Direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/30
tarix22.03.2024
ölçüsü427,39 Kb.
#182231
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
929 21.11.2017

3-bob. Institutning huquqlari 
10. Institut unga yuklangan funksiyalar va vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi 
huquqlarga ega: 
ta’lim mazmunini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni 
Vazirlikka kiritish
maktabgacha ta’lim mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 
bo‘yicha dasturlar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy asarlar to‘plamlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar 
materiallari, metodik ko‘rsatmalar hamda qo‘llanmalar tayyorlash va nashr etish
aholiga, turli tashkilotlarga pulli ta’lim xizmatlari va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish, 
shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va asosiy faoliyatga zid bo‘lmagan faoliyatning barcha 
turlarini amalga oshirish; 
kafedralar va bo‘limlarni o‘zgartirish, yangilarini tashkil etish va mavjud kafedra va 
bo‘limlarni tugatish, tasdiqlangan shtat jadvali doirasida shtat birliklarini bir bo‘linmadan boshqa 
bo‘linmaga o‘tkazish bo‘yicha Vazirlikka takliflar kiritish; 
professor-o‘qituvchilar tarkibiga, boshqa xodimlarga belgilangan tartibda rag‘batlantiruvchi 
ustamalar tayinlash; 
Institut xodimlarini yuksak mehnat ko‘rsatkichlari uchun davlat va idoraviy mukofotlar bilan 
mukofotlash to‘g‘risida Vazirlikka takliflar kiritish; 


34 
qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha faoliyat sifatini va samaradorligini ta’minlash 
chora-tadbirlarini ko‘rish; 
hamkorlik doirasida mualliflik ishlarini ishlab chiqishga tajribali mutaxassislar, pedagoglar 
va xodimlarni jalb qilish (zarur bo‘lsa shartnomalar asosida); 
qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq o‘quv dasturlariga tuzatishlar kiritish; 
o‘z vakolatlari doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish
Oldingi tahrirga qarang. 
xorijlik tajribali pedagog-mutaxassislarni jalb qilgan holda ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish 
maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va pedagog kadrlari malakasini muntazam 
oshirish uchun qisqa muddatli va aniq maqsadga yo‘naltirilgan kurslar tashkil etish; 
(10-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 
20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
xodimlarni o‘qitish, seminarlar va konferensiyalarda qatnashish uchun xorijga tajriba 
almashish va innovatsion pedagogika texnologiyalarini va ilg‘or metodikalarni o‘rganish bo‘yicha 
tajriba orttirishga yuborish; 
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga doir dolzarb va istiqbolli vazifalarni hal qilish 
uchun tashkil etilgan ishchi guruhlarda ishtirok etish; 
o‘z faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlar yaratish, ijtimoiy tarmoqlarda 
sahifalar ochish. 
Institut qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə