Dinshunoslik fanidan Mustaqil talim


Mavzu: O’zbekistondagi muqaddas ziyoratgohlar: Qaffol Shoshiy maqbarasi



Yüklə 386,34 Kb.
səhifə25/25
tarix22.03.2024
ölçüsü386,34 Kb.
#180593
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Dinshunoslik fanidan Mustaqil talim

20. Mavzu: O’zbekistondagi muqaddas ziyoratgohlar: Qaffol Shoshiy maqbarasi
Qaffol Shoshiy (toʻliq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil Qaffol ash - Shoshiy alKabir; (287/904—366/976 yillar[1]) — shofiʼiylik mazhabining yetakchi olimlaridan biri, muhaddis, faqih, tilshunos, shoir. Qaffol Shoshiy Hazrati Imom (qisqacha — Hastimom) nomi bilan mashhur. Alloma mohir hunarmand boʻlib, qulfsozlikda shuhrat qozongan. Manbalarga koʻra, u ogʻirligi 0,5 g keladigan jajji qulf-kalit yasagani uchun "Qaffol" ("Qulfchi") laqabi berilgan. Chuqur bilimi, ulkan ishlari evaziga Imom al-Kabir ("Ulugʻ imom") deb taʼriflangan
Qaffol Shoshiyning tavalludi toʻgʻrisida turli manbalarda turlicha fikr yuritilgan, ayrim manbalraga koʻra Milodiy 904[1] - yilda Shosh (Toshkent)da tug‘ilgan deb aytilgan boʻlsa, boshqalarida esa 907[3] - yil deb koʻrsatilgan. Qaffol Shoshiy Shoshda hunarmand oilasida tugʻilib, dastlabki bilimni oʻz yurtida olgan.
Arab Sharqi mamlakatlari boʻylab uzoq safarda boʻladi. U Iroq(Bagʻdod, Kufa), Shom(Damashq)da zamonasining zabardast olimlaridan ilm-maʼrifat oʻrganadi. U ancha vaqt Bagʻdodda yashaydi.
Xalifalikda turli lavozim, vazifalarni ado etgan. Qaffol Shoshiy Movarounnahrda, xususan, Shoshda shofiʼiylik mazhabini targʻib etib, diniy bilimlarning tarqalishiga, shariat asoslari qaror topishiga hissa qoʻshdi.
Qaffol Shoshiy Toshkentda vafot etgan.Kaykovus arig‘iga yaqin yerga — Mozorxon mahallasiga dafn etiladi. Uning qabri ustiga maqbara qurilgan.
Qaffol shoshiy maqbarasi — Toshkent shahridagi meʼmoriy yodgorlik (16-asr); Hazrati Imom (Hastimom) nomi bilan mashhur boʻlgan imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil Qaffol ashShoshiyga atab, uning qabri ustiga qurilgan. Dastlabki maqbara saqlanmagan. Q.Qaffol Shoshiy maqbarasi meʼmor Gʻulom Husayn tomonidan 1541—42 yillarda chorsi (25×26×5 sm) pishiq gʻishtdan bunyod etilgan. Maqbarachorgoqtarxli (13,3×12,5 m), katta xona va uning toʻridagi sagʻanali xonadan iborat. Katta xona (6×6 m) ning uch tomoni peshtoqli, qoʻsh qavatli gumbaz bilan yopilgan. Bosh peshtoq va uning 2 yonidagi burjlari anʼanaviy usulda. Maqbara burchaklarida 2 va 3 qavatli 8 yoqli va toʻrtburchak tarhli hujralar bor. Eshik tepasidagi kitobada maqbara qurilgan sana, meʼmor va xattotning nomi yozilgan; poygumbazidagi yozuvlar saqlanmagan. Maqbaraning tarzlari bezaksiz, derazalariga panjaralar ishlangan. Maqbara poliga mavjli qilib gʻishtlar yotqizilgan.
Q.Qaffol Shoshiy maqbarasi asosida keyinchalik Hazrati Imom majmuasi vujudga kelgan.
Yüklə 386,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə