Direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida


-§. Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlarining vazifalari va funksiyalari



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/30
tarix22.03.2024
ölçüsü427,39 Kb.
#182231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
929 21.11.2017

4-§. Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlarining vazifalari va funksiyalari 
16. Quyidagilar maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlarining asosiy vazifalari 
hisoblanadi:
1) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok 
etish; 
Oldingi tahrirga qarang. 
2) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan davlat maktabgacha 
ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish sohasida o‘zaro hamkorlik qilish; 
(16-bandning 2-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
3) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’lim sohasidagi qonun hujjatlariga va 
normativ hujjatlarga rioya qilinishi monitoringini olib borish va nazorat qilish; 
(16-bandning 3-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
4) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
(16-bandning 4-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
5) maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni reabilitatsiya qilish va ma’naviy-
axloqiy tarbiyalash; 
(16-bandning 5-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
6) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirish; 
(16-bandning 6-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
7) tuman (shahar) darajasidagi budjetdan moliyalashtiriladigan davlat maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini 
tashkil etish. 
(16-bandning 7-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
17. Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga 
muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 
1) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari va ularning rahbariyatini tashkiliy va 
axborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi; 
2) idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va 
Vazirlikning buyruqlari bajarilishini muntazam nazorat qiladi; 
3) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tumanlar (shaharlar) 
hokimliklariga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, 
moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang. 


12 
4) maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat 
qiladi; 
(17-bandning 4-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
5) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
(17-bandning 5-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
6) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlaydi va bolalarni maktabga 
tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantiradi; 
(17-bandning 6-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
7) tuman (shahar) darajasidagi budjetdan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini 
tashkil etadi; 
(17-bandning 7-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
8) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etadi; 
(17-bandning 8-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
9) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida davlat ta’lim talablari bajarilishi monitoringini olib 
boradi; 
(17-bandning 9-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 
345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang. 
10) davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moddiy-texnik ta’minlashni tashkil etadi; 
(17-bandning 10-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
11) davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining binolari va inshootlaridan foydalanish 
ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi; 
(17-bandning 11-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
12) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi; 
13) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari vakolatiga tegishli bo‘lgan tashkiliy, 
kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va boshqa masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi.

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə