Direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida


-bob. Institutning vazifalari va funksiyalari



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/30
tarix22.03.2024
ölçüsü427,39 Kb.
#182231
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
929 21.11.2017

2-bob. Institutning vazifalari va funksiyalari 
8. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi: 
maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish, ilmiy-pedagog kadrlarning ma’naviy-axloqiy saviyasini oshirish, ularni 
tayyorlash, maktabgacha ta’lim tizimini metodik ta’minlash, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy 
etish; 
Oldingi tahrirga qarang. 
o‘quv-tarbiya jarayoniga, xususan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari amaliyotiga 
zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, o‘qitish va tarbiyalashning samarali shakllari va 
usullarini joriy etish; 
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
maktabgacha ta’limning milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi o‘quv-metodik, 
didaktik materiallari, badiiy adabiyotlari sifati va mazmunini yanada boyitish, o‘yin va o‘yinchoqlar 
sonini ko‘paytirish; 
Oldingi tahrirga qarang. 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha metodik 
ishlarni tashkil etish; 
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
o‘quv-tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha 
rahbarlar va mutaxassislar ko‘nikmalarini mustahkamlash va maktabgacha ta’lim sifatini baholash; 
xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa 
tadbirlar o‘tkazish orqali maktabgacha ta’lim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada 
keng yoritish, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan shunga o‘xshash xalqaro maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari bilan hamkorlik qilish; 
xorijiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchilarini jalb qilgan holda malaka 
oshirish va ilg‘or tajribani almashish uchun qisqa muddatli seminarlar tashkil etish. 
9. Institut unga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
a) maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish, ilmiy-pedagog kadrlarning ma’naviy-axloqiy saviyasini oshirish, ularni 
tayyorlash, maktabgacha ta’lim tizimini metodik ta’minlash, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy 
etish sohasida: 
Oldingi tahrirga qarang. 
o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish hamda 
maktabda o‘qishga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash orqali bolalarni maktabgacha ta’lim bilan 


31 
qamrab olishni tubdan oshirish, har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy kamol 
toptirish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislari uchun malaka 
oshirish kurslarini tashkil etish; 
(9-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va 
pedagog kadrlari malakasini muntazam oshirish uchun qisqa muddatli va maqsadga yo‘naltirilgan 
kurslarni tashkil etish; 
(9-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə