Direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/30
tarix22.03.2024
ölçüsü427,39 Kb.
#182231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
929 21.11.2017

2-bob. Vazirlikning tizimi 
Oldingi tahrirga qarang. 
9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Vazirlikning markaziy apparati;
hududiy bo‘linmalar;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish instituti;
“Ilk Qadam” (IQ) jurnali tahririyati;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi;
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi;
Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti;
Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi;
Maktabgacha ta’lim vazirligining pedagogika kollejlari. 
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) 
3-bob. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari 
1-§. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari 
10. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: 
1) maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish
2) maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy 
kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish
3) bolalarni maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich to‘liq qamrab olishni ta’minlash;
4) zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali 
shakllari hamda usullarini o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish; 
Oldingi tahrirga qarang. 



5) maktabgacha ta’lim tashkilotlarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va 
bolalikdan kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi 
o‘yin va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash; 
(10-bandning 5-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
6) zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda bolalarni tarbiyalash va har 
tomonlama kamol toptirish masalalarini yuqori professional darajada hal etishga qodir bo‘lgan 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish;
(10-bandning 6-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
7) maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yaratish 
hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga tajribali, yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan 
pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni jalb qilish;
(10-bandning 7-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
8) maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun munosib shart-sharoitlar, shu 
jumladan, to‘laqonli va ratsional, muvozanatli, sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishni ta’minlashga, 
asoslangan tibbiy ko‘rsatmalar bilan belgilanadigan hajmlarda va intensivlikda ko‘ngilochar va bilim 
beruvchi mashg‘ulotlar elementlari bo‘lgan serharakat o‘yinlar va mashqlar uyushtirishga 
yo‘naltirilgan shart-sharoitlar yaratish;
(10-bandning 8-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə