Harbiy rahbar faoliyatida pedagogik oqibatlari Reja


Ofitserning pedagogik qobiliyatlari



Yüklə 69,06 Kb.
səhifə6/8
tarix24.12.2023
ölçüsü69,06 Kb.
#158441
1   2   3   4   5   6   7   8
Harbiy rahbar faoliyatida pedagogik oqibatlari

Ofitserning pedagogik qobiliyatlari.
Ofitser pedagogik mahoratining muhim tarkibiy qismlaridan biri pedagogik qobiliyatdir.
Qobiliyat – shaxsning individual xususiyati, muayyan faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi sub’ektiv shart hisoblanadi. Qobiliyat bilim, malaka, ko’nikma emas, balki ular asosida shakllanib va rivojlanib, faoliyat usullarini egallash tezligi, teranligi va mustahkamligida namoyon bo’ladi. Pedagogik qobiliyat shaxsga pedagogik faoliyat davomida yuqori natijalarga erishishi uchun muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Qobiliyatlar individul-psixologik xususiyatlar bo’lishi bilan birga ular shaxsning ma’lum bir boshqa xususiyatlari va xislatlariga – aql-idrok fazilatlariga, xotira, xarakterining o’ziga xos xususiyatlariga, emostional xususiyatlariga bog’liq bo’ladi.
Pedagogik faoliyatning samarali tashkil etilishi va amalga oshirilishi uchun ofitserda qobiliyatning bir necha xil turlari mavjud bo’lmog’i va tarbiyalab etishtirilmog’i lozim.
Psixologik-pedagogik adabiyotlarda pedagogik qobiliyatlarning quyidagi turlari keltiriladi:
1. Ilmiy bilish qobiliyati pedagogning fanning tegishli sohalariga oid qobiliyatdir. Bunday qobiliyatga ega bo’lgan o’qituvchi fanni o’quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, fanning, turmushning turli sohalaridagi yangiliklarni, kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi, kerakli bilimlarni, axborotni ola biladi va tahlil qila oladi. Bu turdagi qobiliyat unga zamonaviy ilmiy fikr bilan yonma-yon yurishiga imkon beradi.
2. Tashkilotchilik qobiliyati bo’linma pedagogik jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantira olish va o’z ishini to’g’ri tashkil eta olish (o’z ishini to’g’ri rejalashtirish va nazorat qila bilish, konkret sharoitlarga moslasha olish va hokazolar)da namoyon bo’ladi. Bu turdagi qobiliyat pedagogga o’zining shaxsiy faoliyatini to’g’ri tashkil etishiga yordam beradi. Pedagog shaxsining intizomlilik, aniqlik, og’ir-bosiqlik, o’z vazifasiga mas’uliyatli munosabatda bo’lish kabi bir qator shaxsiy sifatlari uning tashkilotchilik qobiliyatining rivojlanganligidan dalolat beradi.

Yüklə 69,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə