Dinamik makroiqtisodiyot


Yozma ish va uni taqrizlash



Yüklə 278,81 Kb.
səhifə36/42
tarix17.12.2023
ölçüsü278,81 Kb.
#149703
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42
Dinamik makroiqtisodiyot-fayllar.org

Yozma ish va uni taqrizlash

Bu usul talabalarni darsga qanday tayyorlanib kelganligini bilish, qo‘yilgan masala yuzasidan qanday bilim olganliklarini umumiy tarzda aniqlash uchun o‘tkaziladi. Bunda talabalarga aniq va qisqa savol beriladi, unga talabalar yozma ravishda lo‘nda qilib javob berishadi. Yozilgan javoblarga magistrlar taqriz beradi. Bunda javob to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi, qaysi javob eng zaif yoki eng to‘la ekanligi asoslanadi. Har bir taqriz beruvchi o‘z dalilini keltiradi, o‘z fikrini og‘zaki ravishda asoslaydi. Shu yo‘sinda bahs boshlanadi. Yozma javobning mazmun-dorligi, taqrizlar va bahslashuv natijasiga qarab, o‘qituvchi tinglovchilarga ball qo‘yadi.


Amaliy va rol o‘yinlari

Amaliy mashg‘ulotining eng qiziqarli, lekin o‘ta ma’sul shakli. Bunday dars oldindan yozilgan ssenariylar asosida o‘tkaziladi. O‘yinlar mavzusi oldindan belgilanadi, unga jiddiy tayyorgarlik ko‘riladi, rollar ham oldindan tasdiqlanadi, ularni o‘qituvchi har bir talabaga yoki kichik guruhga birikitib qo‘yadi. O‘yinlar natijasida talabalar amaliy ishni naqadar yaxshi bajara olishlari aniqlanadi. O‘yinlar odatda, dolzarb muammolar yuzasidan o‘tkaziladi.


Avvalo amaliy o‘yin predmeti sifatida iqtisodiy muammo imitatsiya qilinadi. Muammoning yechimi yuzasidan har bir o‘yin ishtirokchisi o‘z rolini ijro etadi. Rol ijrochisi muammoni yechish yuzasidan o‘z qarorini e’lon qiladi, nima qilishini bildiradi. Bularga qarama-qarshi ravishda boshqa rol ijrochilari muammoga boshqacha qarashini bildiradi. Har bir rol ijrochisi o‘z gapini ma’qullaydi. O‘yin o‘tkazilganda ijrochilar 2 guruhga ajratiladi. Ulardan biri o‘z fikrini tasdiqlasa, boshqasi e’tiroz bildirib, bunga rozi bo‘lmaydi. Qarshi turgan ijrochilar muammoning muqobil yechimini beradi. Rol ijrochilarining bilim mahorati, ya’ni masala yechimiga asosli yondashuviga qarab, ularga ball beriladi.

Ko‘nikma olish mashqlari

Bunday usul amaliy ko‘nikmalar olish yuzasidan bajariladi. Buning uchun ko‘nikma obyekti olinadi, ya’ni nima qilish aniqlab beriladi. Berilgan topshiriq bosqichma-bosqich bajarib boriladi va buni o‘qituvchi nazorat qiladi.


Bajariladigan amallar kerak bo‘lsa, bir necha bor takrorlanadi. Tinglovchi amallarni so‘zsiz bajara olishiga erishgach, uning ishi baholanadi. Ko‘nikma odatda, amaliy hisob-kitob o‘tkazish, masala yechish, grafik va jadvallar tuzish yuzasidan hosil qilinadi.


Yüklə 278,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə