Direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida


-§. Vazirlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/30
tarix22.03.2024
ölçüsü427,39 Kb.
#182231
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
929 21.11.2017

2-§. Vazirlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi 
20. Vazirlikning markaziy apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga 
oshirish uchun: 
tahlil qilish va qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan maktabgacha ta’lim masalalari bo‘yicha 
materiallar va ma’lumotlarni Vazirlikning hududiy bo‘linmalaridan va idoraviy mansub 
tashkilotlaridan so‘rash va olish
Vazirlikda ko‘rib chiqiladigan maktabgacha ta’lim masalalarini ishlab chiqish, axborot va 
tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini 
tayyorlash uchun zarur bo‘lganda Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari 
rahbarlari hamda vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish, shu maqsadda ekspert va ishchi guruhlar 
tashkil etish; 
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan o‘zlari tomonidan 
kiritilgan maktabgacha ta’lim bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini 
puxta ishlashni talab qilish, zarurat bo‘lganda ularni qayta ishlash uchun qaytarish; 
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda 
vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish; 
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga tezlikda hal 
qilinishi talab etiladigan va Vazirlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq 
masalalar yuzasidan topshiriqlar berish
maktabgacha ta’lim sohasida davlat dasturlari va investitsiya dasturlari bajarilishi bo‘yicha 
hududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini o‘rganish; 
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar 
Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Vazirlikning buyruqlari Vazirlikning hududiy 
bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini 
belgilangan tartibda o‘rganish va tekshirish huquqiga ega. 
Vazirlikning markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega 
bo‘lishi mumkin. 
21. Vazirlikning markaziy apparati: 
hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan 
vazifalar va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash; 
Vazirlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha 
Vazirlik markaziy apparati bo‘linmalarining ishini tashkil etish; 
Oldingi tahrirga qarang. 
Vazirlik tomonidan ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar 


15 
loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan maktabgacha ta’lim sohasidagi 
buyruqlarning tayyorlanishi sifati va ekspertizadan o‘tkazilishi; 
(21-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-
maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 
09/19/397/3123-son) 
maktabgacha ta’limni rivojlantirish, shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida hududlarni 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ulardagi muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, 
tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar hududiy bo‘linmalar va idoraviy 
mansub tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish uchun javob beradi. 

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə