Diplom oldi amaliyoti xisoboti


-Mavzu : Texnik xujjatlarni qoida bo’yicha hujjatlashtirishni bilish, ish joyida xavfsizlaikqoidalariga rioya qilish



Yüklə 24,94 Kb.
səhifə2/8
tarix30.08.2023
ölçüsü24,94 Kb.
#121124
1   2   3   4   5   6   7   8
Diplom oldi amaliyot

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Sana
Sana : «___»________2023 yil


3-Mavzu : Texnik xujjatlarni qoida bo’yicha hujjatlashtirishni bilish, ish joyida xavfsizlaikqoidalariga rioya qilish

Umumiy qoidalar. Avtomobil yig‘ma birliklarini qismlarga ajratish va yig‘ish uchun ularni turg‘un holatini ta’minlovchi maxsus stend, aravacha yoki moslamalardan foydalanish lozim. Bu ish unumini oshirib, xavfsiz ishlashni ta’minlab va qulaylik yaratibgina qolmay balki ish sifatini ham oshiradi.
Asbob-uskunalarni o‘z joyiga tartib bilan qo‘yish, ish joyini toza tutish, oyoq kiyimni oyoqda mustahkam turishi va ishchi kiyimni loyiq hamda qulay bo‘lishi, ish joyini to‘g‘ri tashkil qilinishi-xavfsiz ishlashning zaruriy talablaridan biridir. Har bir ish bajarilishining o‘ziga xos texnika xavfsizligi bo‘lib, ularni bajarishdan avval barcha o‘quv amaliyotida yo‘riqnoma asosida tushuntiriladi hamda muhandis-pedagog amalda ko‘rsatishi maqsadga muvofiqdir.
Sana : «___»________2023 yil


4-Mavzu : Avtomobil kuzovi va kabinalarining servis xizmat ko’rsatish postlarida (liniyalarida ) ishlash.

Kabina, kuzov va tayanchlarni ta'mirlash texnologiyasi. Avtomobil kuzov, kabina va tayanchlarining asosiy nosozliklari ularning qiyshayishi, pachoqlanishi, uzilishi, zanglashi. chirishi, boltli va parchinmixli birikmalaming bo‘shashib ketishidan iborat. Ularni zanglash mahsulotlaridan tozalash, payvandlash, tekislash va yuzalarni silliqlash, qo‘shimcha detallar qo‘yish, himoya qoplamalarini yangilash yo‘llari bilan ta'mirlanadi. Zanglash mahsulotlari metall cho‘tka yoki erituvchi modda yordamida tozalanadi. Payvandlash ishlarini bajarishda ko‘pincha gazli payvandlash turidan fovdalaniladi. Bu ishlar qo‘l bilan yoki avtomat ravishda bajariladi. Yoriqlar payvandlanib, yirtilib ketgan katta teshiklarga esa qo‘shimcha qoplama qo‘yiladi, o‘z navbatida, bu qoplama yirtilgan yerdan 20...24 mm chiqib turishi zarur. Pachoqlangan yerlar va qiyshiqliklar sovuq yoki qizdirilgan (600...650 °C gaz gorelkasi yordamida) holda to‘g'rilanadi. Qizdirib to‘g’rilash metall qavat-qavat bo‘lib qolganda yoki sovuq holicha to‘g’rilab bolmay qolganda bajariladi. Pachoq ikki harakatda to‘g’rilanadi. Avval pachoq bo‘lgan joy urib chiqariladi.



Yüklə 24,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə