Dinshunoslik


diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish- ning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə58/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#125498
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75
Dinshunoslik maruza

diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish- ning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. 

  • Ular quyidagilar, “jaholatga qarshi ma’rifat” ulug‘vor g‘oya asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlarimiz ifodasi ekanligini keng yoritish va bu sohadagi ilmiy-ma’rifiy faoliyatni jadal tashkil etish; 

  • islom va jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo‘shgan ajdodlarimizning boy madaniy merosini chuqur o‘rganish asosida yoshlarning ongu tafakkurini shakllantirish

  • dinni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadigan buzg‘unchi yot g‘oyalarning asl mohiyati va maqsadlari haqida aholining, ayniqsa, yoshlarning xabardorlik darajasini oshirish; 

  • jamiyatda milliy va diniy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirish

jamiyatda bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, tinchlik va totuvlikni, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda diniy-ma’rifiy soha vakillarining
daxldorlik hissi va ishtirokini yanada oshirish; 

  • diniy-ma’rifiy tashkilotlarning moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlash, soha vakillari mehnatini munosib rag‘batlantirish va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish

  • globallashuv sharoitida jamiyatimizdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va e’tiqod erkinligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarni barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan axborot-tahliliy faoliyatni kuchaytirish; 

  • diniy va dunyoviy bilimlar uyg‘unligini rivojlantirish asosida ta’lim sifatini oshirish, diniy-ma’rifiy sohada malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimini yaratish, maqsad yetib qo‘yildi.

Qur’oni karim va hadislarning asl mohiyatini, hadis ilmining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o‘rgangan, hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ vatandoshlarimizning ulkan ilmiy merosini puxta o‘zlashtirgan, hadisshunoslik sohasida ilmiy izlanishlar olib borish ko‘nikmasiga ega mutaxassislarni tayyorlash hamda hadislardagi ezgu umuminsoniy g‘oyalarni xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodga yetkazish maqsadida 2017-yil 8-noyabr kuni  Samarqand shaxrida Imom Buxoriy ilmiy markazida Xadisshunoslik va Imom Moturidiy markazi qoshida kalom ilmi maktablari ochildi. 10 – noyabr kuni Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi huzurida Baxouddin Naqshband tasavvuf ilimiy maktabi va Qashqadaryo viloyatida “Abu Mu’in an –Nasafiy” nomidagi aqida ilmi maktabi ochildi.
13 –noyabr kuni Farg‘onada Islom huquqi maktabi tashkil etildi. Xulosa qilib aytganda, ushbu maktablarni tashkil etilishidan maqsad kelgusida chuqur bilimli imom –hatiblar, islomshunos mutaxassislar, ulamolar tayyorlashda, eng muhimi, farzandlarimizni buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi ruhida, sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalashda bu maktablar tayanch bo‘lib hizmat qiladi.



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə