Direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida


-bob. Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalarining huquqlari hamda javobgarligi



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/30
tarix22.03.2024
ölçüsü427,39 Kb.
#182231
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
929 21.11.2017

4-bob. Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalarining huquqlari hamda javobgarligi 
1-§. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi 
18. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi 
huquqlarga egadir: 
Oldingi tahrirga qarang. 


13 
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va 
funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar 
Mahkamasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish; 
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-
maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 
09/19/397/3123-son) 
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi 
organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan zarur axborotni belgilangan tartibda so‘rash va 
olish; 
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistik axborotni davlat statistika 
organlaridan bepul asosda olish; 
Vazirlikning va unga idoraviy mansub tuzilmalarning davlat mulkini bir bo‘linmadan 
boshqasiga belgilangan tartibda berish
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish, 
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni 
belgilangan tartibda tuzish; 
Vazirlik vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha xalqaro darajada O‘zbekiston 
Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash; 
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy 
davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
o‘z vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, zarur hollarda davlat 
boshqaruvi boshqa organlari bilan birgalikda qarorlar va boshqa hujjatlarni birgalikda qabul qilish; 
Vazirlik va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini ular tomonidan tegishli sohada 
ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda moddiy 
rag‘batlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash; 
o‘z vakolati doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Vazirlik faoliyatini keng yoritish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy veb-saytlar, 
shuningdek, sahifalar yaratish; 
o‘z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar 
o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan shunga o‘xshash tadbirlarda 
ishtirok etish; 
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha metodik materiallar va tavsiyalar ishlab 
chiqish; 
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha hay’at majlislarida davlat maktabgacha 
ta’lim tizimi rahbarlarining hisobotlarini eshitish; 
Oldingi tahrirga qarang. 
maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining davlat va nodavlat maktabgacha 
ta’lim tashkilotlari tomonidan ijro etilishi yuzasidan ularning faoliyatini o‘rganish; 
(18-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb va istiqbolli muammolarni 
ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etish; 
Oldingi tahrirga qarang. 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat ta’lim talablarini, o‘quv dasturlari, o‘quv-
metodik qo‘llanmalar va materiallarni takomillashtirish; 
(18-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 
3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 
09/21/345/0522-son)
noshirlik faoliyatini amalga oshirish; 
Oldingi tahrirga qarang. 
idoraviy mansub tashkilotlarning amaldagi qonun hujjatlari, Vazirlikning normativ-huquqiy 
hujjatlari buzilgan holda chiqarilgan buyruqlarini bekor qilish. 


14 
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli 
qaroriga asosan yigirmanchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) 
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
19. Vazirlik: 
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, 
maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi; 
Vazirlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishilishini ta’minlash; 
Oldingi tahrirga qarang. 
Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga 
kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik 
tomonidan qabul qilinadigan buyruqlar amalga oshirilishining sifati, pirovard natijalari va oqibatlari; 
(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-
maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 
09/19/397/3123-son) 
maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish, shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida 
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ulardagi muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha 
dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga 
oshirilishi uchun javob beradi. 

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə