Dinlari tarixi



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

MA’LUMOT UCHUN
Me’mor Ismoil ibn Tohir Mahmud Isfahoniy Mirzo Ulug‘bek buyurt-
masi bilan 1417-yilda Buxoroda madrasa qurishni boshlagan. Madrasa
-
ning yog‘och darvozasiga: «Ilmga intilmoq har bir muslim va muslima 
uchun farzdir», degan hadisi sharifni arab tilida naqshinkor yozuvlar bi
-
lan bitgan. Darvozaning temir halqasiga hukmdor Mirzo Ulug‘bek ru
-
hiyatiga xos bo‘lgan ushbu jumlalarni olimga qattiq mehr qo‘ygan yosh 
usta me’morlardan biri yozib qoldirgan: «Ilm durdonalaridan bahra
-
mand bo‘lgan odamlarga Alloh taolo rahmat eshigini ochgay». 


134
Farmonga ko‘ra O‘zbekiston xalqaro islom akade
-
miyasi: 
O‘zbekiston musulmonlari idorasi va O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari 
bo‘yicha qo‘mita muassisligidagi 
Qur’on ilmlari, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, 
islom iqtisodiyoti va moliyasi, 
xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar (arab, fors, ingliz, 
rus, urdu, turk va b.) va 
boshqa xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud bo‘lgan so
-
halar bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlashga
o‘rta maxsus, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi 
ta’lim, 
malaka oshirish bosqichlarida uzluksiz ta’limning 
yaxlit tizimini tashkil etishga va ilmiy merosni chuqur 
tadqiq qilish va asrab-avaylashga, 
diniy va dunyoviy bilim berishga ixtisoslashgan ye-
takchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi;
respublikadagi barcha islom ta’lim muassasalari 
faoliyatini o‘quv-me’yoriy va o‘quv-uslubiy jihatdan 
ta’minlash hamda muvofiqlashtirishni amalga oshiradi; 
MA’LUMOT UCHUN
Xalqaro maorif byurosining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya 
Arabistoni va Yaman bugungi kunga kelib diniy ta’lim uchun eng ko‘p 
o‘quv soatlari ajratiladigan mamla katlar hisoblanadi. Jumladan, diniy 
ta’lim uchun umum ta’lim maktab o‘quv dasturining dastlabki 6 yilida 
Saudiya Arabistonida 1458 soat (shu davrgacha bo‘lgan umumiy o‘quv 
soatlarining 31 foizi), Yamanda esa 1104 soat (shu davrgacha bo‘lgan 
umumiy o‘quv soatlarining 28 foizi) ajratiladi. Ayni paytda, ushbu ko‘rsa
-
tkichlarning boshqa istalgan mamla katdagiga nisbatan uch baravar yuqori 
ekanini ham alohida ta’kidlash joiz.
Manba: www.islamcenter.uz


135
O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti ma-
blag‘lari va qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar 
hisobidan moliyalashtiriladi;
huquq va majburiyatlar bo‘yicha qayta tashkil eti
-
layotgan O‘zbekiston islom akademiyasining hamda Va-
zirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universite-
tining huquqiy vorisi hisoblanishi belgilab berilgan.
Shuningdek, mazkur farmonga ko‘ra O‘zbekiston 
xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilariga umumta’lim 
maktablari, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida 
sohaga tegishli fanlar bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan 
shug‘ullanish huquqi belgilab qo‘yildi.
Yurtimizda Rus Pravoslav va protestantlikka oid 
To‘liq injil xristianlari cherkovlarining diniy semina
-
riyalari ham faoliyat olib bormoqda.
Mustaqillik davrida O‘zbekistonda islom dini bi
-
lan bir qatorda boshqa diniy konfessiyalarning ta’lim 
muassasalari ham faoliyat ko‘rsatishlariga imkoniyatlar 
ochildi. Xususan, 1998-yildan Pravoslav hamda Protes-
tant seminariyalari faoliyat ko‘rsata boshladi.


136
Rus pravoslav cherkovining Toshkent diniy semina-
riyasi besh yillik muddatga mo‘ljallangan ta’lim muas-
sasasi hisoblanadi. U yerda kelajakda rus pravoslav 
cherkovining Markaziy Osiyo mintaqasidagi va boshqa 
yeparxiyalarida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan di-
niy xizmatchilar va oliy diniy ma’lumotli mutaxassilar 
ta’lim oladilar.
Agar chor Rossiyasi davrida Toshkentdagi diniy se-
minariyalarni hisobga olinmasa, Toshkent diniy semina-
riyasining tarixi unchalik katta muddatni o‘z ichiga ol-
maydi.
1990-yilda Arxierey rahnamoligida ikki yillik ta’lim-
ga mo‘ljallangan Toshkent diniy bilim yurti ochilgan. 
Avvalda hech qanday bazaga ega bo‘lmagan Rus pra
-
voslav cherkovining Toshkent diniy bilim yurti tezda 
oyoqqa turdi. Mashg‘ulotlar uchun joy topildi, doimiy 
o‘qituvchilar tarkibi shakllandi, talabalar esa turar joy 
va issiq ovqat bilan ta’minlandi. 
1998-yilga kelib, O‘zbekiston Respublikasi hukuma-
tining sa’y-harakatlari bilan qator binolar, bugungi kun
-
da Svyato-Usnensk soboriga tegishli bo‘lgan hududlar 
ajratib berildi. Shundan so‘ng Toshkent va O‘rta Osiyo 
yeparxiyasi idorasi to‘laqonli oliy ma’lumotli diniy xiz
-
matchilarni chiqara oladigan Diniy seminariya tashkil 
etildi.

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə