Diplomatik yozishmalar yozma nutqning yuzaga kelishi va rivojlanishi


Diplomatik yozishmalarning turlari



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix06.07.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#119369
1   2   3   4   5   6
EJAR 0620

Diplomatik yozishmalarning turlari 
Diplomatik yozishmalar juda keng qamrovli bo’lib, ularda mamlakatlarning o`z 
mustaqilligini e’lon qilishi va boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalar o`rnatishga oid 
masalalargina emas, xalqlarning taqdirini hal etishga qaratilgan tinchlik, betaraflik, 
qurolsizlanish kabi siyosiy masalalar, o`zaro iqtisodiy va madaniy hamkorlik qilishga oid turli 
masalalar ham yoritiladi. Shunga ko’ra, diplomatik hujjat larning turi ham har xil bo’lib, har 
birini yozishning o`ziga xos qonun-qoidalari borki, ularga qat`iy rioya qilinishi shart. 
Hozirgi vaqtda davlatlararo aloqalarda diplomatik yozishmalarning quyidagi turlari faol 
qo`llanmoqda: 

Nota va bayonotlar. 

Rasmiy xatlar. 

Ilova xatlar. 


EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 8.1 | 
SJIF =
 5.685 
www.in-academy.uz
 
Volume 3 Issue 6, Part 3 June 2023 ISSN 2181-2020 
Page 120 

Yarim rasmiy shaxsiy xatlar(nomalar). 

Estalik yozishmalari. 

Diplomatik protokol(qaydnoma)lar. 

Memorandumlar. 
Bu o`rinda shuni qayd etib o`tish kerakki, ushbu hujjatlar asosan o`zaro yozishmalardan 
- xatlardan iborat, bo’lgani uchun ularni 
diplomatik yozishmalar
deb atash ma’qulroq 
ko’rinadi. 
Sanab o`tilgan an’anaviy, barcha tomondan e’tirof etilgan hujjatlar qatorida ko`pchilik 
davlatlar qo`llaydigan, ammo unchalik qat’iy bir qolipga, shaklga ega bo’lmagan hujjatlar ham 
mavjud. Bu guruhga deklaratsiyalar (bayonnoma), davlat rahbarlarining murojaatlari, 
shuningdek, telegrammalar kiradi. Keyingi paytda telegrammalar yuborish kengaydi. Ular 
milliy bayramlar, tavallud kunlari, yubileylar munosabati bilan yuboriladi. Telegrammani o`z 
vaqtida yuborishning ham ahamiyati katta. Chunonchi, davlatga yangi rahbar tayinlanishi 
munosabati bilan o`z vaqtida yuborilgan telegramma davlatlar o`rtasidagi aloqani 
yaxshilashga xizmat qiladi. 
Demak diplomatik hujjatlar o`ziga xos leksik-uslubiy, grammatik morfologik va sintaktik 
xususiyatlarga ega. 
Leksik-uslubiy jihatdan diplomatik yozishmalar o`z atamalar tizimiga, qoliplashgan 
turg`un birikmalariga, sinonim, antonimlar kabi turli ifoda vositalariga ega. Shuni alohida 
ta’kidlab o`tish kerakki, xizmat xatlari hissiy-bo`yoqdor so`zlardan holi bo’lishi talab etilsa, 
diplomatik yozishmalar, aksincha, hissiy-bo`yoqdor so`zlarga boyligi, maqtov va iltifot 
suo`zlariga egaligi bilan ajralib turadi. Maqtov so`zlari diplomatik yozishmalarning eng asosiy 
turi bo’lmish nota-bayonotlarning zaruriy qismlaridan biri hisoblanadi. Ularning oz-ko`p 
qo`llanishiga ko’ra ushbu hujjatlar ma’lum bir turlarga ham ajratiladi. Chunonchi, notalarda 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə