Dolzarb masalalari



Yüklə 68,95 Kb.
səhifə2/7
tarix23.12.2023
ölçüsü68,95 Kb.
#156114
1   2   3   4   5   6   7
Dolzarb masalalari-www.fayllar.org

1. Yopiq test savollari 
O‘quvchi javob berishi kerak bo‘lgan savol yoziladi, keyin to‘g‘ri javobni aniq
va lo‘nda qilib yoziladi, keyin javobdan kalit so‘z yoki formula, belgi, simvol,
harflarni o‘zgartirib, tushirib qoldirib noto‘g‘ri javob variantlari tuziladi.




2. Ochiq test savollari 
O‘quvchi javob berishi kerak bo‘lgan savol yoziladi, bunda o‘quvchining
vazifasi yetishmayotgan kalit so‘z yoki ma’lumotni yozish. Savolni Shunday tuzish
lozimki, topilishi kerak bo‘lgan kalit so‘z gapning oxirida bo‘lsin, aks holda
savolning mazmunini anglash qiyinlashadi. Topshiriq o‘quvchi uchun topshiriqni
bajarishga ko‘rsatma bilan boshlanadi,masalan, “tushirib qoldirilgan so‘zni toping”,
kabi.
3. Moslikni topish test savollari 
O‘quv materialiga asoslangan holda, bir xil xususiyatlarga ega bo‘lgan
ma’lumotlardan ikkita ustun tuziladi. O‘ng tarafdagi ustunda so‘zlar chap tarafdagi
ustundan bir nechta ortiq bo‘lishi ham mumkin. Javoblarni tekshirish qulay bo‘lishi
uchun chap tarafdagi ustunni raqamlar bilan, o‘ng tarafdagi ustunni harflar bilan
belgilang. O‘quvchi o‘ng tarafdagi ustunda berilgan ma’lumotlarga chap ustundagi
qaysi ma’lumotlar mos kelishini topishi kerak.
4. To‘g‘ri ketma-ketlikni topish test savollari 
O‘quvchiiga ko‘rsatma beriladi: “To‘g‘ri ketma-ketlikni toping”. O‘quvchi
berilgan javob variantlarini to‘g‘ri ketma-ketlikda qo‘yib chiqishi kerak, bu ketma-
ketlik xronologik yoki boshqa mantiqiy tartib bo‘lishi mumkin. Bunda o‘quvchiga
berilgan ko‘rsatma aniq bo‘lishi kerak, agar berilgan ro‘yxatda mantiqiy ketma-
ketlikka kirmaydigan (ortiqcha) elementlar bo‘lsa, bu ham ko‘rsatmada aytib
o‘tilishi kerak. Topshiriqqa kiritilgan elementlar soni 5tadan 12 tagacha bo‘lishi
mumkin.
Testlar ham maktabda o‘zlashtirish darajasini baholash sistemalaridan biri
bo‘lib, unda quyidagilarni hisobga olish mumkin:
− uning yordamida o‘qitish natijalarini tekshirishda har bir
o‘quvchining qobiliyatini hisobga olish;
− o‘quvchilarning nazariy va amaliy bilimlari sifatini tekshirish;
− turli testlar kiritish bilan o‘quv jarayonini jonlantirish;
− o‘quvchilardan so‘rashga ketadigan vaqtni va o‘quvchilarning
bajargan ishini tekshirishga ketadigan o‘qituvchi vaqtini tejash;
− testlarni kompyuterda qo‘llash.
Testlarni maktabda qo‘llaniladigan tekshirish usullari (nazorat ishi) dan farqi
Shundaki, test yordamida katta hajmdagi o‘rganilgan mavzularni kichik, ya’ni
ma’lum miqdorlar bilan o‘rganish va ko‘p sonli o‘quvchining o‘quv materiallarini
o‘rganganligi darajasini tez diagnostika qilish. Demak, maktabda qo‘llanishi
mumkin bo‘lgan testga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
Test tekshirilayotgan masalalarni har taraflama ifodalaydigan va kichik
bo‘laklar orqali ifodalangan standartlashtirilgan topshiriqlar majmuasidir.



Testlarni qo‘llanishi bo‘yicha quyidagi turlarga ajratish mumkin: keltirilgan


jumla, ifoda, shakl yoki mulohazada qoldirilgan joylarni to‘ldirishga mo‘ljallangan
testlar. Ular javoblarini erkin tanlash testlari jumlasiga kirib, u o‘rganilgan
mavzuning ma’nosini tushunganligini tekshiradi. Masalan, ta’riflar, qoidalar va
boshqalar. Bunday topshiriqlarni avvallari kimyoviy diktantlar deb yuritilar edi.
Keltirilgan mulohazaning rost yoki yolg‘onligini aniqlash testlari. Bular muqobil
usuldagi testlar orqali o‘quvchilarning mulohaza yuritishi, xulosa chiqarishi yoki
umumiy qoida-qonunlar, xususiyatlar, ta’riflarga asoslanib, bajarilayotgan
amallarning to‘g‘riligini aniqlay olishligi tekshiriladi. Keltirilgan ikki turdagi testlar
nafaqat yozma holda, balki og‘zaki shaklda ham ifodalanadi.

Yüklə 68,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə