Dinlari tarixi



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

IJODIY FAOLIYAT
1. Berilgan matnning mazmuni bilan 1 va 2 rasmdagi holatlarni 
baholang.
2. Fikringizni «yerda buzg‘unchilik, ekin va nasllarni halok qilish» 
so‘zlari bilan bog‘lang
.
(Ey Muhammad) odamlar orasida shunday kimsalar borki, uning gapir-
gan gapi, hayoti dunyoda Sizga qiziq tuyuladi. Va o‘zi (islomga) ashaddiy 
xusumatchi bo‘lgan holida dilidagi «iymoniga» Allohni guvoh keltiradi. 
(Oldingizdan) ketganida esa yerda buzg‘unchilik, ekin va nasllarni ha-
lok qi lish uchun yugurib-yelib yuradi. Alloh esa buzg‘unchilik-fasodni se
-
vmaydi.
 
Qur’oni karim, Baqara surasi, 204-205 oyatlar
1
2


53
nuqtai-nazardan, ya’ni, jinoiy faoliyat, terroristik guruh 
va terroristik ta’limot sifatida qaraladi. Ko‘pchilik mu
-
taxassislar terrorizm ostida turli ijtimoiy guruhlar to-
monidan siyosiy maqsadlar yo‘lida kuch ishlatish yoki 
kuch ishlatish bilan qo‘rqitishni e’tirof etadilar. 
Bunday terrorchi guruhlar o‘zlarining faoliyatlarini 
Qur’oni karim ko‘rsatmalari asosida mustahkamlashga 
harakat qiladilar. Agar ular Qur’onining barcha ko‘rsat
-
malariga amal qilganlirida edi, yer yuzida buzg‘unchilik 
va fitna tarqatmagan bo‘lar edilar. Masalan, Qur’oni 
karimning Baqara surasi 26-27-oyatlarida «
... faqat 
Allohning aniq ko‘rsatmalarini buzadigan, U bog‘la-
nishiga buyurgan narsalarni uzadigan va yer yuzi-
da buzg‘unchilik qilib yuradigan fosiq kimsalarnigina 
adashtiradi. 
Ular, shubhasiz, ziyon ko‘rguvchilardir.» — deb, 
ta’kidlanadi. Bu oyatdagi «Allohning aniq ko‘rsat-
malari» shuki, unda Muhammad (s.a.v) payg‘am-
barning kelishi va unga iymon keltirish lozimligi sa-
moviy kitoblarda ham aniq ko‘rsatilganligi bildirish 
MA’LUMOT UCHUN
Takfir – dindan chiqqanlikda, kofirlikda ayblashidir. Takfir ekstre
-
mistlar tomonidan aynan musulmonlarga qarshi qo‘llanilmoqda.
«Jihod» – diniy ekstremistik oqim vakillari tomonidan faqat muqad
-
das urush, «g‘azot» ma’nosida qo‘llanilib, islomiy davlat qurishning 
farz hisoblangan vositasi sanaladi.
Jihod musulmon 
bo‘lmaganlarga 
qarshi bo‘lgani 
kabi, dinsizlikda 
ayblangan musul-
monlarga nisbatan 
ham amalga oshi-
rilishi mumkin 
hisoblanadi.
1.Terroristik gu-
ruhlarning bunday 
g‘oyalari islom 
dini ta
’limotiga 
to‘g‘ri keladimi?
2. Fikringizni 
asoslang.


54
tushuniladi. «U bog‘lanishiga buyurgan narsalar» – 
ota-onaga oq bo‘lmasdan ularning rizoligini olish, qa-
rindosh-urug‘chilik rishtalarini mahkam tutish va bo-
shqalar bilan mehr-oqibatli bo‘lish kabilardir. «yer 
yuzida buzg‘unchilik qilib yurish
» – odamlar orasida 
fitna-fasod qo‘zg‘ash, iymon-e’tiqod yo‘llariga to‘sqin
-
lik qilish va boshqa buzuq ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish, 
degan ma’noni anglatadi.
Yuqorida qayd etilgan oyatga murijaat qilsak, musul
-
monlikni da’vo qiluvchi inson boshqa insonlarga na tili 
bilan, na qo‘li bilan zarar yetkazmaydi. Aksincha, mu
-
sulmon kishi yer yuzida isloh qilish, urushgan kishilarni 
bir-biri bilan yarashtirish tashvishida bo‘ladi.
Bizning nafsi-
miz shunchalik 
kuchliki, uni ham 
ichkaridan, ham 
tashqaridan qat’iy 
qoidalarga solgan 
taqdirdagina tiyi
-
sh mumkin.

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə