Django frameworki qo’llanilishi



Yüklə 12,34 Kb.
səhifə3/4
tarix20.10.2023
ölçüsü12,34 Kb.
#128419
1   2   3   4
Django frameworki qo’llanilishi-fayllar.org

ALLOWED_HOSTS - Veb dasturimiz ishlashi mumkin bo'lgan hostlar va domen nomlari ro'yxatini saqlaydi.


  • INSTALLED_APPS - Django dasturimizga bog'langan yaratilgan yoki tashqi dasturlar qismlari ro'yxatini saqlaydi.


  • TEMPLATES - Django veb maketlar bilan ishlash sozlamalarini saqlaydi.


  • DATABASES - veb dasturning ma'lumotlar ombori sozlamarini saqlaydi.


  • LANGUAGE_CODEsaytning til sozlamalari, odatda "en-us" ya’ni Amerka ingliz tili o'rnatilgan bo'ladi.


  • TIME_ZONE - Bu veb saytning yuritiladigan vaqt mintaqasi sozlamalari.

    Veb dasturni yaratish
    Yuqorida ko'rsatilgan sozlamalar asosida veb dasturni yaratishimiz uchun manage.py fayli joylashgan papkada konsolni ochamiz va buyruqlar konsolida mana bunday buyruqni kiritamiz:
    python manage.py startapp dissertatsiya
    Agarda buyruqni qismlarga bo'lib tushunadigan bo'lsak buyruq avval python interpretatorida manage.py fayliga asoslanib "dissertatsiya" dasturini yaratish ko'rsatmasidan tashkil topgan.
    Dastur yaratilgach sizda dastur nomi bilan yangi papka paydo bo'ladi, papka ichida bizning veb dasturimiz fayllari joylashgan bo'ladi. Quyida dastur fayllari haqida ko'rib chiqamiz. Agarda ma'lumotlar ombori sozlamalarini kiritganimizda dastur papkasi ichida "migrations" nomli papka yaratilgan bo'lardi, "migrations" papkasi ichida ma'lumotlar ombori sozlamalari va omborni qayta tiklash fayllari saqlanadi.
    Veb dasturimiz fayllari:


    • admin.py - asosan ushbu loyiha ma'lumotlar ombori nazorat qilinadi


    • apps.py - dastur sozlamalari va config o'zgaruvchilarini saqlaydi.


    • models.py - ma'lumotlar ombori uchun modellarni saqlaydi, yani jadvallarni.


    • tests.py - dasturni tekshirish va unit testlar o'tkazish uchun fayl.


    • views.py - foydalanuvchilarga ma'lumotlarni chop etish funksiyalarini saqlash fayli.

    Umuman olganda yuqoridagi fayllar eng kerakli fayllar, ammo oddiyroq dasturlarda asosan sozlamalar va foydalanuvchilar bilan ishlash uchun kerakli bo'ladigan fayllar muhimroqdir.




    Yüklə 12,34 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə