Direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/30
tarix22.03.2024
ölçüsü427,39 Kb.
#182231
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
929 21.11.2017

Oldingi tahrirga qarang. 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun o‘yinlar va o‘yinchoqlar sonini 
ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish
(9-band “v” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
g) maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha metodik 
ishlarni tashkil etish sohasida: 
(9-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
o‘qitishning zamonaviy shakllarini, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda maktabgacha ta’lim 
tashkilotlariga metodik yordam ko‘rsatish; 
(9-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 
09/21/320/0482-son) 
o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga, bolalar va pedagoglar iste’dodlarini, 
qobiliyatlarini rivojlantirish va rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlar (konferensiyalar, forumlar, 
musobaqalar, ko‘rgazmali olimpiadalar, seminar-treninglar, tanlovlar) tashkil etish; 
pedagoglarning o‘z sohasini bilishini rivojlantirish va oshirishda o‘qitishning interaktiv va 
zamonaviy usullarini, metodik materiallarni, metodik yordam ko‘rsatishning samarali shakllarini 
ishlab chiqish, sinab ko‘rish va o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang. 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xonalar, sport zallari va maydonlari, asbob-uskunalar va 
kompyuter texnikasini ekspluatatsiya qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalarni 
ishlab chiqish;
(9-band “g” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) 


33 
qayta tayyorlash va malaka oshirishning samarali shakllarini (aralash, masofaviy, yakka 
tartibda o‘qitish, “ustoz-shogird” va boshqa shakllarini) joriy etishning ilmiy-metodik va tashkiliy-
metodik asoslarini ishlab chiqish; 
har xil metodik materiallar tayyorlash, pedagogik va ilmiy-metodik axborotni 
umumlashtirish va tarqatish, ilmiy-metodik jurnallar, gazetalar, metodik to‘plamlar va qo‘llanmalar 
nashr etish; 
davlat ta’lim talablarini, o‘quv rejalari va dasturlarni, darsliklar va o‘quv-metodik 
materiallarni o‘rganish hamda muhokama qilish, takliflar kiritish va Institutning ilmiy-metodik 
kengashida xulosalar qabul qilish;
d) o‘quv-tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishni nazorat qilish bo‘yicha 
rahbarlar va mutaxassislar ko‘nikmalarini takomillashtirish va ta’lim sifatini baholash sohasida: 
o‘quv-tarbiyaviy jarayonni va metodik faoliyat holatini o‘rganish, nuqsonlarni aniqlash va 
ularni bartaraf etish bo‘yicha rahbarlar va mutaxassislar uchun o‘quv-tarbiyaviy va ma’naviy-
ma’rifiy ishlarni tashkil etish hamda nazorat qilishga doir metodik ko‘rsatmalar va tavsiyalar ishlab 
chiqish;
Oldingi tahrirga qarang. 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari sifatini baholash materiallarini, natijalarni tahlil qilish 
usullarini ishlab chiqish; 
(9-band “d” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) 
metodik materiallarni tayyorlash va davlat ta’lim standartlari talablarini o‘zlashtirish ustidan 
monitoring olib borishda ishtirok etish; 
aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha metodik materiallarni ishlab chiqish, bolalar 
va pedagoglarning ta’lim ehtiyojlarini aniqlashda metodik yordam ko‘rsatish;
e) xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, ko‘rgazmalar va 
boshqa tadbirlar o‘tkazish orqali maktabgacha ta’lim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro 
darajada keng yoritish, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan shunga o‘xshash xalqaro maktabgacha 
ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish sohasida: 
xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, maktabgacha ta’lim sohasida 
mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish; 
konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish, shunga o‘xshash xalqaro 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish; 
maktabgacha ta’lim sohasida milliy va xorijiy tashkilotlar bilan belgilangan tartibda 
sheriklik faoliyatini yuritish. 

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə