Direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida


Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/30
tarix22.03.2024
ölçüsü427,39 Kb.
#182231
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
929 21.11.2017

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish institutining 
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-
sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) 
USTAVI 
1-bob. Umumiy qoidalar 
Oldingi tahrirga qarang. 
1. Ushbu Ustav Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) maqomini, 
asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlarini tartibga soladi, shuningdek, faoliyatini tashkil etish 
tartibini belgilaydi. 
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
2. Institut O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining (keyingi o‘rinlarda 
Vazirlik deb ataladi) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari 
direktorlarini va mutaxassislarini qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, yangi ilg‘or 
pedagogik texnologiyalarni joriy etadi, maktabgacha ta’limda axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalarida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatadi. 
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) 
3. Institutning rasmiy nomi: 
Oldingi tahrirga qarang. 
a) davlat tilida: to‘liq nomi — Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini 
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, qisqartirilgan nomi — MTTDMQTMOI.
(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-
maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 


30 
b) rus tilida: to‘liq nomi — Institut perepodgotovki i povisheniya kvalifikatsii rukovoditeley 
i spetsialistov doshkolnix obrazovatelnix uchrejdeniy, qisqartmasi — IPPKRSDOU; 
v) ingliz tilida: to‘liq nomi — Institute for Retraining and Advanced Training of Preschool 
Education Personnel and manager, qisqartmasi — IRATPEPM. 
4. Institut tinglovchilari kunduzgi o‘qish, masofaviy o‘qitish shakllarida va qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda o‘qitiladi. 
5. Institut o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, ushbu 
Ustavga amal qiladi. 
6. Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.
7. Institut ta’lim muassasasi sifatida maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va pedagog 
xodimlarini qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, ushbu yo‘nalishda o‘quv, ilmiy-
metodik, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-metodik ishlarni amalga oshiradi.

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə