Direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida


-bob. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/30
tarix22.03.2024
ölçüsü427,39 Kb.
#182231
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
929 21.11.2017

8-bob. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish 
indikatorlari 
56. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanishi lozim. 
Oldingi tahrirga qarang. 
57. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari va O‘zbekiston 
Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan 
tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish 
indikatorlariga asoslanadi. 
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son) 
58. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha: 
Vazirlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy 
javobgarlikka tortish; 
Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi. 
Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va usuli qonun hujjatlarida 
belgilanadi. 
9-bob. Vazirlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga 
haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish 
59. Vazirlik quyidagi manbalardan: 
Oldingi tahrirga qarang. 
Vazirlik markaziy apparati hamda Maktabgacha ta’lim direktor va mutaxassislarini qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutini moddiy-texnik ta’minlash va xodimlar 
mehnatiga haq to‘lash — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari, shuningdek
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga; 
(59-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
hududiy bo‘linmalar, ularga tegishli bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari — mahalliy 
budjetlar mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga 
moliyalashtiriladi. 
(59-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
60. Vazirlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, 
ustamalardan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat. 
Vazirlik xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qo‘shiladigan rag‘batlantirish xususiyatiga 
ega bo‘lgan qo‘shimcha haqlar va ustamalar Vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq 
to‘lanadi. 
61. Vazirlik xodimlariga oylik ish haqi to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish manbalari 
mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan va 
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan iborat. 
Oldingi tahrirga qarang. 

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə