Dinshunoslik


Masala bayoni. Hindistonda milliy dinlarning shakllanishi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə16/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#125498
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75
Dinshunoslik maruza

Masala bayoni. Hindistonda milliy dinlarning shakllanishi

Milliy dinlar deb ma’lum bir xalq, millat vakillari e’tiqod qiladigan, boshqa xalqlar va millatlar orasida deyarli yoyilmagan dinga aytiladi.
Vedalar dini, Braxmanizm va Xinduizm qadimgi milliy dinlardan sanaladi. Vedalar dini er.av. 1-ming yillikda Xindistonda vujudga kelgan. U braxmanizm va xinduizm dini shakllanishining dastlabki bosqichi. Veda dinida dastlab tabiat kuchlari va xodisalari inson qiyofasiga o‘xshatib tasavvur etilgan. Bu dinda yaxshi va yomon xudolar, ruhlar haqidagi tasavvurlar asosiy o‘rin egallagan. Veda dinida ko‘pxudolik – poletizm hukmron bo‘lgan. Uning sig‘inish marosimlari asosan xudolarga qurbonlik qilish, ovqat, hayvonlar keltirish, maxsus ichimliklar ehson qilish va boshqa rasm-rusumlarni bajarishdan iborat bo‘lgan.
Dastlab alohida ruhoniylar va ibodatxonalar bo‘lmagan. Keyinchalik diniy ibodatlarga boshchilik qiluvchi kohinlar, ularning yuqori tabaqalari-brahmanlar kelib chiqqan.
«Veda» so‘zi sanskritcha bo‘lib «bashorat», «muqaddas bilim», «oliy donishmandlik» ma’nolarini anglatadi. Bu dinining ta’limoti qadimgi xindlarning to‘rt kitobdan iborat Vedalar to‘plamida bayon etilgan. Vedalar to‘plamlari er.av. 2-ming yillikning boshlarida yaratilgan.
Vedalar quyidagi to‘rt yirik to‘plamdan iborat:

  1. Rigveda («Madhiyalar vedasi»);

  2. Samaveda («Qo‘shiqlar vedasi»);

  3. Yajurveda («Qurbonliklar vedasi»);

  4. Atxarvaveda («Afsun va jodular vedasi»).

Bu kitoblar ichida eng qadimgisi «Rigveda» hisoblanadi. Unda tabiatdagi narsa va xodisalar: osmon o‘zgarishi, quyosh, yulduzlar, momaqaldiroq, shamol, yomg‘ir, tog‘lar, daryolar ilohiy kuchlar sifatida gavdalantirilib, ular sharafiga qo‘shiqlar, madhiyalar to‘qilgan, ularga qurbonliklar keltirilgan. Insoniyat hayoti, uning qanday kun kechirishi, baxt-saodati ana shu kuchlarga bog‘liq holda tasavvur qilingan. «Rigveda» 1028 she’riy qo‘shiqdan iborat bo‘lib, unga ko‘ra Indra – momaqaldiroq; Mitra – quyosh; Varuna – osmon; Agni – olov; Yama – ajal, o‘lim keltiruvchi; Sama – oy; Rita – koinot tartibini ushlovchi xudo va mabudlar deb tasvirlangan.9
2-kitob «Samaveda» (qo‘shiqlar vedasi) 1549 qo‘shiqdan iborat bo‘lib, «Rigveda»ni to‘ldiradi.
3-kitob «Yajurveda» (qurbonlik vedasi) bo‘lib, unda qurbonlik qilish, olovga sig‘inish marosimlari kuylanadi.
4-kitob «Atxarvaveda» (Jodugarlik vedasi) 731 qo‘shiqdan iborat bo‘lib, unda dushmanlar, ilonlar, kasalliklar kabi insonga zarar keltiruvchi kuchlar la’natlaniladi, sihat-salomatlik tilash bilan bog‘liq duo-afsunlar bayon qilingan.
Vedalar qiyin tilda yozilganligi sababli, keyinchalik ularga sharh va izohlar yozilgan. Vedalarga yozilgan bunday diniy-falsafiy izohlar «Upanishad» deb yuritiladi. «Upanishad» - sanskritcha so‘z bo‘lib, ustozning yonida haqiqatni bilish uchun o‘tirmoq degan ma’noni bildiradi. Upanishadlar er.av. VII-III asrlardan boshlab melodiy XIV-XV asrlargacha tuzib borilgan va ularga 250 ga yaqin asarlar kiritilgan.
Upanishadlarda Braxma oliy ibtido, jism va xodisalar asosi va sababi, barcha borliqning boshi va oxiri deb ko‘rsatiladi. Braxma – qiyofasiz xudo, mutloq kuch deb talqin etilib, barcha narsalar o‘shandan – ya’ni Braxmadan paydo bo‘lgan, o‘sha bilan yashaydi va o‘lgach, yana o‘shanga qaytadi. Barcha narsalar braxmadir, braxma esa atmandir deyiladi. Atman – bu umumiy jon, ruh demakdir. Moddiy dunyo, jumladan, inson ham, atman – braxmadan paydo bo‘lgan va yana o‘shanga aylanadi, insonning joni avvalgi mohiyatiga butunlay qaytib, u bilan yana qo‘shilib ketadi.
Har bir inson ilohiy kuch tomonidan belgilangan hayot kechirish qonuniga muvofiq yashashi kerak, kimki bu qonunni buzsa, uning joni kelgusida biron hayvon yoki xashorat tanasida qayta dunyoga keladi. Bu qonunni buzmagan odamning joni esa kelgusida yuqori tabaqa vakillariga mansub inson tanasida qayta paydo bo‘ladi, deb ta’lim beriladi. Insonning yashashdan maqsadi ham ana shunda deb tushuntiriladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə