Dinlari tarixi



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

MUSTAHKAMLASH UCHUN 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. 
O‘zbekiston hududidagi eng yirik ilm markazlari qaysilar?
2. 
Sovet Ittifoqi davrida yurtimizda qanday diniy ta’lim muassasalari 
faoliyat yuritgan?
3. 
Mustaqillikdan so‘ng diniy ta’lim sohasida qanday islohotlar amal
-
ga oshirildi?
4. 
Yurtimizda qanday noislomiy diniy ta’lim muassasalari mavjud?


137
QO‘SHIMCHA O‘QISH UCHUN
Amir Shohmurod barcha tashlab qo‘yilgan vaqf 
mulklarni (»diniy fondlarni») ulardan tushadigan so-
liq va boshqa majburiy to‘lov lar hisobidan barcha eski 
madrasa, masjidlar, honaqolar, maktablar, mozorlarni 
qayta tikladi hamda yangi madrasa va masjidlar quri-
lishida shaxsan o‘zi bosh-qosh bo‘ldi. Madrasa mu-
darrislari, muftiylar, imomlar, qozilar va boshqa di-
niy mansablarga tayinlashda ularning shariat huquqiy 
normalariga amal qilish darajasini, ularning huquqiy 
bilimlarini va huquqiy savodxonligiga qarab lavozim-
ga tayinlar edi. O‘z sohasida ko‘p yil ishlagan, shariat 
huquqi normalarini o‘sha davr talabi darajasida bilma-
gan qozilar, imomlar, muftiylar hamda madrasa mudar-
rislari Amir Shohmurodning farmoni bilan o‘z lavozimi-
dan ozod etildi. U shariat huquqi normalarini chuqur 
o‘zlashtirgan madrasa talabalariga soliqlar hisobidan 
qo‘shimcha talabalik haqlari berish bilan madrasa ta-
labalarini qo‘llab-quvvatlar edi. U nafaqat o‘zining 
islom huquqi normalarini keng ta’lim jarayonida isloh 
ettirdi, balki butun Buxoro amirligining barcha viloyat-
larida islom huquqi normalarini bilishlikni amalda ta-
lab etdi va uning uchun ulkan imtiyozlar va sovg‘alarni 
va’da qildi. Tarixnavis olim Xumuliyning ta’kidlashicha, 
Amir Shohmurod «butun shaharga va Buxoro amirligi-
ning barcha viloyatlariga buyuk olimlarning va haqiqiy 
islom huquqi normalariga asoslangan odatlarning (mu-
htasib) barcha aholini masjid va mad rasalarga yig‘ib, 
ularga islom huquqi normalarini, majburiyatlarni 
tushuntirishni, ularning shar’iy huquqiy bilimlari dara-
jasini yanada oshirishni viloyat hokimlaridan talab qil-
di».


138

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə