Dinlari tarixi



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

Robert Brif-
fault «Inson-
ni baholash» 
(«The Marking 
Humanity»)


131
muassasalari bo‘lmagan. Ular asosan SADUM huzurida 
masjid imomlarini tayyorlashga ixtisoslashgan.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga ki
-
ritgandan so‘ng diniy ta’lim sohasiga ham alohida e’ti-
bor qaratildi. Davlat ro‘yxatidan o‘tgan madrasalar 
diniy-madaniy obyektlar O‘zbekiston Musulmonlari 
idorasi tasarrufiga topshirildi. Bugungi kunda yurtimiz
-
da quyidagi diniy ta’lim muassasalari faoliyat olib bor
-
moqda:
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institu-
ti (Toshkent sh.) –1971-yil 1-oktyabrda tashkil etilgan 
bo‘lib, Baroqxon madrasasi binosida joylashgan. Bu
-
gungi kunda institut Hazrati Imom (Hastimom) me’mo-
riy majmuasi tarkibidadir.
«Mir Arab» o‘rta maxsus islom bilim yurti (Buxoro 
sh.) — Shayx Said Abdulla al-Yamani tomonidan Amir 
Ubaydullaxon mablag‘lariga 1530-1536-yillarda barpo 
etilgan

«Mir Arab» oliy madrasasi (Buxoro vil.) – O‘zbekis-
ton Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning tashab-
busi bilan 2017-yilda tashkil etilgan. Mazkur oliy ta’lim 
muassasasi, Buxoro viloyati Kogon tumanidani Bahoud-
din Naqshband ziyoratgohi hududida joylashgan. 
«Ko‘kaldosh» o‘rta maxsus islom bilim yurti (Tosh-
kent sh.) — Madrasa 1569-1570-yillarda Baroqxon to
-
monidan qurdirilgan. 1999-yilda madrasa O‘rta maxsus 
bilim yurti sifatida qayta ochildi. 
«Sayyid Muhyiddin Maxdum» o‘rta maxsus islom 
bilim yurti (Andijon vil.) — 1992-yil Andijon viloyati 
Oltinko‘l tumani Jalabek qishlog‘ida barpo etilgan. 
Mulla Qirg‘iz Oxund madrasasi – 1914-1915-yillar-
da Namangan viloyatida Atoulloxon tomonidan barpo 
etilgan. 2014-yilda «Hidoya» nomi bilan o‘rta maxsus 
islom bilim yurti sifatida qayta tashkil etilgan.


132
«Faxriddin ar-Roziy» o‘rta maxsus islom bilim yurti 
— 1992-yilda Xorazm viloyatining Xonqa tumani «Xu
-
doyquli Eshon bobo» masjidi binosida o‘z faoliyatini 
boshlagan. 1994-yili Urganch shahrida joylashgan «Do-
shqinjon bobo» tarixiy binosiga ko‘chirilgan. 
«Xoja Buxoriy» o‘rta maxsus islom bilim yurti – 
1992-yilda Qashqadaryoning Kitob tumanida tashkil 
etilgan. Madrasaga Saidahmad Vali Kulohdo‘z Xoja 
Buxoriy nomi berilgan.
Muhammad Beruniy nomidagi Islom o‘rta-maxsus 
bilim yurti — 1992-yili Qoraqalpog‘iston Respublika
-
si poytaxti Nukusda ochilgan. Bilim yurti Nukusdagi 
«Imom Eshon» jome’ masjidi binosida joylashgan.
«Jo‘ybori kalon» ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bi
-
lim yurti (Buxoro sh.) — XVII asr oxiri – XVIII asr 
boshlarida Buxoro hokimi Abdulazizxon farmoni bilan 
barpo qilingan. Madrasa 1992-yilda faoliyatini qayta 
yo‘lga qo‘ygan.

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə