Diplomatik yozishmalar yozma nutqning yuzaga kelishi va rivojlanishi


EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix06.07.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#119369
1   2   3   4   5   6
EJAR 0620

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 8.1 | 
SJIF =
 5.685 
www.in-academy.uz
 
Volume 3 Issue 6, Part 3 June 2023 ISSN 2181-2020 
Page 121 
xizmat qiluvchi grammatik morfologik shakllar ko`p qo`llanadi. Chunonchi, harakat nomining 
-moq
shakli, fe’llarning 
ishonch bildirgaysiz, qabul etgaysiz
kabi arxaik va kitobiy 
shakllarining qo`llanishi va h.k. 
Sintaktik jihatdan
- sabab, maqsad, to’ldiruvchi, shart va to`siqsizlik ma’nolarini 
ifodalovchi ergash gapli qo`shma gaplardan keng foydalaniladi. Sifatdosh, ravishdoshli 
birikmalar, 
shunga bog`liq holda
(yoki 
ravishda), shu yo`na- lishda, shunga asoslanib
yoki 
shunga asoslangan holda, shunga ko’ra 
yoki 
shunga binoan
kabi birikmalarning
«Vazirlik 
ishonch bildiradi», «
shuni bildirish sharafiga muyassar bo’ladi
(yoki 
bo’ldim)», «Fursatdan 
foydalanib, yana bir bor
ga ishonch bildiradi (bildiraman)
yoki 
umid bildiradi (bildiraman)», 
«Ishonch bildirib aytamanki», «Meni qabul etgaysiz»
kabi qonstruksiyalarning ko`p qo`llanishi 
kuzatiladi.
 
Birinchi qarashda notalarning 
«Shuni ma’lum qiladiki...» 
yoki 
«Shuni ma’lum qilish 
sharafiga muyassar bo’ladiki...»
tarzida boshlanishining unchalik farqi yo`qdek tuyuladi. 
Biroq bu davlatlarning o`zaro munosabatiga ta’sir qiluvchi muhim omillardan biri bo’lib 
qolishi mumkin, chunki betakalluf aytilgan so`z, maqtovlarsiz yozilgan hujjatlar davlatlarning 
o`zaro munosabatida kelishmovchiliklar mavjudligini anglatadi. Agar biron-bir davlat o`zi 
tomonidan yuborilgan hujjatda shunga yo`l qo‘ysa, ikkinchi tomon ham xuddi shu tarzda 
javob beradi va natijada davlatlarning o’rtasiga sovuqchilik tushadi. 
Umuman olganda, diplomatik hujjatlarda do`st qiladigan ham, dushman qiladigan ham 
so`zdir. «
Aytilgan so`z — otilgan o`q
» deydi xalqimiz. O`z o`rnida aytilgan yoki yozilgan so`z 
xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, ba’zi kelishmovchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. 
Aksincha, noto`g`ri yoki noo`rin aytilgan so`z esa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Shuning uchun diplomatik yozishmalarda xalqimizning «Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz», 
«So`zdan so`zning farqi bor, o`ttiz ikki naqdi bor» kabi dono o`gitlarini hamisha yodda tutish 
kerak. Yuqorida aytib o`tganimizdek diplomatik yozishmalar alohida atamalar tizimiga ega. 
Ularning asosiy qismi xalqaro miqyosdaga atama bo’lgani uchun tarjimasiz qo`llanadi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə