Direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/30
tarix22.03.2024
ölçüsü427,39 Kb.
#182231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
929 21.11.2017

(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) 
2-§. Vazirlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari 
12. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka 
yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash; 
2) davlat ta’lim talablari takomillashtirilishini va rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini 
o‘rganish asosida ta’lim sifati monitoringi olib borilishini tashkil etish; 
3) o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish va nashr etish bo‘yicha faoliyatni 
muvofiqlashtirish; 
4) bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va reabilitatsiya 
qilishni tashkil etish; 
Oldingi tahrirga qarang. 
5) maktabgacha ta’lim tashkilotlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; 
(12-bandning 5-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
6) Vazirlik tizimida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish va amalga oshirish
7) hududiy bo‘linmalarda va idoraviy mansub tashkilotlarda kadrlar bilan ta’minlashni 
muvofiqlashtirish; 
8) idoraviy mansub tashkilotlarni rivojlantirishga ko‘maklashish, ularni rivojlantirish 
konsepsiyalari va istiqbollarini belgilash.
13. Vazirlikning markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi 
funksiyalarni amalga oshiradi: 
1) Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi; 
2) hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va 
farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishi ustidan muntazam nazoratni ta’minlaydi; 
3) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi vaziri (keyingi o‘rinlarda Vazir 
deb ataladi) va uning o‘rinbosarlarining buyruqlari va farmoyishlari amalga oshirilishini o‘z 
vakolatlari doirasida tashkil etadi; 
Oldingi tahrirga qarang. 
4) Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab 
chiqilishini va ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi; 
(13-bandning 4-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-
maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 
09/19/397/3123-son) 
5) hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati monitoringi olib borilishini 
tashkil etadi;



6) maktabgacha ta’limni rivojlantirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishiga 
ko‘maklashadi; 
7) Vazirlikning faoliyati, shu jumladan, qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy 
ta’minlanishini tashkil etadi; 
8) boshqaruv qarorlari qabul qilish maqsadida maktabgacha ta’lim tendensiyalari to‘g‘risida 
Vazirlik rahbariyati uchun axborotni to‘playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi; 
9) maktabgacha ta’lim masalalari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga axborot, metodik, 
tashkiliy va maslahat yordami beradi; 
10) Vazirlik vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik 
masalalari va boshqa masalalar bilan shug‘ullanadi; 
11) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini nazorat 
qiladi va tahlil etadi;
12) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda 
o‘ziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishini ta’minlaydi; 
Oldingi tahrirga qarang. 
13) davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; 
(13-bandning 13-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
14) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; 
(13-bandning 14-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
15) o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi va 
metodik ishlarni tashkil etadi; 
16) maktabgacha ta’lim va tarbiya sifati monitoringini olib boradi; 
Oldingi tahrirga qarang. 
17) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil 
shakllarini rivojlantiradi; 
(13-bandning 17-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
18) maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; 
(13-bandning 18-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
19) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish tashkil etilishini 
muvofiqlashtiradi; 
(13-bandning 19-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
20) O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub 
tashkilotlarda moliya, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi; 
Oldingi tahrirga qarang. 
21) Vazirlik tizimi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va hududiy bo‘linmalarida 
ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi; 
(13-bandning 21-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 



22) maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moddiy-texnik ta’minlashni tashkil etadi; 
(13-bandning 22-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
23) maktabgacha ta’lim tashkilotlarining binolari va inshootlaridan joriy foydalanish 
bo‘yicha ishlar monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi; 
(13-bandning 23-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
24) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi; 
25) xorijiy investitsiyalar jalb etilishini va xalqaro hamkorlikni tashkil etadi. 

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə