Diplomatik yozishmalar yozma nutqning yuzaga kelishi va rivojlanishi


EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix06.07.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#119369
1   2   3   4   5   6
EJAR 0620

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 8.1 | 
SJIF =
 5.685 
www.in-academy.uz
 
Volume 3 Issue 6, Part 3 June 2023 ISSN 2181-2020 
Page 119 
hurmatsizlik hisoblanadi. Diplomatik hujjatlarning javobsiz qoldirilishi kamdan-kam hollarda 
yuz beradi va eng salbiy ma’noni anglatadi. 
Diplomatik hujjatlarda hujjat
yuborilayotgan mamlakatning nomlanishida, shaxsning 
lavozimi, ismi-sharifini yozishda, unga murojaat shakllarida biron-bir xatoga yo`l qo`yish 
mutlaqo mumkin emas. 
Diplomatik hujjatlar tashqi ko’rinishi jihatidan ham benuqson bo’lishi shart. Ular a’lo 
sifatli qog`ozga bir tekis joylashtirilgan holda bexato yozilishi, hech qanday harf 
o`chirilmasligi va to`g`irlanmasligi, muhr o`z o`rnida qo`yilishi lozim. O`tmishda noma, albatta, 
hukmdor tamg‘asi bilan muhrlangan. Shoh muhri xukmdorlik belgisi hisoblanib, bunday 
muhrlangan hujjatlarga faqat ikkinchi bir shoh muhri orqaligina javob berish mumkin bo’lgan. 
Bu, albatta, mamlakatlarning teng huquqliligining ifodasi bo’lgan. Hozir ham diplomatik 
hujjatlar davlat gerbi bilan muhrlanadi. Ular asosan davlat gerbi tasviri tushirilgan qog`ozga 
yoziladi. Muhrning to`g`ri va o`z o‘rniga qo`yilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Muhr qiyshayib 
ketmasligi, undagi gerb tasviri, shuningdek, imzo ham aniq ko’rinib turishi talab qilinadi. 
Diplomatik hujjatlar solib yuboriladigan paket (konvert) xat (qog`oz) hajmi bilan bir xil 
bo’lishi kerak. Diplomatik hujjatlarni pochta orqali yuborish tavsiya etilmaydi, ular shaxsan 
topshirilishi yoki kur`er (chopar) orqali yuborilishi mumkin. Chopar paketni vakolatlangan 
shaxsga topshirishi va undan tilxat olishi kerak. 
Diplomatik hujjatlarning shakli, tashqi ko’rinishi qanchalik muhim bo’lmasin, diqqat-
e’tibor asosiy qismga, uning mazmuniga qaratilishi zarur. Unda fikrni aniq, mantiqiy) izchil, 
asosli hamda ikkinchi tomonning xususiyatlarini hisobga olgan holda bayon etish zarur. 
Ushbu hujjatlarda noaniqlik dalillarni noto`g`ri ko’rsatish bo’lmasligi lozim, chunki uni keyin 
to`g`rilab yozish yoki alohida to`g`rilab ma’lumot berish mumkin emas. 
Diplomatik yozishmalar tashqi ishlar vazirliklari tomonidan shu mamlakatning davlat 
tilida olib boriladi va biror xalqaro tildagi tarjimasi ilova qilinadi. Elchixonalar ham 
yozishmalarni o`z davlat tillarida yoki o`zlari turgan mamlakat tilida olib borishlari mumkin. 
Diplomatik hujjatlarda so`zga e’tibor juda kuchli bo’lmogi kerak. Ularning tili sodda, ravon 
bo’lib, ko`chma ma’nolardan holi bo’lmog`i, so`z mazmun bilan mos bo’lishi, undan boshqacha 
ma’no anglashilmasligi kerak. «Kosa tagida nim kosa» kabidagi ifodalar diplomatik hujjatlarda 
foydalanish noyo’g’ri hisoblanadi. Agar so`z ma’nosida qandaydir ma’no nozikligi yoki 
mavhumlik bo’lsa, yaxshisi, uni boshqa so`z bilan almashtirish lozim. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə