75
Ushbu kitob nomidan kelib chiqqan holda aholi ichida B.Mamajonovning
izdoshlari «Ma’rifatchilar» deb tanilgan. B.Mamajonov esa o‘zini va tarafdorlarini
«To‘g‘ri din»dagilar deb hisoblaydi.
«Namoz-Sig‘inish» kitobida B.Mamajonov
tomonidan belgilangan namoz
tartibi bayon qilingan. «Rost-Qur’on» kitobida ham go‘yoki «Usmon ibn Affon
davrida Qur’on noto‘g‘ri tartiblangan» degan da’vo ostida suralar nozil bo‘lish
tartibiga ko‘ra joylashtirilgan.
«Ma’rifatchilar»ning an’anaviy islom ta’limotiga zid da’volari:
-
Qur’on va namoz milliy tilda, ya’ni o‘zbek tilida o‘qilishi shart hisoblanib,
go‘yoki «o‘zi aniq bilmagan narsaga erishish» shirk ekani e’lon qilinib, «ota-
bobolarimiz ... mushrik edilar» deb hisoblanadi;
-
O‘zbekiston aholisi faqat 1990 yili «Sharq yulduzi»
jurnalida chop etilgan
Qur’on tarjimalari orqali haqiqiy Qur’onga (B.Mamajonovning da’vosicha –
«Rost-Qur’on») erishgan, ungacha Qur’onga go‘yoki «shayton suralari
qo‘shilgan» deb da’vo qilinadi hamda mavjud tafsirlar tan olinmaydi;
-
Muhammad payg‘ambarga «vositachi», «uning vazifasi faqat Qur’onni
yetkazish edi» degan da’vo bilan hurmat ko‘rsatilmaydi, «xulafoi roshidin»dan
keyingi xalifalar «do‘zaxi» sanaladi;
-
Qur’on - yagona
muqaddas manba, hadislar tan olinmaydi;
-
dunyoviy partiya va boshqa dindagilar, shu jumladan,
yahudiy va xristianlar
«shaytonga ergashgan»lar deb qaraladi;
-
mazhablarga ergashish «shirk» amal hisoblanadi;
-
mayyitni kafanlash va «janoza» o‘qish islomda yo‘q amallar, deb qaraladi;
-
go‘yoki isrof bahonasida davlat bayramlari va tug‘ilgan kunlarni nishonlash,
to‘y-ma’rakalar o‘tkazish, diniy marosim va urf-odatlar dindan chiqaruvchi
shirk amallar qatoriga kiritilgan;
-
namoz va ibodatda ishlatiladigan sano va salovotlarning barchasi o‘zbek tilida
o‘qilishi joriy qilingan, namoz vaqti va tartibi e’tiborga olinmaydi, bir sutkada
besh mahal azonsiz, B.Mamajonov belgilagan vaqt va tartibda 17 rakat, kechasi
2 rakat sunnat namozi o‘qiladi.
Jamoa a’zolarining asosiy qismini B.Mamajonovning qarindoshlari va yaqinlari
tashkil etadi. Ayrim a’zolar O‘zbekiston islom harakatining
jangovar lagerlarida
«hijrat»da bo‘lib qaytganlar. Hozirda jamoaning kam sonli a’zolari Farg‘ona
viloyatining Toshloq tumani va Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida
istiqomat qiladi.
Dostları ilə paylaş: