ldan chiqishini istaysizlar. Har kim o‘z suhbatdoshini haq yo‘ldan og‘dirmoqchi bo‘lsa, uni kufr tomonga yo‘llaydi, lekin uning o‘zi suhbatdoshidan oldinroq kufr yo‘liga o‘tgan bo‘ladi».Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa alohida muayyan mavzuga oid kitob yozmagan. Balki u rivoyat qilgan hadislarni, aytgan fatvolarini keyinchalik olimlar kitob holatiga keltirganlar. Jumladan, «al-Fiqh al-akbar», «al-Olim va-l-mutaallim», «al-Vasiyya» va «alMusnad» va boshqalar



  1. Yüklə 92,63 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə