Harbiy rahbar faoliyatida pedagogik oqibatlari Reja



Yüklə 69,06 Kb.
səhifə2/8
tarix24.12.2023
ölçüsü69,06 Kb.
#158441
1   2   3   4   5   6   7   8
Harbiy rahbar faoliyatida pedagogik oqibatlari

Mustaqil tarbiya – askarning ijtimoiy va xizmat burchini muvaffaqiyatli ado etishi uchun zarur bo‘lgan xislatlarni o‘zida shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ongli faoliyatidir.
Mustaqil ta’lim – askarning bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash, chuqurlashtirish va takomillashtirish bo‘yicha maqsadli mustaqil ishidir.
Bilim – borliq, voqea va hodisalarning, ularning aloqa va munosabatlarining inson ongida namoyon bo‘lishidir.
Ko‘nikma – ish-harakatlarning puxta egallanganligi, avtomatlashgan tarzda bajarilishidir.
Malaka askarning o‘z vazifalarini bajarishga tayyorlik darajasini ko‘rsatadi hamda bilim va ko‘nikmalaridan samarali foydalanishda, ularni yangi va murakkab sharoitlarda to‘g‘ri va muvaffaqiyatli qo‘llay olishida namoyon bo‘ladi.
Hozirgi kunga kelib askarlar va harbiy jamoalarni tayyorlash, harbiy qismlar va bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligini oshirishda ofitserlarning, komandir va tarbiyachilarning harbiy-pedagogik bilimlari darajasiga qo‘yilayotgan talablar tobora oshib bormoqda. Shu bilan birga harbiy pedagogikaning vazifalari doirasi ham kengayib bormoqda.
Harbiy pedagogikaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- harbiy-pedagogik jarayonning mohiyati, xususiyatlari va qonuniyatlarini va uning tarkibiy qismlari bo‘lmish ta’lim, tarbiya, ruhiy tayyorgarlik, rivojlanish, mustaqil tarbiya, mustaqil ta’lim olish jarayonlarini o‘rganish;
- jamiyatda va qurolli kuchlarda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar asosida, shuningdek jangovar texnika va qurol-yarog‘ning takomillashuvi, jangni olib borish usullari, shaxsiy tarkibdagi miqdor va sifat o‘zgarishlari, jangovar tayyorgarlikni kuchaytirish vazifalaridan kelib chiqib ta’lim va tarbiya prinsiplarini aniqlash, shakllari va metodlari rivojlantirib, takomillashtirib borish;
- turli toifadagi harbiy xizmatchilar bilan turli sharoitlarda ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda ta’lim va tarbiya prinsiplari talablarini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharoitlarini aniqlash va asoslash;
- qo‘shin turlarining, turli ixtisoslikdagi harbiy mutaxassislarni tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib ta’lim va tarbiya metodlari tizimini ishlab chiqish va takomillashtirib borish;
- ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish shakllarini takomillashtirish va rivojlantirish, askarlar va harbiy jamoalar ta’limi va tarbiyasi darajasini aniqlash, tekshirish va baholashning samarali yo‘llarini tadqiq qilish;
- harbiy-pedagogik jarayonning rivojini bashorat qilish rejalashtirish;
- didaktik tadqiqotlarning markaziy muammosi sifatida askarlar bilish faoliyatini faollashtirish, alohida olingan askarlar va harbiy jamoalarning yuksak harbiy-professional tayyorgarlik darajasiga ega bo‘lish vaqtini qisqartirish yo‘llarini, usullarini va vositalarini izlash va ularni qo‘llash;
- harbiy jamoalarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish va ta’lim-tarbiya jarayonida ularni hisobga olish;
- jangovar tayyorgarlik va harbiy intizomni, askarlarning ma’naviy-ma’rifiy faolligini oshirish, ma’naviy-axloqiy kamolotga erishish yo‘llarini o‘rganish;
- harbiy xizmatchilar va harbiy jamoalar o‘rtasida musobaqa tashkil etishning pedagogik shartlarini aniqlash;
- jamoani jipslashtirish, unda nizom talablariga xos o‘zaro munosabatlarni, sog‘lom ruhiy muhit va ijtimoiy fikrni shakllantirish metodlarini o‘rganish va boshqalar.
Shuningdek, ofitserlar, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilarning rahbarlik, o‘qituvchilik va ustozlik faoliyatidan kelib chiqib, harbiy pedagogika uchun quyidagi vazifalar ham muhim o‘rin egallaydi:
- harbiy-pedagogik jarayonda ularning o‘rnini aniqlash;
- ularda pedagogik madaniyat va pedagogik mahoratni shakllantirish yo‘llarini, mazmuni va uslublarini ko‘rsatish;
- hurmat qozonish yo‘llari va mohiyatini ochib berish;
- ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish va umumlashtirish, harbiy-pedagogik tadqiqotlar olib borish uslublarini ishlab chiqish.

Yüklə 69,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə