Direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida


-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/30
tarix22.03.2024
ölçüsü427,39 Kb.
#182231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
929 21.11.2017

3-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha 
ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasining 
vazifalari va funksiyalari 
14. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar 
maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasining 
asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok 
etish; 
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, 
tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura hududiy organlari, ichki ishlar va davlat soliq xizmati 
rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi 
o‘rinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar deb ataladi) bilan hamkorlik 
qilish; 
3) maktabgacha ta’lim sohasida qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etilishi 
ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish; 
4) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlarida o‘quv-metodik faoliyatni 
muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; 
Oldingi tahrirga qarang. 
5) maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni reabilitatsiya qilish va ma’naviy-
axloqiy jihatdan tarbiyalash bo‘yicha maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatini 
muvofiqlashtirish; 
(14-bandning 5-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
6) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirishda maktabgacha 
ta’lim tuman (shahar) bo‘limlarini qo‘llab-quvvatlash; 
(14-bandning 6-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
7) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlarida, davlat maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish hamda amalga oshirish.
(14-bandning 7-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha 
ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi ularga yuklangan 
asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


10 
1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha 
ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi va ularning 
rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi; 
2) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi 
qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat 
qarorlari, Vazirlikning buyruqlari bajarilishi ustidan muntazam nazorat qilinishini ta’minlaydi;
3) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli 
va o‘z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan 
o‘tkazilishini tashkil etadi; 
4) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, 
muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; 
5) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘linmalarining metodik faoliyatini 
muvofiqlashtiradi; 
Oldingi tahrirga qarang. 
6) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
(15-bandning 6-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
7) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirish bo‘yicha 
maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; 
(15-bandning 7-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
8) viloyat darajasidagi budjetdan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlar 
xarajatlarini moliyalashtirishni, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi; 
Oldingi tahrirga qarang. 
9) davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash bo‘yicha 
maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; 
(15-bandning 9-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
10) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida davlat ta’lim talablarini bajarish monitoringi 
bo‘yicha maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari harakatlarini muvofiqlashtiradi;
(15-bandning 10-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-
iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 
09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang. 
11) maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlarini va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini 
moddiy-texnik ta’minlashni tashkil etadi; 
(15-bandning 11-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
12) maktabgacha ta’lim tashkilotlarining binolari va inshootlarini joriy ta’mirlash ishlari 
monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi; 
(15-bandning 12-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
13) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi; 
14) vakolatiga tegishli tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va 
boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. 


11 

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə