EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center
UIF =
8.1 |
SJIF =
5.685
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue 6, Part 3 June 2023 ISSN 2181-2020
Page 120
Yarim rasmiy shaxsiy xatlar(nomalar).
Estalik yozishmalari.
Diplomatik protokol(qaydnoma)lar.
Memorandumlar.
Bu o`rinda shuni qayd etib o`tish kerakki, ushbu hujjatlar asosan o`zaro yozishmalardan
- xatlardan iborat, bo’lgani uchun ularni
diplomatik yozishmalar
deb atash ma’qulroq
ko’rinadi.
Sanab o`tilgan an’anaviy, barcha tomondan e’tirof etilgan hujjatlar qatorida ko`pchilik
davlatlar qo`llaydigan, ammo unchalik qat’iy bir qolipga, shaklga ega bo’lmagan hujjatlar ham
mavjud. Bu guruhga deklaratsiyalar (bayonnoma), davlat rahbarlarining murojaatlari,
shuningdek, telegrammalar kiradi. Keyingi paytda telegrammalar yuborish kengaydi. Ular
milliy bayramlar, tavallud kunlari, yubileylar munosabati bilan yuboriladi. Telegrammani o`z
vaqtida yuborishning ham ahamiyati katta. Chunonchi, davlatga yangi rahbar tayinlanishi
munosabati bilan o`z vaqtida yuborilgan telegramma davlatlar o`rtasidagi aloqani
yaxshilashga xizmat qiladi.
Demak diplomatik hujjatlar o`ziga xos leksik-uslubiy, grammatik morfologik va sintaktik
xususiyatlarga ega.
Leksik-uslubiy jihatdan diplomatik yozishmalar o`z atamalar tizimiga, qoliplashgan
turg`un birikmalariga, sinonim, antonimlar kabi turli ifoda vositalariga ega. Shuni alohida
ta’kidlab o`tish kerakki, xizmat xatlari hissiy-bo`yoqdor so`zlardan holi bo’lishi talab etilsa,
diplomatik yozishmalar, aksincha, hissiy-bo`yoqdor so`zlarga boyligi, maqtov va iltifot
suo`zlariga egaligi bilan ajralib turadi. Maqtov so`zlari diplomatik yozishmalarning eng asosiy
turi bo’lmish nota-bayonotlarning zaruriy qismlaridan biri hisoblanadi. Ularning oz-ko`p
qo`llanishiga ko’ra ushbu hujjatlar ma’lum bir turlarga ham ajratiladi. Chunonchi, notalarda
Dostları ilə paylaş: