Direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/30
tarix22.03.2024
ölçüsü427,39 Kb.
#182231
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
929 21.11.2017

Oldingi tahrirga qarang. 
21) Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek idoraviy mansub tashkilotlar va 
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini 
ta’minlash; 
(26-bandning 21-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
22) aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona 
darcha” prinsipini joriy etish orqali maktabgacha ta’lim sohasida davlat xizmatlari sifati va 
samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalanish


19 
23) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni 
tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik 
shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan 
muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda 
shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish
24) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali 
hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil 
etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan 
tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash; 
25) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari 
talablariga rioya qilish. 
26) markaziy apparat va hududiy bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomni, Vazirlik tizimiga 
kiradigan idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash; 
27) Vazirlik markaziy apparati xodimlarini, hududiy bo‘linmalar, shuningdek, idoraviy 
mansub tashkilotlar rahbarlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va 
lavozimdan ozod etish; 
28) Vazirlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlar 
mansabdor shaxslari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, 
shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish; 
29) Vazirlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlar tuzilmasi 
va shtat jadvalini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan xodimlarning soni doirasida 
tasdiqlash. 
27. Quyidagilar Vazir o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi: 
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa 
normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish; 
2) Vazir vaqtincha bo‘lmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish; 
3) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, 
nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash; 
4) Vazirlik faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini 
yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini 
tanqidiy va chuqur tahlil qilish; 
5) maktabgacha ta’lim sohasida mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan 
prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish, bo‘linmalar 
rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning 
shaxsiy javobgarligini oshirish; 
6) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini 
tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash; 
7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari 
ijrosini ta’minlash, Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomi 
bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va 
natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik 
boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy 
javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining 
“Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga 
muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining 
shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish; 
8) Vazirlik hay’ati, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini 
ta’minlash; 
9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish 
bo‘yicha Vazirga takliflar taqdim etish, ularning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, 
yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini 


20 
ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, mutasaddilik qilinadigan 
bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish; 

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə