Dinshunoslik fanidan Mustaqil talim


Mavzu:O'zbekistonda shomonlikning zamonaviy ko'rinishlari



Yüklə 386,34 Kb.
səhifə14/25
tarix22.03.2024
ölçüsü386,34 Kb.
#180593
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Dinshunoslik fanidan Mustaqil talim

11. Mavzu:O'zbekistonda shomonlikning zamonaviy ko'rinishlari
Shomonlik, shamanlik (evenk tilida shaman — jazavaga tushish) — ibtidoiy diniy eʼtiqod shakllaridan biri. Yovuz va ezgu ruhlarga, ularning inson hayotiga taʼsir koʻrsatishiga ishonish shahrining asosini tashkil etadi. shahrida uning ruhoniylari — shomonlar ruhlar bilan aloqa bogʻlay oladigan, boʻlajak voqealarni oldindan aytib bera oladigan shaxslar deb, ularga sigʻiniladi. Maxsus kiyim kiygan, childirma ushlagan va boshqalar turli narsalar taqingan shomonning xalq oʻrtasida raqs tushib va jazavaga kirib, ruhlar bilan "aloqa bogʻlashi" hamda ulardan maʼlum yoʻlyoʻriq olishi shahrining asosiy marosimi hisoblanadi. Bu diniy eʼtiqodda oddiy dindorlarga belgilangan keng marosimchilik belgilari va ibodatxonalar yoʻq. Shomonlarga bemorlar oʻzlarini davolash maqsadida murojaat qilib turadilar. Sh. Afrika, Shim. va Sharqiy Osiyoning koʻp xalqlarida, Sibirda, indeyslar va boshqalar xalqlarda tarqalgan. Shomonlikka munosib ko'rilganlarni maxsus belgilari va ko'plab qobiliyatlar talab qilingan. Ortiqcha barmoq bilan tug'ulganlar, ya'ni shamanlarning oltinchi barmog'i bo'lishi lozim edi. Shomonlar qo'shiq, musiqa, rassomchilik, raqs, so'zamonlik va haykaltaroshlikni yaxshi bilishlari kerak edi. Ularning marosimlarda aytiladigan qo'shiqlari davolash va jodulash hususiyatiga ega bo'lgan. Ular o'tib ketgan ajdodlari arvoxlariga sig'inishgan. Ulardan madad so'rashib qurbonlik marosimlarini o'tkazishgan. Ularning asosiy ish qurollari ,,bubin nomli childirma, qamchi, changqovuz, morin xur bo'lgan. Maxsus kiyimlarida mistik ramzlar bo'lgan. Ularning raqslari tabiyat jonvorlari harakatini eslatardi, bunga sabab o'lgan ajdodlar arvoxlari hayvon qiyofasiga kirib, ular yoniga kelishiga ishonishardi. Oʻzbekiston xalqlari orasida ham shomonlar bor, ularni hamma ,,baxshi nomi bilan yaxshi biladi. Ular ham ajdodlariga atab qurbonliklar qilishadi, bashorat, jodu va davolash ishlarini bajarishadi. Ular ish qurolida ham doira, qamchi, changqovuz, xanjarlarni ko'rishimiz mumkun va bu ish qurollari doim qurbonlik qilingan jonzotlar qoni bilan qonlanib turgan.

Yüklə 386,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə