Harbiy rahbar faoliyatida pedagogik oqibatlari Reja



Yüklə 69,06 Kb.
səhifə4/8
tarix24.12.2023
ölçüsü69,06 Kb.
#158441
1   2   3   4   5   6   7   8
Harbiy rahbar faoliyatida pedagogik oqibatlari

10. Maxsus harbiy fanlar – harbiy mutaxassislarni tayyorlash, ularga ta’lim berish, ko’nikma, malakalarini shakllantirish va rivojlantirish hamda kasbiy mahoratlarini oshirishni ilmiy, pedagogik va metodik jihatdan ta’minlaydi.
Harbiy rahbar va ofitserlar faoliyatida pedagogik bilimlarning o‘rni.

Ofitser ta’lim-tarbiya borasida qanday bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi, nima qilishi, qanday yo’l tutishi, nimalarga e’tibor berishi lozim? Bu va shu kabi boshqa savollarga ma’lum darajada harbiy pedagogika fani javob beradi.


Har sohada bo’lgani kabi, harbiy mutaxassislar tayyorlashda ham katta ijobiy o’zgarishlar ro’y bermoqda. Ofitser kadrlarga qo’yiladigan talablar oshib bormoqda. Chunki hozirgi ofitser faqat ma’lum bir sohada chegaralangan bilimlar egasi bo’lgan tor ixtisosli mutaxassis emas, balki chuqur intellektual salohiyatga ega bo’lgan, keng dunyoqarashli, yuksak madaniyatli va ma’naviyatli inson, o’z bilimi, shaxsiy namunasi bilan o’z bo’ysunuvchilariga tarbiya va ta’lim bera oladigan qobiliyatli va mahoratli pedagog bo’lishi zarur.
Ofitserlarning professional faoliyatida bo’ysunuvchilarga rahbarlik qilish, ularga ta’lim berish va tarbiyalash asosiy o’rin egallaydi. Bunda ofitser jangovar va siyosiy tayyorgarlikni, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda hal qiluvchi rol o’ynaydi. Shuning uchun ham har bir ofitserdan yuksak pedagogik mahorat talab qilinadi.
Pedagog o’z fanini chuqur biladigan, fan va san’atning tegishli tarmoqlari bilan yaxshi tanish bo’lgan, umumiy va soha psixologiyasini amalda yaxshi tushunadigan, ta’lim va tarbiya metodikasini yaxshi egallagan o’z ishining ustasi, yuksak madaniyatli mutaxassisdir.
Ofitserning pedagogik mahorati – uning psixologik-pedagogik tafakkuri, o’z xizmat faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan maxsus bilimi, malakasi va ko’nikmalari hamda hissiy-irodaviy sifatlari birligi bo’lib, u ofitser shaxsining yuksak taraqqiy etgan g’oyaviy, kasbiy, axloqiy, jangovar, tashkilotchilik va harbiy pedagogga xos xislatlari bilan uyg’unlikda ta’lim-tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradi.
Pedagogik mahorat murakkab tarkibga ega. U harbiy-pedagogik faoliyat tarkibi va mazmuni bilan belgilanadi.
Tarkibiy jihatdan pedagogik mahorat o’qituvchi (metodist) mahorati va tarbiyachi mahoratiga ajratiladi.

Yüklə 69,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə