Dinshunoslik


-masala bayoni. Mustaqillik yillrida O‘zbekistonda ma’naviyatning davlat siyosatida ustuvor sohaga aylanishi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə56/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#125498
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75
Dinshunoslik maruza

4-masala bayoni. Mustaqillik yillrida O‘zbekistonda ma’naviyatning davlat siyosatida ustuvor sohaga aylanishi.
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach , erkin fikrlaydigan, o‘z o‘zini anglaydigan, jamiyat maqsad va manfaatlarini tushunib yetadigan, har tomonlama yetuk komil insonni tarbiyalash vazifasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi qilib belgilandi. Uni amalga oshirish esa, eng avvalo, yoshlarning ichki ruhiy dunyosini, ma’naviyatini boyitish va mustaqil dunyoqarashini shakllantirishni taqazo etadi.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan keyin nafaqat mamlakatimizda, shuningdek, butun MDH mamlakatlari rahbarlari orasida birinchilardan bo‘lib, ma’naviyat tushunchasini ilmiy iste’molga kiritdi va uning jamiyat va inson komolotidagi o‘rnini ilmiy asosladi hamda amaliyotga tadbiq etdi. Mamlaktda olib boriladigan islohatlarni ma’naviy sohada olib boriladigan islohatlar bilan uzviy ravishda olib boorish zarurligini ilmiy asosladi.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida qilingan ma’ruzasida ham ma’naviyat masalasi XXI asr bo‘sag‘asida ikkinchi ustuvor yo‘nalish deb qaraldi. Erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi eng dolzarb vazifa ekanligi qayd etilgan. Boshqacha aytganda, o‘z haq –huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan voqea hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondoshadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol, sog‘lom avlodni tarbiyalash kerak ekanligi uqtirilgan.Mustaqillik yillarida ma’naviyatni ustuvor sohaga ko‘tarilishini bir qator sabablari bor. Ular quyidagilardan iborat :
Birinchidan, jamiyatda amalga oshiriladigan barcha vazifalarning taqdiri, unda yashaydigan odamlarning tafakkuri, ongi va tafakkurini amalga oshirmoqchi bo‘lgan vazifalari mohiyati va manfaaati yo‘nalishidan kelib chiqqan holda o‘zgartirmasdan turib ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi.
Ana shu ma’noda ham ma’noda ham ma’naviyat jamiyat hayotini o‘zgartirishning muhim mexanizmi hisoblanadi va har qanday davlat o‘z maqsadlari va manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni rivojlantirishga ustuvorlik bilan qaraydi.
Ikkinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida sobiq sovet mafkurasidan voz kechish bayrog‘i ostida umuman har qanday mafkuraga qarshi kurash boshlandi. Bu o‘z navbatida odamlarning ma’naviyatiga, shakllangan qadriyatlariga ham o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkaza boshladi. Ayniqsa, matbuotlarda ba’zi olimlar, birinchi navbatda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish zarur, ma’naviyat esa ana shu iqtisodiy tafakkur zaminida yuzaga keladi degan fikrlarni ilgari sura boshladilar. Oqibatda odamlar ruhiyatida yana bir tomonlama ketish turmush tarzida yetakchi o‘rinni egallay boshladi. Bu o‘z navbatida, milliy manfaatlar yoki vatanparvarlik haqida qanchalik gapirmaylik, u o‘zining biz kutayotgan natijalarini bermasdan, balki odamlarda shaxsiy manfaatlarga ustuvorlik berishga hizmat qila boshladi. Bunday salbiy jarayonning yuzaga kelishi yangi jamiyat qurish uchun xatarli.
Uchinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida yuzaga kelgan muammolar oldida odamlarning aksariyat qismi dovdirab qoldi, ko‘pchilik hollarda yoshlarni ta’lim olish, kasb o‘rganish, san’at va badiiy asarlarga qiziqishdan ko‘ra bozorga chiqish, pul topishga intilish xavfini yuzaga keltirdi.To‘g‘ri, pul toppish, o‘z hayotining iqtisodiy imkoniyatini mustahkamlash har bir inson uchun hayotiy ehtiyoj va zarurat hisoblanadi. Ammo, bu ehtiyoj shaxs va millat kamoloti manfaatlariga zid bo‘lmasligi, ularning ma’naviy qashshoqlashib ketishiga hizmat qilmasligi lozim. Ana shu yuzaga kelayotgan xavfli jarayonning oldini olish zarur.
To‘rtinchidan, sobiq ittifoq sharoitida fan, maorif, texnika, oliy ta’lim, bir qator sanoat korxonalarini vujudga keltirish va rivojlantirishda ko‘pgina yutuqlar qo‘lga kiritilgan edi. Ammo, ular markaz va qolaversa “katta og‘a” manfaatlariga hizmat qilgan. Ana shu potensial sobiq ittifoqdosh respublikalarga turli bahonalar bilan rus millati vakillarini yuborish, ularni mahalliy xalqni boshqarish, ularga rus turmush tarzi, tili, urf –odatlarini, xarakterini singdirish hisobiga mamlakatda rus millati ma’naviyati ustuvorligiga tayanuvchi yagona til, ma’naviyat va turmush tarzini shakllantirishga hizmat qilib kelgan edi.Bunday ayyorona va zo‘ravonlik siyosati oqibatida millatlarning o‘zligini anglashga bo‘lgan intilishiga katta zarba berildi. Bu sobiq ittifoqda umummilliy inqirozni yuzaga keltirdi.
Bu inqiroz millatning “yo‘q” bo‘lib ketishi xavfini vujudga keltirdi. Bunday salbiy jarayonning oldi olinmasdan, millatning rivojlanishiga erishib bo‘lmaydi. Uni bararaf etish faqat milliy ma’naviyatni tiklash va rivojlantirish orqali amalga oshirilishi mumkin.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə