Djordj Kellining shaxs kognitiv nazariyasi Reja



Yüklə 22,18 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü22,18 Kb.
#140908
Djordj Kellining shaxs kognitiv nazariyasi


Djordj Kellining shaxs kognitiv nazariyasi
Reja:
1.Konstruktiv alternativ.
2.Shaxs konstrukti: real voqelik modeli.
3.Kellining shaxs konstrukt nazariyasini asosiy postulati.
4.Kelli bo‗yicha shaxs konstruktiv tiplari.
Tayanch so‟z va iboralar: kognitiv, gumatinstik, ijtioiy muxit, konstrukt, Kognitiv dissonans

SHaxsga doir kognitiv nazariya gumanistik maktab vakillari qarashlariga yaqin bo‘lsada, muhim tafovutlarga ham ega. Kognitiv nazariya asoschisi deb amerikalik psixolog Dj.Kelli (1905—1967) tilga olinadi. Uning fikriga ko‘ra odam faqat bir narsani - hayotda nima ro‘y berganini va ro‘y berishi mumkinligini bilishni istaydi. SHaxs taraqqiyotining asosiy manbai, Kelli fikriga ko‘ra, ijtimoiy muhit. Kognitiv nazariya inson xulqiga intellektual jarayonlar ta‘siriga alohida urg‘u qo‘yadi. Mazkur nazariyada har bir odam bo‘lajak hodisalarni oldindan bilish imkoniyatini beradigan ashyolar tabiati to‘g‘risidagi farazlarini tekshiruvchi olimga qiyoslanadi. Har qanday hodisa ko‘pkarra talqin etilish imkoniyatiga ega. Ushbu yo‘nalishdagi asosiy tushuncha ―konstrukt‖ tushunchasidir (ing. construct — qurmoq). Bu tushuncha ma‘lum bilish jarayonlar xususiyatlarini (idrok, xotira, tafakkur, nutq) qamrab oladi. Konstruktlar sharofati tufayli odam nafaqat olamni anglaydi, balki shaxslararo munosabatlarni ham o‘rnatadi. Mazkur munosabatlar negizida yotgan konstruktlar shaxsga doir konstruktlar deb nomlanadi (Fransella F., Bannister D., 1987).


Konstrukt — bu odam o‘zini va o‘zgalarni idrok etish usulini belgilaydigan o‘ziga xos klassifikator qolipdir. Kelli nuqtai nazariga binoan, har birimiz faraz qilamiz va uni tekshirib yashaymiz, bir so‘z bilan aytganda, xos konstruktlar (klassifikator) yordamida ko‘rib turgan odamimiz aqlli yo aqlli emasligi, qobiliyatli yo qobiliyatsiz ekanligi va h.,ni aniqlash muammosini hal qilish bilan shug‘ullanadi. Har bir konstrukt «dixotomiya» (ikki qutbga)ga ega; «aqlli/aqlli emas», «qobiliyatli/qobiliyatsiz» va h. Odam hodisa tavsif etadigan ehtimolli yakunni aniqroq ifodalaydigan dixotomik konstrukt qutbini ixtiyoriy ravishda tanlaydi, ya‘ni bashorat qilish imkonini beradigan konstruktdan foydalanadi. Ayrim konstruktlar tor doiradagi hodisalar tavsifini berish uchun yaroqli bo‘lsa, boshqalari keng qo‘llanilish ko‘lamiga ega. Masalan, ―aqlli/ahmoq‖ konstrukti ob-havo tavsifini berishga yaroqsiz bo‘lsa, ―yaxshi/yomon‖ konstrukti turmushimizning barcha hodisalarini tavsif etish imkonini beradi. Odamlar bir-biridan nafaqat konstruktlar miqdori bilan, balki ularning joylashuvi bilan ham farq qilishadi. Ongda tezkor o‘zini namoyon qiladigan konstruktlar dinat, sekinroq namoyon bo‘ladigan konstruktlar — subordinat deb nomlanadi. Masalan, kimgadir duch kelganda uni aqlli yoki ahmoq nuqtai nazaridan baholayotgan bo‘lsangizda, birozdan so‘ng mehribon yo jahldor deb baholayotgan bo‘lsangiz sizning ―aqlli/ahmoq‖ konstruktingiz dinat, ―ezgu/yovuz‖ konstruktingiz subordinat sanaladi. Odamlar o‘rtasidagi do‘stlik, muhabbat va h., kabi normal munosabatlar odamlar konstruktlari monand bo‘lsagina vujudga kelishi mumkin. Tasavvur qilib ko‘ring, ikki kishi muvaffaqiyatli munosabatga kirishmoqchi bo‘lganda birida ―axloqli/axloqsiz‖ konstrukti ustivor bo‘lsa-yu, boshqasida bunday konstruktning o‘zi bo‘lmasa nima ro‘y berishi mumkin. Konstruktlarga doir tizim statik (o‘zgarmas) hosila emas, u hayotiy tajriba ta‘siri ostida muttasil o‘zgarib turadi, ya‘ni shaxs butun hayoti davomida shakllanadi va taraqqiy etadi. SHaxsda ―ong‖ ustivorlik qiladi.
Ongsizlik olis (subordinat) konstruktlarga taalluqlidir. Mazkur konstruktlardan odam olamning idrok etilayotgan hodisalarini talqin etishda kamdan-kam foydalanadi. Kelli shaxs erkinligi cheklangan deb hisoblaydi. Inson hayotida davomida shakllangan konstruktlar tizimi cheklovlarga aylanadi. Biroq u odam hayoti butkul determinatsiyalashgan (belgilangan) deb hisoblamagan. Har qanday vaziyatda odam muqobil bashoratlarni yaratish imkoniyatiga ega. Tashqi olam – ezgu ham, yovuz ham emas – u biz miyamizda qanday tasavvur qilsak – shunday. Kognitivistlar fikriga ko‘ra odam taqdiri o‘z qo‘lidadir. Insonning ichki olami sub‘ektiv bo‘lib, uning ichki olami uning tasavvuri hosilasidir va odam tashqi olamni o‘z ichki olami voqeligi orqali talqin qiladi. Mazkur kontseptsiyaning ustivor unsuri shaxsga doir konstruktlardir. U, o‘z navbatida, ikki darajalidir: 1) ustivor konstruktlar bloki — konstrukt tizimi yuqorisida joylashgan 50 yaqin asosiy konstruktlar. Odam ushbu konstruktlardan boshqa odamlar bilan o‘zaro ta‘sirga kirish maqsadida ko‘p foydalanadi, ya‘ni ong markazida turadi. 2) periferik konstruktlar bloki — qolgan barcha konstruktlar. Ushbu konstruktlar individual hosilalar bo‘lgani bois bir necha yuzlabdan bir necha minggacha bo‘lishi mumkin. SHaxs xususiyatlari mazkur ikki blok konstruktlarning birgalikdagi ishlash natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. SHaxslarning ikki toifasi farqlanadi: kognitiv murakkab shaxs (ko‘plab konstruktlarga ega shaxs) va kognitiv sodda shaxs (oz miqdordagi konstruktlarga ega shaxs).
Kognitiv jihatdan murakkab shaxs kognitiv sodda shaxslardan quyidagi sifatlari bilan ajralib turadi: 1) psixik salomatligi ancha durust; 2) stresslarni samarali bartaraf etadi; 3) o‘ziga bergan bahosi yetarli darajada baland; 4) yangi vaziyatlarga tez moslashadi. SHaxsga doir konstruktlarni baholashning (ularning sifati va miqdorini) maxsus metodlari mavjud. Kognitiv psixologiya doirasida Festingerning kognitiv dissonans nazariyasi vujudga kelgan (1957).
Kognitiv dissonans deganda Festinger ikki yoki undan ortiq kognitsiyalar o‘rtasidagi ziddiyatni tushunadi. Kognitsiya — muhit, inson o‘zi yoki xulqiga doir har qanday bilim, fikr yoki e‘tiqoddir. Dissonans shaxs tomonidan diskomfort (noqulaylik) holati singari his etiladi, shuning uchun shaxs undan qutulishga harakat qilish orqali,ichki kognitiv barqarorlik holatini tiklashga urinadi. Va aynan ushbu intilish inson xulqi va olamga bo‘lgan munosabatini belgilaydigan omilga aylanadi. Kognitsiyalar o‘rtasidagi dissonans xolati bir kognitsiya natijasida inson taxmin qilgan boshqa kognitsiya namoyon bo‘lmasa vujudga keladi. Odam hamisha ichki uyg‘unlik, konsonansga erishishga intiladi. Masalan, semirishga moyil odam dieta saqlamoqchi bo‘ldi (X kognitsiya), biroq sevimli shokoladidan voz kecholmaydi (U kognitsiya). Biroq ma‘lumki, ozishga harakat qilayotgan odam shokolad yemasligi darkor – demakki, dissonans paydo bo‘ladi. Uning paydo bo‘lishi insonni dissonans reduktsiyasiga, uni pasaytirish, bartaraf etishga qaratilgan xulqni namoyon qilishga undaydi.
Festinger fikriga ko‘ra, buning uchun, ya‘ni dissonansni bartaraf etishga qaratilgan, odamda uch yo‘l mavjud: 1) kognitsiyalar birini o‘zgartirish (ayni vaziyatda — yoki shokoladni iste‘mol qilishdan voz kechish yoki dieta saqlamaslik); 2) dissonant munosabatlarga kirishayotgan kognitsiyalar ahamiyatini pasaytirish (semizlik unchalar ham katta kamchilik emas yoki shokoladni iste‘mol qilish vazn ortishiga katta ta‘sir ko‘rsatmasligini ta‘kidlash); 3) yangi kognitsiyani qo‘shish (masalan, shokolad vazn ortishiga ta‘sir tsa-da aqliy faoliyatni yaxshilaydi). Kognitiv dissonans motivlashtiradi, ya‘ni uni pasaytirishga majburlaydi, munosabatlarni o‘zgartirishga undaydi pirovardda — xulqni o‘zgartiradi. Kognitiv dissonans paydo bo‘lishi va uning bartaraf etilishi bilan bog‘liq ikki xolatni ko‘zdan kechirsak. 1) odamning azaliy fikriga nomuvofiq bo‘lgan vaziyatdagi xulq bilan bog‘liq. Agar odam ixtiyoriy (taz‘yiqsiz) ravishda yetarlicha tashqi oqlovga 82 ega bo‘lmagan, o‘z qarashlariga unchalar ham muvofiq kelmaydigan xulqni namoyon etishni taqozo qilmaydigan biron-bir narsani bajarishga rozi bo‘lsa, keyinchalar uning fikri va e‘tiqodi o‘sha xulqqa muvofiqlashtiriladi. Agar, masalan, o‘zining axloqiy qarashlariga zid bo‘lgan xulqni namoyon qilishga rozi bo‘lsa, oqibatda xulq va axloqiy qarashlar o‘rtasidagi dissonans axloqiylik darajasi pasayishiga olib keladi. 2) mushkul qarorni qabul qilishdan keyin paydo bo‘ladigan dissonans. Mushkul qaror deb tanlov zaruriyatini tug‘dirayotgan muqobil variantlar yoqimliligiga ko‘ra o‘zaro yaqin bo‘lgan vaziyatga aytiladi. Bunday vaziyatlarda qaror qabul qilingandan so‘ng odam quyidagi ziddiyatlar natijasi bo‘lgan kognitiv dissonansni his etadi: tanlangan variantning salbiy jihatlari, rad etilgan variantning esa ijobiy jihatlari mavjud bo‘ladi. Qabul qilingan qaror qisman yaxshi emas, biroq u qabul qilinib bo‘lingan. Inkor etilgan variantning yaxshi tomonlari mavjud, biroq u rad etilib bo‘lgan. Eksperimental tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki: og‘ir qaror qabul qilingandan so‘ng vaqt o‘tishi bilan tanlangan qarorning ijobiy jihatlari ortib inkor etilgan qarorning ijobiy jihatlarini sub‘ektiv yoqimliligi pasayadi. Odam shu yo‘sinda kognitiv dissonansdan qutuladi: u qabul qilgan qarori inkor etilgan qarordan ko‘ra ancha yaxshi bo‘lganligiga o‘zini ishontiradi. Xulosa qilish mumkinki, mushkul qarorlar tanlangan qarorga muvofiq xulqni namoyon qilish ehtimolini oshiradi. Demak, kognitiv nazariyaga binoan, shaxs – odamning shaxsiy tajribasi qayta ishlanadigan (idrok etilayotgan va talqin qilinayotgan) shaxsga doir konstruktsiyalarning maxsus uyushtirilgan tizimidir. Mazkur yondashuv nuqtai nazaridan shaxs tuzilmasi individual jihatdan betakror konstruktlarning o‘ziga xos ierarxiyasi sifatida tushuniladi.
Shaxsning kognitiv nazariyasi gumanistik nazariyaga yaqin, ammo u bir qator muhim farqlarga ega. Bu yondashuv asoschisi amerikalik psixolog J. Kelli (1905-1967) hisoblanadi. Uning fikricha, inson hayotda bilmoqchi bo'lgan yagona narsa - u bilan nima sodir bo'lganligi va kelajakda u bilan nima bo'lishidir.
Kellining fikricha, shaxs rivojlanishining asosiy manbai atrof-muhit, ijtimoiy muhitdir. Shaxsning kognitiv nazariyasi intellektual jarayonlarning inson xatti-harakatlariga ta'sirini ta'kidlaydi. Bu nazariyada har qanday odam narsalarning tabiati haqidagi farazlarni sinovdan o'tkazadigan va kelajakdagi voqealarni prognoz qiladigan olim bilan taqqoslanadi. Har qanday voqea bir nechta talqinlarga ochiq. Ushbu yo'nalishdagi asosiy tushuncha "konstruksiya" (inglizcha konstruktsiyadan - qurish). Bu tushuncha barcha ma'lum bo'lgan kognitiv jarayonlarning (idrok, xotira, fikrlash va nutq) xususiyatlarini o'z ichiga oladi. Qurilishlar tufayli inson nafaqat dunyoni o'rganadi, balki shaxslararo munosabatlarni ham o'rnatadi. Bu munosabatlarning asosini tashkil etuvchi konstruksiyalar shaxs konstruksiyalari deb ataladi. Konstruksiya - bu boshqa odamlar va o'zimizni idrok etishimizning o'ziga xos klassifikator-shablonidir.
Kelli nuqtai nazaridan, har birimiz gipotezalarni quramiz va sinovdan o'tkazamiz, bir so'z bilan aytganda, ma'lum bir shaxs sportchi yoki sportsiz, musiqiy yoki musiqasiz, aqlli yoki aqlli emas va hokazo muammolarini tegishli konstruktsiyalardan foydalangan holda hal qilamiz. (klassifikatorlar). Har bir konstruksiyada “dixotomiya” (ikki qutb) mavjud: “sport-sportga xos bo‘lmagan”, “musiqiy-musiqiy bo‘lmagan” va hokazo. Inson o‘zboshimchalik bilan voqeani eng yaxshi tasvirlaydigan, ya’ni eng yaxshi bashorat qiluvchi dixotomiyali konstruksiya qutbini tanlaydi. qiymat. Ba'zi konstruktsiyalar faqat tor doiradagi hodisalarni tasvirlash uchun mos keladi, boshqalari esa keng qo'llanilishi mumkin. Odamlar nafaqat konstruktsiyalar soni, balki ularning joylashuvi bilan ham farqlanadi. Ongda tezroq amalga oshirilgan konstruktsiyalar yuqori, sekinroq bo'lganlar esa bo'ysunuvchi deb ataladi. Konstruktiv tizim statik shakllanish emas, balki tajriba ta'sirida doimiy o'zgarishda, ya'ni. shaxs hayot davomida shakllanadi va rivojlanadi. Kelli shaxsning iroda erkinligi cheklanganligiga ishongan. Inson hayoti davomida shakllangan konstruktiv tizim ma'lum cheklovlarni o'z ichiga oladi. Biroq, u inson hayoti to'liq aniqlanganiga ishonmadi. Har qanday holatda ham, inson muqobil bashoratlarni tuzishga qodir. Asosiy kontseptual element - shaxsiy "konstruksiya".
Kognitiv nazariyaga ko'ra, shaxs - bu shaxsning shaxsiy tajribasi qayta ishlanadigan (idrok etilgan va sharhlangan) tashkil etilgan shaxsiy konstruktsiyalar tizimi. Ushbu yondashuv doirasida shaxsning tuzilishi konstruktsiyalarning individual o'ziga xos ierarxiyasi sifatida ko'rib chiqiladi.

Xulosa
Asosiy kontseptual element - shaxsiy "konstruksiya". Har bir insonning o'ziga xos shaxsiy tuzilmalari tizimi mavjud bo'lib, ular ikki darajaga (bloklarga) bo'lingan: 1. "Yadroviy" konstruktsiyalar bloki konstruktiv tizimning yuqori qismida joylashgan, ya'ni operativ ongning doimiy diqqat markazida bo'lgan 50 ga yaqin asosiy konstruktsiyalardir. Odamlar bu tuzilmalardan ko'pincha boshqa odamlar bilan muloqot qilishda foydalanadilar.


2. Periferik konstruksiyalar bloki boshqa barcha konstruksiyalardir. Ushbu konstruktsiyalarning soni faqat individualdir va yuzlabdan bir necha minggacha o'zgarishi mumkin.
Shaxsning yaxlit xususiyatlari ikkala blokning, barcha konstruktsiyalarning birgalikdagi faoliyati natijasida harakat qiladi. Integral shaxsning ikki turi mavjud: kognitiv jihatdan murakkab shaxs (ko'p sonli konstruktsiyalarga ega shaxs) va kognitiv jihatdan sodda shaxs (kichik konstruktsiyalarga ega bo'lgan shaxs).
Kognitiv jihatdan murakkab shaxs, kognitiv jihatdan sodda shaxsga nisbatan quyidagi xususiyatlarga ega:
1) yaxshi ruhiy salomatlikka ega;2) stressni yaxshiroq engish;
3) o'z-o'zini hurmat qilish darajasi yuqori; 4 - yangi vaziyatlarga moslashish.
Kognitiv nazariyaga ko'ra, shaxs - bu shaxsning shaxsiy tajribasi qayta ishlanadigan (idrok etilgan va sharhlangan) tashkil etilgan shaxsiy konstruktsiyalar tizimi. Ushbu yondashuv doirasida shaxsning tuzilishi konstruktsiyalarning individual o'ziga xos ierarxiyasi sifatida ko'rib chiqiladi.



Yüklə 22,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə