Dondan eni, yugonligi va aerodinamik xossalari bilan fark qiluvchi aralashmalarni ajratadigan mashinalar. 1-§. Vazifalari, ishlatilish urni va turkumlanishi


-rasm. A1-BIS-100 ajratgichining kismlari



Yüklə 13,43 Kb.
səhifə3/3
tarix17.12.2023
ölçüsü13,43 Kb.
#150094
1   2   3
Dondan eni, yugonligi va aerodinamik xossalari bilan fark qiluvc-hozir.org

5.2-rasm. A1-BIS-100 ajratgichining kismlari:
a - galvirli romlarning maxkamlanishi: 1 - pishang; 2 - ekssentrik valcha; 3 - kalit; 4 - yunaltirish guniyalari; 5 - kuzovning bikini; 6, 9 - galvirli romlar; 7 - kiskich; 8 – stopor xalkasi; 10 - ekssentrik vtulka.
b - balansirlash mexanizmi: 1 - press-moydon; 2 - moyutkazgich; 3 - uk; 4 - traversa; 5 - shkiv; 6, 8 - kopkoklar; 7 - rolikli podshipnik; 9 - xalka; 10 - bolt; 11 - debalans yuki.
Ajratgichning kuzoviga joylashtirilgan tarnovlar (11, 12) mos ravishda yirik va mayda aralashmalarni chikarish uchun muljallangan. Galvirli kuzov ponasimon tasmali uzatgich orkali elektrodvigatel (7)dan balansirli mexanizmning shkiviga uzatilgan xarakat tufayli aylanma-uzatilma xarakatga keltiriladi. Ikkita yassi kurgoshin parchasidan tashkil topgan debalans-yuk (11) ikkita bolt yordamida shkivga kotirilgan (5.2,b-rasm).

Pnevmoajratish kanali (19) (5.1-rasm) don massasidan yengil aralashmalarni ajratib olish uchun muljallangan. Ajratgichda ikkita pnevmoajratish kanali mavjud bulib, ularning xar biri galvirli kuzovning mos bulimidan don qabul kiladi. Don elash galviri (6)ning koldigi sifatida qabul kamerasiga yuboriladi va sungra u pnevmoajratish kanalining devorlariga rezina osgich va prujinalar yordamida osilgan titrovchi tarnov (14)ga tushadi. Titrovchi tarnov titratgich (13) yordamida yukori chastotali tebranma xarakat kiladi.


Pnevmoajratish kanalining ichiga xarakatlanadigan devorcha (20) urnatilgan bulib, uning turish xolati Havo okimining urtacha tezligini va maxsulotning ajralish darajasini belgilaydi. Xarakatlanuvchi devorcha ikkita sharnirli boglangan - yukorigi kalta va pastki kismlari shturvallar (15, 21) yordamida boshkariladi. Havo sarfi drosselli tusgich (23) yordamida sozlanadi. Pnevmoajratish kanali korpusining yon tomonlariga kuzatish oynalari urnatilgan bulib, korpus ichiga joylashgan yoritgich yorugida bu oynalardan karab kanal ichida kechayotgan jarayonni bemalol kuzatish mumkin.
A1-BLS rusumli ajratgichda pnevmoajratish kanalining tashki arakatlanuvchi devori butun shishadan yasalgandir. Nur qaytargichi bulgan yoritish chirogi ishchi zonaga yoruglik okimini uzatadi. U kanalning yukorigi kismida joylashgandir. Bunday konstruksiya ajratish jarayonini nafakat yon tomondan (A1-BIS ajratgichlarida shunday), balki pnevmoajratish kanali ishchi zonasining butun maydoni buylab kuzatishga xam imkon beradi. A1-BIS rusumli ajratgichning pnevmoajratish kanali ishlash prinsipi va konstruksiyasi buyicha R3-BAB Havoli ajratgichidan fark kilmaydi. Kanalning asosi kayrilgan profil kurinishida yasalgan bulib, buylama va kundalang tusinlar bilan boglangan ikkita P-simon ramalarni namoyon kiladi. Unga kuzovning osish kurilmalari, qabul va aspiratsiya moslamalari kotirilgan. Ajratgichlarda texnologik jarayon kuyidagicha amalga oshiriladi. Dastlabki don aralashmasi xar kaysi seksiyaga bulgich va qabul kiska kuvuri orkali aloxida ravishda beriladi va kiya moslamalar yordamida (A1-BIS-12 ajratgichida) butun saralash stolining eni buyicha bir tekis katlam xosil kilib taksimlanadi. A1-BIS-100 ajratgichida taksimlash vazifasini klapan bajaradi. Yirik aralashmalar (saralash galvirining koldigi) ajratgichdan tarnov (11) orkali chikarilsa (5.1-rasmga karang), mayda aralashmalar bilan birgalikda don esa saralash galviri (5)ning elanmasi sifatida elash galviri (6)ga tushadi. Mayda aralashmalar (elash galvirining elanmasi) kuzovning tubiga urnatilgan tarnov (12) orkali ajratgichdan chikariladi. Galvirlarda tozalangan don pnevmoajratish kanali (19)ning qabul kamerasi va titrovchi tarnovning ta’minlagichi (14)ga tushadi. Don massasi ta’siri ostida titrovchi tarnov tubi va qabul kamerasining cheti orasida tirkish paydo buladi va u orkali don Havo okimi ta’sir zonasiga tushib koladi. Havo pnevmoajratish zonasiga asosan titrovchi tarnovning ostidan kiradi. Havoning bir kismi kanalga orkadagi devorda joylashgan jalyuzli panjara orkali kirib, pnevmoajratish kanali ichiga chang utirib kolishining oldini oladi. Don katlami orkali utayotgan Havo kanal ichidan yengil aralashmalarni olib utib chuktirish moslamasi - aspiratsiya tizimi bilan boglik bulgan A1-BLS gorizontal sikloniga kelib tushadi. Pnevmoajratish kanalida yengil aralashmalardan tozalangan don ishlov berish uchun keyingi boskichga yuboriladi.
Ajratgichda jarayonni sozlash va tartibga solish amallari kuyidagi tartibda utkaziladi. Ajratgich kavatga urnatilgandan sung rezbali birlashmalarning tortilganligi, galvirli romlarning ishonchli ravishda kotirilganligi, titrovchi tarnovning tugri urnatilganligi tekshiriladi. Mashina bekorga salt ishlab turgan paytda noxos shovkinlar, tebranishlar, takillashlar bulmasligi, podshipniklarning xarorati esa 600 C dan oshib ketmasligi kerak.
Ajratgichga don berilganda galvirli korpusning ikkala seksiyasiga va saralash galvirining eni buyicha bir tekisda taksimlanishi tekshiriladi. Galvirli kuzov xarakatining ravonligi nazorat kilinadi. Pnevmoajratish kanali titrovchi tarnovining ustidagi qabul kamerasi don bilan xaddan tashkari tulib ketmasligi va changib ifloslanmasligi ta’minlanadi. Asta-sekin mashinaga berilayotgan don mikdori pasportda belgilangan unumdorlikka yetkazib boriladi, bunda saralash galviri koldigidagi yarokli donlarning mikdori 2 % dan oshmasligi lozim. Pnevmoajratish kanalining ishini tartibga solib sozlash kuyidagicha amalga oshiriladi. .Shturvallar (15 va 21) (5.1-rasmga karang) yordamida xarakatlanuvchi devorcha vertikal yoki kanalning pastki kismiga nisbatan biroz toraygan xolatda urnatiladi. Sungra dondan yengil aralashmalar samarali ajralishini ta’minlash maksadida kanalning yukorigi kismida uning enini uzgartirib Havo rejimi sozlanadi. Drosselli zaslonka (23) yopik xolatda bulishi kerak. Bunda kanalning eni buyicha Havo okimi tezligining bir tekis taksimlanishi ta’minlanadi. Aspiratsiya tarmogida Havo yetarlicha siyraklashmagan bulsa, kanalning yukori kismida uning eni kichraytiriladi. Pnevmoajratish kanalida Havoning tezligi 4...6 m/s ga teng bulishi kerak.
Titrovchi tarnovning tebranish amplitudasi titratgich (13)ning yukorigi va pastki kismlarida kushalok kilib urnatilgan maxsus yuklarni siljitish yuli bilan sozlanadi. Titrovchi tarnovning tebranish amplitudasi taxminan 3 mm ga teng bulib, bunda debalans yuklar bir-biridan 100...110 mm masofaga siljitib urnatiladi. Yuklar bir-biriga yakinlashtirilganda tebranish amplitudasi oshadi. Pnevmoajratish kanalining unumdorligini oshirish uchun titrovchi tarnovning amplitudasini 4...5 mm gacha orttirish mumkin. Ampli tudani sozlash paytida shu narsaga aloxida e’tibor berish kerakki, bunda titratgichning yukorigi va pastki kismlarida joylashgan yuklar bir xil masofaga siljigan bulsin. BIS va BLS rusumli Havo-galvirli ajratgichlarning texnikaviy tavsifi kuyidagi jadvalda keltirilgan.
Quyida ajratgichning texnikaviy tavsifi keltirilgan. A1-BIS-100 ajratgichining texnikaviy tavsifi

Unumdorligi, t/soat...............................100


Galvirli barabanlar, dona..........................4
Elash galvirlari, dona..............................8
Saralash galvirlari, dona...........................4
Elektrodvigatellar, dona...........................6
Elash galvirlarining umumiy maydoni, m 52 0............7,5
Havo sarfi, m 53 0/soat..............................14000
Rotor aylanishining burchakli tezligi, rad/s.........12
Galvirlarning tebranish amplitudasi, mm..............8
Elektrodvigatellar kuvvati, kVt.....................9
Gabarit ulchamlari, mm:
buyi............................................3100
http://hozir.org
Yüklə 13,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə