Harbiy rahbar faoliyatida pedagogik oqibatlari Reja



Yüklə 69,06 Kb.
səhifə1/8
tarix24.12.2023
ölçüsü69,06 Kb.
#158441
  1   2   3   4   5   6   7   8
Harbiy rahbar faoliyatida pedagogik oqibatlari


Harbiy rahbar faoliyatida pedagogik oqibatlari
Reja:
Harbiy pedagogika nazariyasi predmeti va vazifalari.
Harbiy rahbar va ofitserlar faoliyatida pedagogik bilimlarning o‘rni.


Harbiy pedagogika nazariyasi predmeti va vazifalari.
Harbiy pedagogika askarlar va harbiy jamoalarga ularda doimiy yuksak jangovar tayyorgarlikka ega bo‘lishlari, tinchlik davrida va urush sharoitida o‘z harbiy burchini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun yuksak ma’naviy, siyosiy va jangovar xislatlarni, jangovar mahoratni shakllantirish, aqliy va jismoniy kuchlarini rivojlantirish, ma’naviy-ruhiy tayyorgarligini amalga oshirishning pedagogik qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir.
Harbiy pedagogikaning ob’ekti shaxsiy tarkibni o‘z xizmat va jangovar vazifalarini bajarishga tayyorlash jarayonidan iborat; uning predmeti (mazmuni) sifatida askarlarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligi jarayonining pedagogik qonuniyatlari xizmat qiladi.
Harbiy pedagogikaning asosiy tushunchalari quyidagilardan iborat:
Tarbiya ilmiy dunyoqarash, ma’naviy-ma’rifiy tushunchalar, axloqiy munosabatlar, jangovar va kasbiy xislatlar, borliqqa estetik munosabat, jismoniy va ruhiy kuchini rivojlantirish maqsadida askarning ongi, ruhiyati, irodasiga maqsadli, belgilangan tizim asosida pedagogik ta’sir ko‘rsatishdir.
Ta’lim – maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida askarlarni xizmat va jangovar vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalar bilan maqsadli va belgilangan tizim asosida qurollantirish jarayonidir.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida egallangan va tizimga solingan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir.
Rivojlanish – askarning aqliy va jismoniy imkoniyatlarining bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususiyatlari va harbiy xizmat sharoitlariga muvofiq maqsadli takomillashuvi jarayonidir.
Ruhiy tayyorgarlik – harbiy burchini bajarish, turli sharoitlarda qo‘yilgan vazifalarni ado etish uchun askarning doimiy ichki tayyorligi va yuksak hissiy-irodaviy turg‘unligini ta’minlash bo‘yicha maqsadli ravishda unda ruhiy xislatlarni shakllantirish jarayonidir.

Yüklə 69,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə