Django frameworki qo’llanilishi


Juda rivojlangan ekotizim



Yüklə 12,34 Kb.
səhifə2/4
tarix20.10.2023
ölçüsü12,34 Kb.
#128419
1   2   3   4
Django frameworki qo’llanilishi-fayllar.org

Juda rivojlangan ekotizim. Platformada veb-sayt qurishingiz mumkin bo'lgan tayyor bloklar mavjud. Masalan, buyurtma yoki qayta qo'ng'iroq formasi bloki ko'plab manbalarda qo'llaniladi. Dasturchiga har safar yangi kod yozishning hojati yo'q, tayyor echimni qo'shib, uni mukammal holatga keltirish kifoya.


  • Tayyor administrator paneli. Ilovani yaratishda darhol paydo bo'ladi, bu saytni ishlab chiqish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi, chunki dasturchi ma'muriy panelni alohida yaratishga hojat yo'q.


  • Kengayish. Djangoda sayt yaratish juda qulay, chunki ushbu platformaning funksiyalari osongina kengaytiriladi. Veb-resurs imkoniyatlarini kengaytiradigan qo'shimcha plaginlarni o'rnatishingiz mumkin.


  • Kutubxonalarning katta to'plami. Kutubxonalarda ma'lum vazifalarni hal qilishga imkon beradigan tayyor funktsiyalar, sinflar saqlanadi. Shuningdek, u dasturchining ishini soddalashtiradi va veb-sayt yaratish tezligini oshiradi. Bundan tashqari, tayyor va sinovdan o'tgan kutubxonalardan foydalanish orqali xatolar ehtimoli kamayadi.


  • Platformani ishlab chiqish. Django birinchi marta 2005 yilda paydo bo'lgan va shu vaqt ichida sezilarli darajada rivojlangan. Ishlab chiquvchilar doimiy ravishda funksionallikni yangilab turishadi, shuning uchun platforma zamonaviy platformalar bilan raqobatlashadi.


  • Ishning yuqori tezligi. Python dasturlash tili unchalik tez emas, ammo Django ramkasi juda tez va og'ir yuklarga bardoshli ekanligiga ishonishadi. Shuning uchun platforma yuqori trafikka ega kuchli saytlarni yaratish uchun javob beradi[37].

    Django frameworkini PIP menejeri yordamida yuklab oldish:


    pipenv install django
    Django frameworkida yangi loyiha yaratish uchun buyruqlar konsoliga kerakli buyruqni kiritdik:.
    django-admin startproject dissertatsiya .
    Yangi loyiha yaratilgach uchbu loyiha nomi bilan bir hilda bo'lgan papka paydo bo'ladi. Papka ichiga kirganimizda "manage.py" nomli yagona faylni ko'ramiz.

    Ushbu fayl bizga keyinchalik Djangoning kerakli buyruqlarini ishga tushirishimiz uchun as qotadi. Loyihamizda hozircha hech narsa yo’q lekin uni ishga tushirish mumkin. Loyihamizni ishga tushirish uchun quyidagi buyruqni beramiz:


    python manage.py runserver
    Ushbu buyruqdan so’ng server ishga tushadi va yaratilayotgan veb loyihani ko’rish uchun manzil ko’rsatiladi:

    Ushbu manzilga kirib veb loyihani ko’rish mumkin:

    11-rasm. Yaratilgan vebdasturning ilk ko’rinishi.
    Loyiha papkasi ichida loyiha nomi bilan bir hil bo'lgan yana bir papka yaratilgan. Uning ichida 4 ta fayl mavjud bo'lib ular quyidagilar:

    bulardan hozircha faqat "urls.py" va "settings.py" fayllarini ishlatamiz.


    Ushbu fayllarning birida saytimiz sahifalariga yo'naltiruvchi havolalar saqlansa, "settings.py" faylida esa veb dasturimiz sozlamalari saqlanadi. Quyida eng kerakli bo'lgan sozlamalar keltirilgan:
    Veb dasturimiz sozlamalari:


    • DEBUG - Loyihani ishlab chiqish davomida dastur algoritmlari, sintaksis xatolari va havfsizlik choralari bo'yicha tahlillar olib borish sozlamasi, ishlab chiqish davomida qiymati True, kiyinchalik esa False bo'lishi shart.



    • Yüklə 12,34 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə