Diplom oldi amaliyoti xisoboti


Sana : «___»________2023 yil 9-Mavzu



Yüklə 24,94 Kb.
səhifə5/8
tarix30.08.2023
ölçüsü24,94 Kb.
#121124
1   2   3   4   5   6   7   8
Diplom oldi amaliyot

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Sana
Sana : «___»________2023 yil


9-Mavzu : Avtokorxona sex, bo‘limlarida ishlab-chiqarishning tartibi belgilarini joriy ta’mirlash va servis hizmat ko’rsatish.

Avtomobilga TXK uchun turg‘un holatni ta’minlovchi maxsus moslama, aravacha yoki maxsus uskunalardan foydalaniladi.


Ko‘tarish-tushirish jihozlari yaroqli, ishlashga qulay va xavfsiz bo‘lishi lozim.
Agregat yoki mexanizm ko‘tarilgan holatda TXK man etiladi. Ilgak, zanjir, qamragich va yuk ko‘tarish mexanizmi bir yilda ikki marta tekshirilib, sinab ko‘riladi. Yukni ko‘tarishda og‘irlik markazini hisobga olish, aylanib ketishi yoki surilishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.


Sana : «___»________2023 yil


10-Mavzu : Xavfsizlik texnikasi bilan tanishish. Avtokorxona bilan tanishish.


Umumiy qoidalar. Avtomobil yig‘ma birliklarini qismlarga ajratish va yig‘ish uchun ularni turg‘un holatini ta’minlovchi maxsus stend, aravacha yoki moslamalardan foydalanish lozim. Bu ish unumini oshirib, xavfsiz ishlashni ta’minlab va qulaylik yaratibgina qolmay balki ish sifatini ham oshiradi.
Asbob-uskunalarni o‘z joyiga tartib bilan qo‘yish, ish joyini toza tutish, oyoq kiyimni oyoqda mustahkam turishi va ishchi kiyimni loyiq hamda qulay bo‘lishi, ish joyini to‘g‘ri tashkil qilinishi-xavfsiz ishlashning zaruriy talablaridan biridir. Har bir ish bajarilishining o‘ziga xos texnika xavfsizligi bo‘lib, ularni bajarishdan avval barcha o‘quv amaliyotida yo‘riqnoma asosida tushuntiriladi hamda muhandis-pedagog amalda ko‘rsatishi maqsadga muvofiqdir.
Kuzovlarni ta’mirlash ustaxonasiga kuzov barcha agregatlar, osma qismlardan ajratilgan holda keltiriladi. Kuzovni ta’mirlash tunukasozlik bo’limidan boshlanadi. Yo’l-transport hodisalariga uchragan yengil avtomobillarning kuzovlari qattiq shikastlanish natijasida geometrik holatini yo’qotadi va ularni maxsus stendlarsiz oldingi holatiga qaytarib bo’lmaydi. Bunday kuzovlarni to’g’rilash uchun maxsus moslamalardan foydalaniladi, ular kuzov profili bo’yicha, geometrik o’lchamlariga rioya qilgan holda tortish yo’li bilan o’z holatiga keltiriladi. Bu maqsadlar uchun R620 rusmdagi jihozlardan foydalaniladi. Uning ramasiga avtomobil qotiriladi, qo’lda yoki gidravlik to’g’rilash moslamalarida kuzovni tortish va to’g’rilash ishlari bajariladi. Yuk avtomobillari metal kuzovlarini to’g’rilash tartibi uning kabina va tayanchlarini to’g’rilash tartibiga monand bo’ladi. Kuzov metalining qalinligi tayanch metalining qalinligidan katta bo’lganligi uchun payvandlash ishlari osonlashadi, ammo to’g’rilash qiyinlashadi.

Yüklə 24,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə