Direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/30
tarix22.03.2024
ölçüsü427,39 Kb.
#182231
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
929 21.11.2017

Oldingi tahrirga qarang. 
10) maktabgacha ta’lim sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik 
qilinadigan bo‘linmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning mutasaddilik 
qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ular 
keyinchalik Vazir tomonidan ko‘rib chiqilishi, imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun viza qo‘yish, 
ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga qat’iy 
muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar 
Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirning 
topshirig‘iga binoan ishtirok etish; 
(27-bandning 10-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-
maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 
09/19/397/3123-son) 
11) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va 
har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa 
ekspertizadan o‘tkazish; 
12) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning 
xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-
martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy 
delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning 
shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3137-
son qarorlari talablariga to‘liq muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, 
samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona 
foydalanishni ta’minlash; 
13) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati 
samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning 
shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish; 
14) maktabgacha ta’lim sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha Vazirlik faoliyatini 
takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, maktabgacha ta’lim sohasidagi qonun 
hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni Vazirga kiritish; 
15) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish 
va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi 
maqsadga muvofiqligiga masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni Vazirga kiritish, funksional 
vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha 
tizimli chora-tadbirlar ko‘rish; 
16) Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik 
qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini 
ta’minlash; 
17) huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-
tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq maktabgacha ta’lim tizimida korrupsiya va 
boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga 
ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish
18) maktabgacha ta’lim sohasida davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin 
foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirga kiritish;
19) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib 
chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni 
yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul 
qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish; 
20) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik 
qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston 


21 
Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli 
ko‘rib chiqilishini ta’minlash; 
21) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari 
talablariga rioya qilish. 
28. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining asosiy 
funksional vazifalari hisoblanadi: 
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa 
normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish; 
2) tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qilish, ushbu bo‘linmalarga 
yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish; 
3) tegishli tarkibiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini o‘z vakolatlari 
doirasida muvofiqlashtirish; 
4) prognoz ko‘rsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tarkibiy 
bo‘linmalar ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-
tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Vazirning mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlariga kiritish; 
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlari 
ijrosini ta’minlash, Vazirlik tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash 
bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida 
bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil 
etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3137-son qarorlari talablariga muvofiq topshiriqlarning o‘z 
vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish 
chora-tadbirlarini ko‘rish;
6) Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazir va uning o‘rinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari 
o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; 
7) tarkibiy bo‘linmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni 
tasdiqlash uchun kiritish, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini 
ta’minlash; 
8) tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va 
muvofiqlashtirish, hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va 
metodik yordam ko‘rsatish; 
9) tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini 
takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Vazirlik 
rahbariyatiga kiritish; 
10) tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Vazir o‘rinbosarlariga 
takliflar taqdim etish, professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash 
xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb 
malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə