Direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/30
tarix22.03.2024
ölçüsü427,39 Kb.
#182231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
929 21.11.2017

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV 
Toshkent sh., 
2017-yil 21-noyabr, 
929-son 
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son qaroriga 
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risida 
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining (keyingi 
o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va 
javobgarligini, faoliyatini tashkil etish hamda hisobot berish tartibini, shuningdek, uning 
rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini tartibga soladi. 
2. Vazirlik maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish 
uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. 
3. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlar 
Mahkamasi deb ataladi) bo‘ysunadi. 
4. Vazirlik o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim 
tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-son 
Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha 
ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qaroriga 
muvofiq amalga oshiradi. 



5. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 
farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 
6. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik 
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning 
mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir. 
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta’lim 
boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, maktabgacha ta’lim tuman 
(shahar) bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda hududiy bo‘linmalar deb ataladi), Vazirlik tarkibiga kiradigan 
tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va 
o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob 
raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlariga ega bo‘ladi. 
8. Vazirlikning rasmiy nomi: 
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, qisqartmasi — 
MTV; 
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Ministerstvo doshkolnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi 
— MDO; 
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — The Ministry of Preschool Education of the Republic of Uzbekistan, 
qisqartmasi — MoPrE. 

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə